1
O‘ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI
“XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI VA
MAMLAKATSHUNOSLIK” YO‘NALISHI
“ISLOM MAMLAKATLARI IQTISODIYOTI”
FANIDAN
Bajardi: 2-bosqich talabasi
J.R.Ibrohimov
Qabul qildi: dotsent Z.Sodiqov
Toshkent - 2021 y.
2
Mavzu: Malining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va
muammolari
Reja:
Kirish
1.
Malining umumiy ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlari va omillari.
2.
Malining makroiqtisodiy salohiyati.
3.
Malida tashqi iqtisodiy aloqalari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
3
Kirish
Mali — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992-yil 12-yanvardagi
referendumda maʼqullangan. Davlat boshligʻi — prezident (1992-yildan Alfa Umar
Konare). Umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun
chiqaruvchi xrkimiyatni Milliy majlis (bir palatali parlament), ijroiya hokimiyatni
prezident bilan hukumat amalga oshiradi
.
Malida demokratiya uchun alyans —
Panafrika ozodlik, birdamlik va adolat partiyasi (ADEMA), 1990-yilda tuzilgan; Mali
taraqqiyot va tiklanish partiyasi, 1991-yilda tashkil etilgan; Demokratiya va rivojlanish
partiyasi, 1991-yilda asos solingan; Demokratik tashabbus milliy kongressi partiyasi,
1991-yilda tuzilgan; Demokratiya va taraqqiyotuchun birlashma, 1991-yilda tashkil
etilgan; Demokratiya va mehnat uchun birlashma partiyasi, 1991-yilda tuzilgan;
Taraqqiyot uchun demokratik kuchlar ittifoki partiyasi, 1991-yilda asos solingan;
Demokratiya va tarak,qiyot partiyasi, 1991-yil tashkil etilgan; Sudan ittifoqi — Afrika
demokratik birlashmasi partiyasi, 1946-yilda tuzilgan, 1968-yilda taqikdangan, 1992-
yildan yana oshkora ishlay boshlagan. Mali mehnatkashlari milliy birlashmasi kasaba
uyushmasi, 1963-yilda asos solingan.
Malida bambara, soninke, malinke, fulbe, diula, sanu, shuningdek, xasonke,
kachoro, senufo, dogon, bobo, moyey, Sahroi Kabirda tuareglar, arablar yashaydi.
Aholisining 80% islom, qolganlari xristian va mahalliy dinlarga eʼtiqod qiladi. Rasmiy
til — fransuz tili. Aholining qariyb 70% mahalliy bambara tilida soʻzlashadi.
Aholining 25,5% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Bamako, Mopti, Segu,
Sikaso.
Mali — Gʻarbiy Afrikada oʻrta ayerlarda vujudga kelgan davlatlardan biri.
Mamlakatga Shimoliy Afrika savdogarlari kirib kelishi bilan islom dini yoyilgan (8-
asr). 19-asrning oxiridan Gʻarbiy Afrikaning markaziy hududi Fransiya
mustamlakasiga aylandi. Mahalliy aholi mustamlakachilarga qarshi qattiq kurashdi.
1894-yil Niger va Senegal daryolarining yuqori va oʻrta oqimlaridagi yerlari Fransiya
Sudani nomi bilan Fransiya mustamlakasi. 1895-yildan Fransiya Sudani Fransiya
Gʻarbiy Afrikasi tarkibiga kirdi.
4
Ikkinchi jahon urushidan
keyin Fransiya Sudanida ozodlik harakati kuchaydi.
1946-yil oxirida tashkil topgan Afrika demokratik birlashmasi seksiyasi — Sudan
Ittifoqi partiyasi milliy ozodlik harakatiga boshchilik qildi, demokratik islohotlar
oʻtkazish uchun kurash boshladi. Sudan Ittifoqi Fransiya Gʻarbiy Afrikasi
mamlakatlariling taraqqiyparvar kuchlari va Fransiya Umummehnat konfederatsiyasi
tarkibidagi kasaba uyushmalari koʻmagida mamlakatda yetakchi siyosiy kuch boʻlib
qoldi. 1957-yil uning deputatlari Territorial assambleyada birinchi marta koʻp ovoz
olishga
muvaffaq
boʻldilar.
1958-yil 28-sentabrda qabul qilingan Fransiya konstitutsiyasiga muvofiq,
Fransiya Sudani Sudan Respublikasi nomi bilan Fransiya Hamjamiyati tarkibiga kirdi.
1959-yil Sudan Respublikasi bilan Senegal Respublikasining birlashuvidan Mali
Federatsiyasi tashkil topdi. U 1960-yil iyunda Fransiya Hamjamiyati doirasida
mustaqillikka erishdi. 1960-yil 20-avgustda Senegal Respublikasi Federatsiyadan
chikdi. Federatsiyaning tarqalib ketishi munosabati bilan Sudan Respublikasining
Qonun chiqaruvchi assambleyasi 1960-yil 22-sentabrda Sudan Respublikasini M.
5
Respublikasi nomi bilan suveren va mustaqil davlat deb eʼlon qildi va u Fransiya
Hamjamiyatidan chikdi. Sudan Ittifoqi partiyasining bosh kotibi M. Keyta respublika
prezidenta boʻldi. 1968-yil noyabrdagi davlat toʻntarishi natijasida hokimiyatni M.
Traore (1979-91 yillarda prezident) boshchiligidagi Milliy ozodlik harbiy qoʻmitasi
egalladi. 1979-yil M. boshkaruvning fuqarolik shakliga oʻtdi.
1991-yil 25-martda davlat toʻntarishi sodir boʻldi. Hokimiyatni qoʻlga olgan A.
T. Ture boshchiligidagi Xalqni qutqarish qoʻmitasi demokratik islohotlar oʻtkazishga
kirishdi. 1992-yil 1-yarmida oʻtkazilgan koʻp partiyali asosdagi parlament va prezident
saylovi fuqarolar boshqaruviga oʻtishni nihoyasiga yetkazdi. M. Respublikasi
Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil 24-yanvarda tan oldi. Milliy bayrami
— 22 sentabr — Mustaqillik kuni (1960).
Mali — afar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi —
55%, sanoatning ulushi — 12%. Iqtisodiy faol ahvolining 75% qishloq xoʻjaligida
band. Teztez boʻlib turadigan qurgʻoqchilik mamlakat iqtisodiyotiga katta zarar
yetkazadi. Qishloq xoʻjaligida yerga jamoa egaligi us-tun. Mamlakat hududining
salkam 9% haydaladigan va boʻz yerlar, koʻp yillik ekinzorlar, 24% yaylov va
pichanzorlar, 3,6% oʻrmon va butazorlar, qolgan qismi choʻllardan iborat. 90 ming ga
yer sugʻoriladi. Haydaladigan yerlarda donli ekinlar, yer yongʻoq va paxta,
shuningdek, kanop, makkajoʻxori, choy, tamaki, sholi, shakarqamish, shahar
atroflarida sabzavot va meva, hamma joyda oq joʻxori, fonio, yams, maniok
yetishtiriladi. Mali — Gʻarbiy Afrikadagi yirik chorvachilik mamlakatlaridan biri.
Qoramol, qoʻy, echki, tuya, yilqi boqiladi. Oʻrmonlarda mebel va boshqa ehtiyojlar
uchun yogʻoch tayyorlanadi. Daryolar, irmoklar va koʻllarda baliq ovlanadi.
Mustaqillik yillarida maʼdan qazib olish yoʻlga qoʻyilib, qayta ishlash sanoatining
30 dan koʻproq korxonasi barpo etildi. Biroq mahsulot ishlab chiqarish hajmi jihatidan
hunarmandchilik hamon ustun. Sanoat ishlab chiqarishning yarmiga yaqini qishloq
xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlash tarmogʻiga toʻgʻri keladi. Paxta tozalash, sholi
oqlash, yer yongʻoq va chigit yogʻi, sabzavot va meva konservalari zavodlari bor.
Toʻqimachilik kombinatlari, kanop, koʻn-poyabzal, sement zavodlari barpo etilgan.
6
Keyingi yillarda velosiped va moped, tranzistor yigʻish, metall konsturkiiyalar, mebel,
kemasozlik korxonalari, traktor taʼmirlash ustaxonalari barpo etildi. Yiliga oʻrtacha
200 mln. kVtsoat dan koʻproq elektr energiya hosil qilinadi.
Malida asosiy transport turi — avtomobil. Avtomobil yoʻllari uz. — 18 ming km,
shundan 3 ming km qattiq qoplamali. Temir yoʻllari uz. — 720 km. M.ning dengizga
chiqish yoʻli yoʻq. Tashqi savdo yuklari Senegal va Kot-d’Ivuar orqali tashiladi.
Mamlakatda 10 aeroport, jumladan, Bamakoda xalqaro aeroporti bor. M. chetga paxta,
yeryongʻoq, chorva va baliq mahsulotlari, gazlama, kalava ip, oltin, olmos sotadi.
Chetdan neft mahsulotlari, oziq-ovqat, mashina va uskunalar, qurilish materiallari,
kimyoviy mollar va boshqa oladi. Savdo-sotiqdagi mijozlari: Fransiya, Germaniya,
Yaponiya, Kot-d’Ivuar, Senegal, Gana. Pul birligi — Afrika franki.
Do'stlaringiz bilan baham: |