Xorijiy mamlakatlarda davlat shakllarining asosiy



Download 104,68 Kb.
bet27/28
Sana17.01.2022
Hajmi104,68 Kb.
#382334
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Diniy-siyosiy rejim kam uchrasa-da, ushbu siyosiy rejimningham o’ziga xos xususiyatlari mavjud.

Masalan, Eron Islom

Respublikasida davlat boshlig’i prezident hisoblansa-da, u mamlakatning dunyoviy rahbari sifatida tan olinadi. Shuningdek, diniy rahnamo hokimiyati ham mavjud bo’lib, unga mamlakat musulmon dunyosining boshqaruvchisi imom rahbarlik qiladi. Amalda ham real hokimiyat diniy ulamolar qo’lida bo’lib, davlatning eng asosiy lavozimlari ular tomonidan egallangan. Parlamentdagi asosiy ko’pchilik din vakillaridan iborat.

Nodemokratik siyosiy rejimning asosiy ko’rinishlariga to’xtalib o’tganimizni ta’kidlash bilan birga, ta’kidlash joizki, ba’zi bir mavjud holatlar u yoki bu siyosiy rejimning oralig’ida bo’lishi, umuman ba’zi

o’ziga xos belgilar bilan umumlashgan yokiajralib turish belgilariga ega bo’lishi ham mumkin. Nodemokratik siyosiy rejimning ba’zi elementlarni o’zida ifodalashi, bu siyosiy rejimdan boshqa siyosiy rejimga o’tayotganligidan darak beradi. Albatta, nodemokratik siyosiy rejim doimiy xususiyatga ega emas, bu rejimlar bir kun kelib tanazzulga uchrashini insoniyat taraqqiyoti ko’rsatib turibdi. Inson qadriyati va ijtimoiy ongning yuksalishi, taraqqiyparvar kuchlarning ustunligi oxir-oqibat demokratik hokimiyat sari yetaklaydi.

Davlat rejimi. Davlat hokimiyat organlari o’zaro munosabat- larining belgilanishi va uni tashkil etilishida boshqaruv shakli- ning yuridik modeli o’ziga xos xususiyat kasb etadi.

Shuning uchun ham mazkur fanning o’rgatish doirasiga nafaqat konstitusiyaviy-huquqiy normalar va institutlar nazariyasini tahlil qilish, balki uni amalda tatbiq etilishining mezonlari qanday natijalarga

erishganligini ifodalab berish kiradi.

Davlat hokimiyat organlarining hokimiyatni taqsimlanishprinsipi asosida tashkil etilishi davlat boshqaruv shaklida qanday yo’lga qo’yilganligi ushbu fanda davlat rejimi tushunchasida hamqo’llaniladi.

Davlat rejimi – siyosiy kuchlarning tarkibiy qismi va davlat hokimiyati oliy organlarining o’zaro munosabatlarini tartibga solishda ularning haqiqiy vakolatini ifoda etib, davlat boshqaruvida tutgan o’rni va

funksiyasini namoyon etadi.

Davlat rejimi, davlat boshqaruv institutlari va siyosiy rejim bilan bog’liq bo’lib, ularning bir-biridan farqi shundan iboratki, davlat boshqaruv shakli yuridik model bo’lib, oliy davlat organlarining o’zaro

munosabatlaridan aniqlanadi, davlat

rejimida esa – oliy davlat organlari faoliyatiga ta’rif beradi ya’ni uning haqiqiy faoliyat prinsiplarini tavsiflaydi.

Davlat rejimining siyosiy rejimdan farqi shuki, siyosiy rejim ko’pchilik aholi sonini tashkil etgan siyosiy kuchlarning munosabatlarini ifoda etsa, davlat rejimi – siyosiy kuchlarning o’zaro munosabatlaridan kelib chiqadigan masalalarni o’zidamujassam etadi.



Davlat boshqaruv shaklining o’ziga xos tomonlarini ajratib olishda davlat rejimining turli xil shakllari namoyon bo’ladi. Bu turli ko’rinishdagi siyosiy rejim bilan ham bir-biriga mos tushishi mumkin.


Download 104,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish