Xorijiy davlatlarda sogʻliqni saqlash. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti xorijiy davlatlarda eng koʻp tarqalgan sogʻliqni saqlash modellariga tavsif


Rivojlangan davlatlarda sogʻliqni saqlashningtashkil etilishi



Download 33,11 Kb.
bet2/3
Sana10.04.2022
Hajmi33,11 Kb.
#540854
1   2   3
Bog'liq
Azizova D. Mustaqil ish

Rivojlangan davlatlarda sogʻliqni saqlashningtashkil etilishi
Amerika Qoʻshmashma Shtatlari konstitutsiyasi axolining maʼlum guruxlaridan tashqari xammasini davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam bilan taʼminlashni nazarda tutmagan. AQSHdagi sogʻliqni saqlash tizimiga majburiy tibbiy sugʻurta dasturlarining davlat tomonidan boshqariladigan xususiy sogʻliqni saqlash modeli yoki sogʻliqni saqlashning 2- modeli xos.
Bunday tizimning maʼlum kamchiliklari xam bor, ular orasida asosiylari quyidagilar: birinchidan, tibbiy yordamning xamma aholi uchun ommabop emasligi. 40 mln.ga yaqin amerikaliklar sugʻurta polisiga ega emas. Bundan tashkari, turli xududlardagi sogʻliqni saqlash nafaqat moliyaviy jihatdan cheklangan, balki ommabopligi ham yetarli emas. Sogʻliqni saqlashning moliyaviy tomondan, tibbiy kadrlar bilan taʼminlanganligi shtat va tumanlar boʻyicha bir tekis emas. Ayniqsa, Qishlok joylarida tibbiy yordam sezilarli darajada yetishmaydi.
Ikkinchidan, doimo tibbiy xizmatga sarf-xarajatlar oshib borayotganligi sababli sugʻurta badallarining oshishi va tarmoqni moliyalash muammosi kuchaymoqda.
Uchinchidan, sogʻliqni saqlashga sarflangan mablagʻning samarasi past. AQSH dunyo boʻyicha bitta odam uchun va absolyut mablagʻ sarflash boʻyicha birinchi oʻrinda turadi (Germaniya, Fransiyaga nisbatan 2 barobar koʻp, Yaponiyaga nisbatan 2,5 barobar, Buyuk Britaniyaga nisbatan 3 barobar).
Turtinchidan, tarmoq faoliyatida “ogʼirlik markazi” davolanishga toʻgʻri keladi, profilaktikaga esa kerakli eʼtibor Qaratilmagan.
AQSHda sogʻliqni saqlashning markazlashmagan tizimi amal qiladi. Sogʻliqni saqlashning umumiy milliy maqsadlarini amalga oshirishda davlatning xar bir qatlami oʻziga tegishli rolni bajaradi. AQShda sogʻliqni saqlashni, odatda, Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat (SSVIX) departamenti boshqaradi, ammo uning vazifalari anchagina chegaralangan. SSVIX tarkibiga jamoat sogʻliqni saqlash xizmati kiradi. JSS xizmatini ushbu vazirlikning tibbiyot va sogʻliqni saqlash ishlari boʻyicha vazirlik kotibi yordamchisi, yaʼni Bosh vrach boshqaradi.
Jamoat sogʻligʻini saqlash xizmatining asosiy vazifalari:
• chegaraning sanitariya muxofazasi;
• atrof-muhit gigiyenasi;
• sanitariya statistikasi;
• sogʻliqni saqlashning milliy institutlarini boshqarish;
• fuqaro mudofaasi tibbiyot xizmati;
• tashqi tibbiy aloqalar oʻrnatish.
JSSX aholining faqat maʼlum guruhlariga: urush qatnashchilari, savdo flotining xodimlari, qurollangan kuchlar shaxsiy tarkibi, davlat xizmatchilari, Amerika xindulariga tibbiy yordamni (ambulatoriya va statsionar) tashkil etish bilan shugʻullanadi. Sogʻliqni saqlash departamenti 9 ta XUDUDIY boʻlimlardan tashkil topgan, ularni direktor boshqaradi. Xar bir xududga bir necha shtatlar kiradi. Xar bir shtat oʻz sogʻliqni saqlash departamentiga ega. Uning vazifasiga laboratoriya xizmati bilan bogʻliq sanitariya-epidemiyaga qarshi ximoyaning asosiy masalalari kiradi. JSSX quyi boʻgʼiniga shaxar va tumanlarda yuqumli kasalliklar, sil, venerik kasalliklar va bezgakka qarshi kurashish, ularni qayd qilish va demografik statistikani olib boruvchi tashkilotlar kiradi.
Rivojlangan davlatlardan faqat AQSHda davlat tomonidan sogʻliqni sugʻurtalash tizimi yoʻq. Bu axolining koʻpchilik qismi (50%) xususiy tibbiy sugʻurtaga ega ekanligidan dalolat beradi. Shundan 46% ish joyidan sugʻurtaga ega, 13% esa individual sugʻurta sotib oladi. 27% axoli davlat sugʻurtasiga ega, shundan 13% — “Mediker”, 10% — “Medikeyd” va 4% —armiya veteranlar fondidan. AQSHning 4% axolisi hech qanday sugʻurtaga ega emas. Tibbiy sugʻurtaga ega boʻlmagan shaxslar, tibbiy yordamdan butunlay maxrum emas. Ularga, sugʻurtaga ega odamlarga nisbatan, tibbiy xizmatlar soni kam va tibbiy xizmat yomonroq tashkillashtirilgan, ularning koʻpchiligi tibbiy yordamni xayriya sifatida tibbiy xizmatni mablagʻ bilan taʼminlovchi xususiy sugʻurta firmalari, maxalliy xukumat, aloxida shtatlar oʻtkazadigan sogʻliqni saqlash dasturlari orqali davlat shifoxonalarida va klinikalarida oladi.
Germaniya sogʻliqni saqlash tizimiga umummajburiy tibbiy sugʻurta (MTS) dasturi davlat tomonidan boshqariladigan xususiy sogʻliqni saqlashning modeli xos.
Bu davlatda tibbiy sugʻurta tizimining eng rivojlangan turlaridan biri tashkil etilgan. U birinchi marta Yevropada 1883 yili O. fon Bismark tomonidan taklif etilgan bulib, Hozirgi kunda axolining 90% ni qamrab olgan. Bu tizim hamma sugʻurta qilingan shaxslarni, shu jumladan: yollanma mexnat ishchilari va ularning boqimandalarini, kichik tadbirkorlarni, talaba, nafaqaxoʻrlarni tibbiy yordam bilan taʼminlaydi. Faqat axolining yuqori ijtimoiy tabaqasiga kiruvchi 10% fuqarolar xususiy sugʻurta bilan qamrab olingan, MTS tizimiga kiritilganlarning 3% ga yaqini xususiy sugʻurtaga ega, ular gospitalizatsiya qilinganda yaxshi sharoitga yoki kasallanganda pullik kompensatsiyaga ega buladi.
Germaniya sogʻliqni saqlashning eski anʼanalariga ega. U ijtimoiy sugʻurta va ijtimoiy taʼminot — nafaqa, baxtsiz xodisa, ishsizlik boʻyicha sugʻurta va ijtimoiy yordam sugʻurtasini oʻz ichiga qamrab olgan boʻlib, murakkab va chalkash tuzilishga ega. Unda bir-biriga bogʼliq va takrorlanishlar uchraydi. Bu tizim dunyoda tan olingan.
Germaniyada sugurtani boshqariladigan tizimga 3 ta sugʻurta jamgʻarma fondi kiradi: kasbiy, xududiy va milliy shifoxona kassalari.
Xududiy boshqarma (yer boshqarmasi) federal xukumat bilan birgalikda shifoxonalar kassalariga badallar miqdorini belgilab beradi, bu, oʻz navbatida, sarflanayotgan mablagʻ nazoratini kuchaytiradi. Yagona moliyalashtirish siyosatini olib borishda xududiy va federal shifoxona kassalari uyushmalari tashkil etilib, tibbiy yordamning umummilliy standartlari belgilanadi. Axoli salomatligi boshqariladigan sugʻurta tizimi bilan bir qatorda xususiy sugʻurta kompaniyalari rivojlanmoqda.
Oxirgi yillarda Germaniya sogʻliqni saqlash tizimida katta oʻzgarishlar yuz bermoqda. 1993 yili kuchga kirgan shifoxona sugʻurta strukturasini yaxshilash va taʼminlash boʻyicha qonun (“Soglikni saqlash tizimi xaqida qonun”) shifoxona sugʻurtasining mablagʻ va aʼzolik badallari miqdori barqarorligiga kafolat beradi.
Fransiya uchun sogʻliqni saqlash umumiy tibbiy sugʻurta dasturining davlat tomonidan boshqariladigan xususiy modeli xos.
Fransiyada sogʻliqni saqlashning yuqori tashkiloti sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot vazirligi boʻlib, unga ijtimoiy ishlar va reabilitatsiya boʻyicha davlat kotibi yordam beradi.
Ijtimoiy sugʻurta Fransiyada 1946- yilda tashkil etilgan, shu tarzda aholining keng qatlami tibbiy yordam bilan taʼminlangan. Yollanma ishchilar va unga tenglashtirilgan gurux ishchilari kasal boʻlgan xolatda, ijtimoiy sugʻurta, sugʻurta qilinganlar va ish beruvchilar tomonidan moliyalashtiriladi. Bunda xukumatning ishtiroki xam koʻzda tutilgan. Ijtimoiy sugʻurta vositalari sugʻurta tizimlaridan kasallik boʻyicha markazlashgan milliy sugʻurta jamgarmasiga tushadi.
Fransiyada bir necha sugʻurta tizimi mavjud. Ularning ichida eng kattasi umumiy ijtimoiy sugʻurta tizimi xisoblanadi, u savdo va sanoat soxasida yollanib ishlayotganlarni, davlat ishchilarini, talabalar, urush nogironlari, urush tufayli yetim va bevalarni, vrachlarni qamrab oladi. Bu tizim mamlakat axolisining 67% ni qamrab olgan. Umumiy ijtimoiy sugʻurta tizimiga, qishloq xoʻjaligi sektorida (18% aholi) yollanib ishlayotgan ishchilar tizimi va maxsus tizimlarda (5% axoli) ishlovchilar qoʻshiladi. Maxsus tizimlarning eng kattalariga Fransiya milliy temir yoʻl jamoasi, konchilar tizimi, savdo floti, xarbiy kadrlar tizimi va boshqalar kiradi.
Xozirgi vaqtdaa vrachlarni oʻqitish bilan universitetlar-ning 33 ta tibbiyot fakultetlari shugʻullanadi. Oʻquv davomiyligi 7 yil; I sikl — 2 yil (fundamental bilimni oʻqitish), II sikl — 4 yil (1 yil klinikagacha tayyorgarlik va 3 yil shifoxonada eksterna sifatida ishlash davri), III sikl — 1 yil shifoxonada interna sifatida ishlash. Keyin yosh vrach tanlov kasbi boʻyicha ixtisoslik kursini oʻtishi mumkin.
Buyuk Britaniya uchun umumiy davlat tibbiy sugʻurtasiga asoslangan davlat sogʻliqni saqlash modeli xos. Unga qoʻshimcha ravishda xususiy sugʻurta va pullik tibbiy yordam xisoboti xam faoliyat olib boradi. Davlat sogʻliqni saqlash tizimini tuzish haqidagi xujjat Buyuk Britaniyada Ikkinchi Jaxon urushidan keyin 1946 yili qabul qilindi, lekin u barcha amaliyot vrachlari shu tizimda ishlashga rozi boʻlgandan keyin 1948 yili kuchga kirdi. Buyuk Britaniya milliy sogʻliqni saqlash tizimi barcha davlat tibbiyot muassasalarini birlashtiradi, shu tizim qoidalari asosida ishlash majburiyatini olgan xususiy tibbiyot institutlarining faoliyatini pul bilan taʼminlaydi va nazorat qiladi.
Milliy sogʻliqni saqlash xizmatini tashkil etish va rivojlantirish axolining koʻpchilik qismi uchun tibbiy yordamdan foydalanishni yengillashtiradi va davlatga tibbiy muassasalar faoliyatini nazorat qilishni taʼminlaydi, bu esa davolanish narxining oʻsishini toʻxtatib turadi.
Buyuk Britaniyada sogʻliqni saqlashning moliyaviy xolatini Sogʻliqni saqlash vazirligi va sogʻliqni saqlashni boshqaruvning XUDUDIY organlari boshqaradi. Davlat tomonidan moliyaviy taʼminot bajarilgan faoliyat boʻyicha amalga oshiriladi, shuning uchun xam tibbiy yordam koʻrsatish davolash-profilaktika muassasalari xarajatlar smetasi boʻyicha xech qanday limit va chegirmalarga ega emas. Buyuk Britaniya soglikni saqlash tizimining afzalliklariga qaramay, u oxirgi 10—15 yil ichida katta qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. Mutaxassislarning fikricha, asosiy muammo, sogʼliqni saqlashning davlat dasturi amalga oshirilgandan boshlab, axoli orasida tibbiy xizmatlar narxi xaqidagi tushuncha yoʻqolganligida.
Buyuk Britaniyada tashkil qilingan milliy sogʻliqni saqlash tizimi uzoq vaqtlar davomida rivojlangan mamlakatlar uchun oʻrnak boʻlib kelgan, chunki birinchi marta bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda ommabop va bepul prinsip asosida axoliga tibbiy xizmat koʻrsatishning davlat modeli tashkil qilindi.
Xozirgi vaktda Buyuk Britaniyada sogʻliqni saqlash soxasida isloxotlar amalga oshirilmoqda:
— bor resurslardan samarali foydalanishga boʻlgan extiyoj;
— gospitalizatsiyaga navbatning mavjudligi;
— profilaktik ishlarning sustligi;
— xar doim xam adekvat tibbiy yordam koʻrsatishda UASH uchun ragʼbatning yetishmasligi isloxotning dastlabki sharti bulib xizmat qildi.
Isloxotning asosiy maqsadi — mamlakatda bozor qonunlari boʻyicha ish olib boradigan, vrachlik amaliyoti xizmatining raqobatli tizimini yaratish. UASH xar bir qabul qilgan qaroriga moliyaviy javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi. Vrach uchun ajratilgan pulning maʼlum qismi shifoxona bilan diagnostik tekshirish, maslaxat, operatsiya va boshqalarni oʻtkazish uchun tuzilgan shartnomaga ishlatiladi. UASH sifatli natija uchun tejalgan mablagʼdan taqdirlanadi, agar notoʻgʻri davolasa jazolanadi. Isloxot sharti shuki, xodim samarali ish va yuqori sifatli xizmatga intilishi kerak, chunki bu uning daromadi oshishini taʼminlaydi. Buyuk Britaniya milliy sogʻliqni saqlash xizmatining isloxoti bemorning salomatlik xolatini xisobga olib, ularga toʻlanadigan xarajatlar tizimini qayta ishlab chiqishni koʻzda tutadi.

Download 33,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish