Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Mazkur Kurs ishini yozishdan maqsad ingliz tilida har xil usullardan foydalanib darslarni takomillashtirish. Tadqiqotimiz maqsadi oldimizga quyidagi vazifalarni qo`yishni taqazo etdi:
-Ingliz adabiyotida yaratilgan ertaklarning tarjima manbalarini aniqlash;
- Tarjimada qo`llaniladigan transformatsiyalar haqida tarjimashunoslikka oid kitoblarni o`qish;
XIX asr ingliz bolalar adabiyotini o`rganish;
Ingliz adabiyotida yaratilgan asarlarning o`zbek tilidagi o`girmalarida qo`llanilgan grammatik transformatsiyalarni aniqlash;
Ingliz adabiyotida yaratilgan asarlarning o`zbek tilidagi o`girmalarida qo`llanilgan leksik transformatsiyalarni tahlil qilish.
Bitiruv malakaviy ishning o`rganilganlik darajasi va yangiligi.
Malakaviy bitiruv ishining ilmiy yangiligi shundan iboratki, o`zbek tiliga tarjima qilingan ingliz ertaklari o`rganilib, ularda kuzatilgan transformatsiyalar ochib berildi.
Ishning nazariy asosi. Tadqiqotimizning nazariy asosini I.G`ofurov, O.Mo`minov, N. Qambarovning “Tarjima nazariyasi”, Zoya Proshinaning “Theory of translation”, Qudrat Musayevning “Tarjima nazariyasi asoslari” darslik to`plamlari, Redyard Kiplingning qalamiga mansub ertaklar, Miraziz A’zamning “Jahon bolalar adabiyoti” tarjima asarlar to`plami taskil etadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy va nazariy ahamaiyati. Tadqiqotning amaliy va nazariy ahamiyati hozirgi aloqalar har tomonlama kengayib borayotgan davrda, diqqatga havola etilayotgan ushbu malakaviy bitiruv ishi katta amaliy va nazariy ahamiyat kasb etishi tabiiy. Undagi tahlil va tadqiqotlar natijasi bo`lgan fikr mulohazalardan oliy o`quv yurtlarining adabiyotshunoslik,
tarjimashunoslik darslarida ya’ni adabiyotshunoslik yo`nalishi bo`yicha ma’ruzalar va maxsus kurslarda foydalanish mumkin.
Kurs ishining tarkibi. Mazkur Kurs ishi kirish, ikki asosiy bob, besh paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
Birinchi bob “XIX asr oxiri – XX asr bohlarida angliya bolalar adabiyoti va miraziz a’zam tarjimalari ” deb nomlanib, unda Redyard Kiplingning XIX asr bolalar adabiyotiga qo`shgan hissasi, Miraziz A’zamning adabiy va tarjimashunoslik faoliyati va tarjimashunoslikda qo`llaniladigan transformatsiyalar to`g`risida fikr yuritildi.
Ikkinchi bob nomi “Ingliz bolalar adabiyoti vakillari asarlarining o`zbek tiliga qayta yaratish muammolari” deb belgilandi. Bu bobda ingliz hikoyalarining o`zbek tilidagi tarjimalarida qo`llanilgan transformatsiyalar tahlil qilindi.
Tadqiq etilgan ma’lumotlar umumlashtirilib, ingliz adabiyotida yaratilgan hikoyalar va ularning o`zbek tilidagi tarjimalari qiyosi asosida qo`llanilgan transformatsiyalar ko`rsatib berildi va har bir o`rganilgan ma’lumot manbai adabiyotlar ro`yxatida aks ettirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |