Qoraqalpoq Davlat Universiteti Tarix fakulteti 1-B guruh talabasi Rajabov Javlonbekning O‘zbekiston tarixi fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI Mavzu:Xorazmshoh va Chingizxon munosabatlari Bajardi: Rajabov. J Qabul qildi: Seydametova. G
Reja: 1)Chingizxon davlati. 2)Xorazmshohlar davlati. 3)Jaloliddin Manguberdi.
Oʻzaro elchilik aloqalari.Mo'g'ul urug' va qabilalari qudratli davlatga birlashuvi va jipslashuvi Temuchin (1155-1227) nomi bilan bogʻliq.
1206-yilda Onon daryosi boyida chaqirilgan moʻgʻul urug' va qabila boshliqlarining qurultoyida Temuchin ulug' xon (qoon)deb e'lon qilinadi, unga"Chingiz" laqabi beriladi.
Chingizxon olib borgan urushlar natijasida Gobi sahrosining sharqiy chegarasidan to Tangritogʻ (Tyanshan) tizmasining gʻarbiy etaklarigacha boʻlgan viloyatlar Mo'gʻullar davlati hukmronligi ostida birlashtirilgan.
Sulton Muhammad Xorazmshoh davlating G‘arbiy chegaralari Chingizxon davlati chegaralariga bevosita tutashib ketgandi.
Chingizxon va Xorazmshoh o'rtasida bir birining kuch-qudratini bilib olishga va bu haqda ma'lumotlar to'plashga harakat qilinadi.Ikki oʻrtada hatto elchilik aloqalari o'rnatiladi.
Dastavval, 1216-yilda Chingizxon huzuriga Xorazmshoh Bahouddin Roziy boshchiligida o'z elchilarini yuboradi. Elchilarni Chingizxon iltifot bilan qabul qiladi.
Chingizxon Sulton Muhammadga 1218-yilning oʻzidayoq Xorazmga juda katta savdo va elchilar karvonini joʻnatadi. Chingizxon qimmatbaho sovg'alar va mollar ortilgan katta karvon bilan o'z elchilarini Xorazmga yuboradi.Elchilarga xorazmlik savdogar Mahmud Yalavoch boshliq qilib tayinlanadi.
Xorazmshohlar davlatining inqirozga yuz tutishi.XIII asrning boshlarida Xorazmshohlar saltanati qoʻshinining umumiy soni Chingizxon harbiy kuchiga nisbatan birmuncha oshiqroq edi
Turkon xotun, ya'ni "turklar onasi" nomi bilan shuhrat topgan Sulton Muhammadning volidasi qoʻshinning oliy sarkardasi hisoblangan. Qipchoq oqsuyaklari bilan urugʻ-qabila aloqalari orqali mahkam bogʻlangan edi.
Sulton Muhammad o'zhukmronligining soʻngida "Davlat kengashi"ni ta'sis etadi. Kengashga 6 nafar bilimdon vakillar jalb etiladi.
Unda eng dolzarb masalalar muhokama etilib, qaror qabul qilinsa-da, ammo u amalda ijobiy natija bermaydi. Ana shunday vaziyatda u jangari mo'g'ul qabilalarining Chingizxon boshliqbosainiga duchor bo'ldi.
1219-yilda Chingizxon Xorazmshohlar davlatiga qarshi harbiy harakatlarni boshlab yubordi. Xorazmshoh sulton Alouddin Muhammad mamlakat mudofaasini tashkil etishda xatoga yo'l qo'ydi.
Chingizxonning maqsadi Xorazmshohlar davlatini tanho hukmdor bo'lib olish edi.qulatish va OsiyodaXorazmshoh sulton Alouddin Muhammad.
Jaloliddin Manguberdi (1198-1231) jasur va mohir sarkarda. Og'ir kasalga chalingan sulton Alouddin Muhammad o'limidan oldin katta o'g'li Jaloliddin Manguberdini taxt vorisi etib tayinladi.
Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi Shiki Xutuxu noʻyonni 45 minglik qo'shin bilan jo'natadi. Gʻazna yaqinidagi Parvon dashtidagi jangda Jaloliddin g'alaba qozondi.
Chingizxon katta qo'shin to'plab Jaloliddin Manguberdiga qarshi shaxsan oʻzi otlangan. G'ardiz qal asi yaqinida Jaloliddin Manguberdi Chingizxon qo'shinining ilg'orini tor mor keltiradi va kuchi ozligi sababli Sind (Hind) daryosi tomon chekinadi. Chingizxon go'shini Jaloliddin Manguberdini daryodan o'tishiga imkon bermay qurshab oladi. 1221-yil 25-noyabrda bo'lgan tengsiz jangda (Sind daryosi boʻyidagi jang) mag lubiyatga uchragan Jaloliddin Manguberdi 4000 jangchisi bilan Sindning o'ng sohiliga suzib o'tib, cho'l ichkarisiga kirib ketdi (Bu cho'l hozirda ham cho'li Jaloliy deb ataladi). Chingizxon Jaloliddin Manguberdining bu jasoratidan hayratda qolib, o'z o'g'illariga garab: "Ota o'gʻil mana shunday bo'lishi lozim", degan.