Xorijiy davlatlarda sogʻliqni saqlash. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti xorijiy davlatlarda eng koʻp tarqalgan sogʻliqni saqlash modellariga tavsif


Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST)



Download 33,11 Kb.
bet3/3
Sana10.04.2022
Hajmi33,11 Kb.
#540854
1   2   3
Bog'liq
Azizova D. Mustaqil ish

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST)
JSST — yirik xalqaro tibbiy tashkilot. Uning faoliyatining asosiy maqsadi — xamma xalqlar orasida yuqori darajadagi salomatlikka erishish. JSST Nizomida birinchi marotaba xalqaro darajada xar bir insonning salomatlikka Xuquqi eʼlon qilindi. Hukumatning oʻz xalqi salomatligiga javobgarlik prinsipi tasdiqlandi xamda salomatlik — xalqaro xavfsizlik, ilmni mustaxkamlash — salomatlik oʻrtasida ajralmas bogʻliqlik borligi taʼkidlandi.
JSST Ikkinchi Jaxon urushidan keyin, dunyo mamlakatlarining xayotida siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar yuz berayotganda tashkil qilindi. Kuchlarning xammasi urushdan keyin buzilgan joylarni tiklash va xalqni shoshilinch tibbiy yordam bilan taʼminlashga qaratilgan edi. Bu esa dunyoda yagona xalqaro sogʻliqni saqlash markazini tashkil qilishni talab qildi. Shunga asosan 1946 yili Nyu-Yorkda BMTda iqtisodiy va ijtimoiy kengashlarning qarori boʻyicha BMT kengashida xalqaro sogʻliqni saqlash boʻyicha konferensiya chaqirildi, unga 51 mamlakatdan vakillar, xalqaro tashkilotlar vakillari, shu jumladan, jamoat gigiyenasi xalqaro byurosi, xalqaro Qizil Xoch, xalqaro mehnat byurosi va boshqa tashkilotlardan delegatlar qatnashdi. Konferensiyada JSST Nizomi ishlab chiqildi va u 1948 yili 7 aprelda kuchga kirdi. Bu kun Xar yili xalqaro salomatlik kuni sifatida nishonlanadi.
JSST — BMTning oʻz tarkibi boʻyicha eng keng ixtisoslashgan muassasalaridan biri. JSST taʼsischi-davlatlar ichida, uning Nizomini ishlab chiqishda eng faoli sobiq Ittifoq edi. Bu tashkilotga Uzbekistan Respublikasi xam aʼzo. Davlatlarning ijtimoiy rivojlanish darajasi, ijtimoiysiyosiy tuzilishidan qatʼi nazar, xamma davlat uning tarkibiga kirishi mumkin. JSST aʼzolari boʻlgan xamma davlatlar teng xuquqqa ega. Xozirgi kunda bu yirik va obroʻli xalqaro tashkilotlardan biri, u dunyoning 200 ga yaqin davlatlarini (191 toʻliq, xuquqli va 2 ta assotsiatsiyalashgan aʼzo) birlashtiradi. Tashkilot oʻzining rasmiy tili sifatida butun dunyoda keng tarqalgan olti tildan foydalanadi, shular ichida ingliz, fransuz, nemis, rus tillarida JSST axborotnomalari, toʻplamlari chop etiladi va xalqaro kengashlar shu tillarda oʻtkaziladi.
JSST strukturasi. JSSTning yuqori organi Xalqaro Sogʼliqni Saqlash Assambleyasi boʻlib, JSSTga aʼzo-davlatlar vakillaridan tashkil topgan. Xar qaysi mamlakatdan 3 tadan koʻp boʻlmagan vakillar tayinlangan, ularning bittasi delegatsiya boshligʻi. Vakillar oʻz mamlakatining sogʻliqni saqlash idorasi xodimlari xisoblanadi. Ular sogʻliqni saqlash doirasida maxsus bilim va yuqori malakaga ega boʻlishlari kerak. Odatda, vakillarni maslahatchilar, ekspertlar va texnik xodimlar kuzatib boradi.
Assambleya sessiyasi har yili boʻladi. Assambleyalar JSST faoliyat yoʻnalishini aniqlaydi, ishlarning yillik va perspektiv rejalarini, byudjet, yangi aʼzolarni qabul qilish va ovoz berish xuquqidan maxrum qilish masalalarini qayta koʻradi va tasdiqlaydi, JSST bosh direktorini tayinlaydi, boshqa tashkilotlar bilan xamkorlik masalalarini koʻrib chiqadi, sanitar va karantin talablarni belgilab, zararsizlik, xalqaro savdoga aloqador farmatsevtik va biologik maxsulotlar kuchi va tozaligi, standartlar va qoidalarini ishlab chiqadi. Bundan tashqari, JSST assambleyasi sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha BMT xavfsizlik kengashi, Iqtisodiy va ijtimoiy kengash va Bosh Assambleya tavsiyalarini koʻrib chiqib, shu tavsiyalarni amalga oshirish maqsadida JSST qabul qilgan choralar xaqida ularga maʼruzalar taqdim etadi.
JSST yuqori organi ijroiya qoʻmita xisoblanadi. Ijroiya qoʻmita 32 aʼzo-davlatlar vakillaridan tashkil topgan, ular 3 yilda bir marotaba saylanadi. Xar yili uning tarkibining 1/3 qismi yangilanib turadi. Rossiya Federatsiyasi, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va Xitoy vakillari doimo qayta saylanadi, ammo 3 yilda 1 yillik tanaffus bilan.
Ijroiya qoʻmita tashkilot byudjet va dasturini, JSST faoliyati bilan bogʻliq maʼmuriy va yuridik masalalarni koʻrib chiqadi, qoʻmita, ekspertlar, tadqiqotchi guruh maʼruzalari eshitiladi, assambleya qarorlarini xayotga tatbiq etadi va uning uchun tavsiyalar tayyorlaydi. Ijroiya qoʻmitaga favqulodda xolatlarda (epidemiya yuzaga kelganda, falokat yuz berganda va boshqalar) keskin choralar qabul qilish xuquqi berilgan.
JSST markaziy maʼmuriy organi — bu sekretariat, uni bosh direktor boshqaradi. Ijroiya qumita taqdimoti boʻyicha, assambleya tomonidan 5 yillik muddatga saylanadi. Sekretariat shtab-kvartirasi Jenevada joylashgan. Bosh direktor assambleya va ijroiya qoʻmita topshiriqlarini bajaradi, har yili assambleyaga tashkilot ishlari xaqida xisobotlar beradi, sekretariatdan tashkil topgan apparat faoliyatini boshqaradi.
JSST faoliyatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
• sogʻliqni saqlash xizmatini mustaxkamlash va takomillashtirish;
• yuqumli va yuqumsiz kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi kurash;
• atrof-muxitni muxofazalash;
• ona va bola salomatligini muxofazalash;
• tibbiy kadrlarni tayyorlash;
• sanitar statistika;
• tibbiy-biologik tadqiqotlarni rivojlantirish.
Soglikni saslash xizmatini mustaxkamlash va takomillashtirish. Xar xil davlatlarda sogʼliqni saqlash xizmati xar xil tashkillashtirilgan, lekin asosiy maqsad pul va kadrlar resurslaridan foydalanib, axoli uchun maksimal darajada foyda olish. Shuning uchun hududiy byurolar epidemiologik tadqiqot orqali JSST aʼzo-davlatlar tajribasini umumlashtirishga xarakat qiladi. Bu tadqiqotlarning maqsadi — sogʼliqni saqlash xizmatini ilmiy asosda rejalashtirish va rivojlantirish xisoblanadi.
Kasalliklarning oldini olish va ularga karshi kurash. JSST tomonidan quyidagi dasturlar ishlab chiqilgan: bezgakka qarshi kurash dasturi; parazitar kasalliklarga qarshi kurash dasturi; yurak-kon tomir kasalliklariga qarshi kurash dasturi. Bundan tashkari, JSST faoliyatida ruxiy va oʻsma kasalliklar, dorilarga oʻrganib qolish, ogʻiz boʻshligʻi ximoyasi, revmatik kasalliklar, suiqasd va boshqalarga katta eʼtibor qaratiladi.
Atrof-muxitni ximoyalash va yaxshilash. 1978 yili atrof-muxit gigiyenasini mustaxkamlash boʻyicha JSST umumiy dasturi ishlab chiqildi. Unda kommunal suv taʼminotiga va chikindilar yoʻqotish, atrof-muxitni nazorat qilish va baxolash, axoli yashash punktlarida tibbiy-sanitariya xolatini yaxshilash masalalariga katta eʼtibor qaratiladi. Koʻpchilik industrial rivojlangan mamlakatlarda sanoat va qishloq xoʻjaligida suv va tuprok, xavoning kimyoviy zaxarlanish muammolari yuzaga kelmoqda. JSST xoʻjalik va sanoat shovqini, nurlanishdan ximoyalash muammolariga koʻproq eʼtibor qaratmoqda.
Ona va bola salomatligini himoyalash. Xar xil davlatlarda onalik va bolalikni himoyalash milliy xizmati turli darajada taraqqiy etgan. Rivojlanayotgan mamlakatlarda sogʻliqni saqlash tashkilotlari onalar va bolalar oʻlimini kamaytirishga va xomiladorlar uchun xizmatlar tashkil etishga xarakat qilmokda. Rivojlangan mamlakatlarda onalar va bolalar oʻlimi juda past darajada, shuning uchun sogʻliqni saqlashning bu soxadagi yangi dasturlari onalar va bolalar xolatini yaxshilashga moʻljallangan.
Tibbiyot xodimlarini tayyorlash. JSST unga aʼzo-davlatlar bilan tibbiyot xodimlarini tayyorlash boʻyicha dasturlarini taxlil qilishda xamkorlik qiladi. JSST dasturlari nafaqat vrachlar, balki barcha tibbiyot xodimlarining ish faoliyatida samaradorlikni oshirishga qaratilgan.
Sogʼliqni saqlashda kadrlarni rivojlantirish boʻyicha asosiy choralardan biri — bu stipendiya boʻyicha dasturlar. Faqat Yevropa hududiy byurosi xar yili stipendiyaga 2500 dan ortiq arizani koʻrib chiqadi. Ularning koʻpchiligi hudud sogʻliqni saqlash organlari tavsiya qilgan nomzodlardan keladi, yanada boshqa xududlardan kelgan arizalar koʻpchilikni tashkil qiladi. Xududiy byuro ularni dunyoning universitet va boshka oʻquv muassasalarida oʻqishga joylashtirishga javobgar.
Tibbiy-biologik tadqiqotlarni rivojlantirish. JSST ilmiy-tadqiqot ishlariga katta eʼtibor qaratadi. Lekin, JSSTning oʻz ilmiy-tadqiqot muassasasi yoʻqligi sababli, u ilmiy-tadqiqot muassasalariga ega mamlakatlar bilan shartnoma tuzish yoʻli orqali ilmiy tadqiqotlar tashkil qiladi, ularni pul mablagʻlari, jihozlar va kerakli materiallar bilan taʼminlaydi. JSST ilmiy tadqiqotlar tashkillashtirish uchun ekspert-maslaxat kengashlari, ekspertlar qoʻmitasi va tadqiqot guruhlarini yaratadi.
Download 33,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish