"LAZGI" IN THE ART OF KHOREZM MUSIC
THE PLACE OF THE TRIAD
Chirchik city 7th music school
Head of the Department of Traditional Singing
Yuldasheva Saida Bazarbayevna
Supervisor: s.f.n. Associate Professor Tursunova G.
Email address; navogar99@gmail.com
Annotation
This article examines the role, status and popularization of the lazgi, which on December 12, 2019 was declared by UNESCO as an “intangible cultural heritage of humanity” in Uzbekistan, especially in Khorezm.
Keywords: "Lazgi", "Avesto", dance, music culture, melody, folklore.
Bugungi kunda, O’zbekistonda, milliy an’analarni qayta tiklash va ularni yanada rivojlantirish bo’yicha turli targ’ibot ishlari davlat siyosati darajasiga ko’tarilganligini e’tirof etmoq joiz. Jumladan mana shu o‘tgan 4-5 yil davomida folklor hamda og’zaki an’anadagi professional musiqalarga bo’lgan e’tiborni yuksalganini, o’lkamizda o’tkazilayotgan festivallar va anjumanlardan bilishimiz mumkin. Undan tashqari, prezidentimiz Shavkat Miromanovich Mirziyoyevning rasmiy saytida 2022-yildan boshlab, Xorazmning Xiva shahrida har ikki yilda bir oʻtkazilishi kutilayotgan “Lazgi – xalqaro raqs festivali” ham aynan yuqoridagi fikrlarimizning tom ma’noda ifodasi,shu bilan birga Xorazm musiqa madaniyatiga e’tiborni ortgani desak mubolag’a bo’lmaydi.
Darhaqiqat, Xorazm o’lkasi insoiyatning ilk tamaddun o’choqlaridan sanaladi. Qadimgi Xorazm hududidagi Qoʻyqirilganqalʼa, Tuproqqalʼa, Qirqqizqalʼa kabi istehkomlardan topilgan va asl nomlari saqlanmagan torli (dutorsimon, changkanora, arfaga oʻxshash), damli (nay, mizmar), zarbli (daf va nogʻoraga oʻxshash) cholgʻu sozlarini ushlagan ayol va erkaklar tasvirlari tushirilgan tangalar va ganch haykalchalar bu vohada musiqa sanʼatining ildizlari juda qadimiy ekanligidan dalolat beradi. Islomgacha bo’lgan davrlarda otashparastlik marosimlari teatrlashgan holatda, musiqa raqslar orqali ijro etilgan. Bayramlar ommaviy bo’lib, ashula, raqs, pantomimik o’yinlar diniy teatrning tarkibiy qismi bo’lgan.
Qadimdan Xorazmda Zardushtiylik davlat dini edi. Shu sabab xalq o’yinlari va raqslari din bilan bog’langan. Keyinchalik ushbu marosimlarda ijro etilgan harakatlar ilk raqslarning paydo bo’lishiga olib keldi. Diniy marosim bayramlarda ijro etilib kelingan, taskin beruvchi alqovlar1 ning bizgacha ma’lum bir elementlari yetib kelgan. “Jaxxu-jaxxu”, “jaquva-jaquva”, “jaqu-jaqu”, “ooxx-ooxx” alqovlari, “ohay-ohay”, “ovvohay-ovvo”, “kisht-kisht”, “kishtak-kishtak” kabi undovchi xitoblar “xalfa”lar ijodidagi qo’shiqlarda o’z ifodasini topgan. Ushbu undovlar hozirgi kunda Xorazm terma qo’shiqlarida va hududga xos mahalliy janr hisoblangan “Lazgi”dagi ashulalarda uchraydi. Ayniqsa “bo’y-bo’y” “Oxxo-oxey” undovi “Lazgi” turkumining ajralmas bo’laklari hisoblanadi.
“Lazgi” – yuqorida qayd etganimizdek faqat Xorazm mahalliy uslubiga xos janr bo’lib, uning qachon va qayerda, kim yoki kimlar tomonidan yaratilganligi xususida ehtimoliy taxminlardan nariga o’ta olmaymiz, ammo shuni ishonch bilan ayta olamizki, ushbu janr bugun yoki kecha emas, balki qadim Xorazm elida ma’lum va mashxur bo’lgan. Chunki “Lazgi” oldin raqs kuyi bo’lgan, va u taqlid qilish, qaltirash, jumbushga kelish yoyinki, to’lqinlanish harakatlaridan yuzaga kelgan. Shularga tayangan xolda biz uni Zardushtiylik dini davrlarda ham omma orasida ushbu raqs taniqli desak mubolag’a bo’lmas edi. Uning yana bir isboti sifatida “lazgi” ning ritmi “Avesto”dagi “goh”larning ritmi bilan bog’liq. Avestoshunos M.I. Steblin-Kamenskiyning fikricha “goh”larning rimlari esda qolishga oson bo’lganligi sababli uni tezda yodlab olishgan, “Lazgi” ning ham ritmi qulay bo’lganligi uchun bugungi kungacha yetib kela oldi.
Evolutsion rivojlanishi davomida uning bir qancha variantlari yuzaga chiqdi. Ular: “masxaravozlar lazgisi”, “dutor lazgi”, “qayroq lazgi”, “surnay lazgi”, “changak lazgi”, “garmon lazgi”, “lagan lazgi”, “xorazm lazgi” si. Bunda ko’rinib turibdiki “Lazgi” dastlab raqs ko’rinishidan, keyinchalik cholg’u ijrochiligidan o’tib bugungi kunda ashula yo’liga aylangan. Ushbu uchala san’at turlarini o’zida mujassam etgan “Lazgi” ni sintezlashgan “triada” asar sifatida qabul qilsa bo’ladi.
Ashula ijrochiligiga aylanishida va bevosita ommalashuviga sababchi bo’lgan shaxs ustoz san’atkor O’zbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpog’iston xalq artisti Komiljon Otaniyozov bo’ladi. U Komil Xorazmiyning “Ko’rmay mashug’in yuzin” g’azalini “Lazgi” kuyiga bog’laydi. Ammo uni “Lazgi”ga so’z bog’lagan birinchi shaxs deya ayta olmaymiz, chunki undan oldin kompozitor Abdusharif Otajon shoir Xushnud Abdullayevnin “Dilbarni ko’ring qomati zebosiga loyiq” g’azali asosida “Lazgi” ashulasini yaratadi. Bu albatta yanglik bo’ldi ammo, xalq orasida “Lazgi” ashulasini ommalashuviga aynan Komiljon Otaniyozovning “Lazgi” si mashxurlik pog’onasiga erishdi.
Ammo ustozni ijrosidagi “Lazgi”, yangicha talqindagi “Lazgi” edi. U oldingisidan farqli ravishda an’anaviy ashulachilikuslubi asosida rivoj topadi. Ya’ni vakal partiya pog’onama-pog’ona rivojlanib yuqoriga o’sib borib, avjga yetib keladi. “Lazgi” ashulasiga avj qismini kiritish ayni paytdagi yangiliklardan biri edi.
“Lazgi” kuyiga so’z bog’lash xofiz-u bastakorlarga an’ana singari bo’lib qoldi. Komiljon Otaniyozoning shogirdlari ham bu ishga qo’l urib ko’rishgan. Shular orasidan O’zbekiston, Qoraqalpog’iston, Turkmaniston, Tojikiston xalq artisti, “Xamza” mukofoti sovrindori Otajon Xudoyshukurov an’anaviy maromda kelayotgan “Lazgi”ga kiritgan yangiligi bu unga yana katta avj qoshishida ko’rinadi, ya’ni, bu asar o’zi yuqori pardadan boshlanadigan va ko’pincha avj masofasi “septima2” inervali oralig’ida bo’ladigan asar edi, biroq endi unga yana “detsima (oktava+tersiya3)” intervalidagi yuqori avj qo’shildi va bu “Lazgi” janriga kiritilgan yuksak ijro mahorati darajasi, ham kuyning shiddatli kuchini namoyon etuvchi, uning yoqori temperamenti va asarga yangi jilo beruvchi ijodiy hissa va haqli yangilik bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Undan tashqari muallifning bisotidagi “Parang ro’mol boshinda” kabi mavjud varyanti asl “Lazgi” ga shu qadar mos tushganki, bu xuddi bir turkum asar kabi bir-biriga yaqin qabul qilinadi. Bunga erishish bilamizki ko’pchilik xofizlarning orzusi bo’lgan va boshqa xorazmlik ashulachilardan Otajon Xudoyshukurovning farqi ham shunda. Birgina “Lazgi” asarining Otajon Xudoyshukurov ijodidagi davomiy varyantlari ijodkorning musiqiy siymosini to’laqonli gavdalantira oladi desak mubolaga bo’lmaydi.
Bugungi kunda ham “Lazgi” kuyiga so’z bog’lash, uning varyantlarini bastalash hali hanuzgacha to’xtamadi. Ammo yangicha talqindagi “Lazgi” asarlari asl varyantidan ancha uzoqlashib, xatto o’z ko’rinishini mutlaqo o’zgartirayotgan talqinlarni ham kuzatish mumkin. Masalan: ustoz san’atkor, dovudiyt ovoz sohibiy Rahmatjon Qurbonov va shogirdi O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist To’lqin Jabborovlarning duet shaklida ijro etgan “Xivaki” ashulasi ham asli “Lazgi” ashulasiga o’xshatma hisoblanadi. Chunki ular orasidagi umumiylik nafat shaklan bir xillikda balki, rivojlanish tamoyili ham umumiylik kasb etadi. Bu albatta yaxshi, ammo asl namunani asrab qolish ham muhim vazifalardan biridi. Chunki “Lazgi”, Xorazm san’atining ramziy belgisidir.
Foydalanilgan adabiyotlar
R. Abdullayev. Lazgi – Yurtimizning nomoddiy merosi. “Zamonaviy ta’lim tizimini rivojlantirish va unga qaratilgan kreativ g’oyalar, takliflar va yechimlar” mavzusidagi 2- respublika ilmiy-online konferensiya., Farg’ona - 2020 y.
R. Abdullayev. Jayxun eli kuychisi. “Ozbek milliy maqom san’atining tarixiy va nazariy asoslari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani., Toshkent - 2019 y.
Olmaxon Hayitova. Xorazm qo’shiqchilik ijrochilik an’analari. Toshkent – 2006
Gavhar Matyaqubova va Sharqiya Eshjonova. Lazgi. Urganch – 2017 y
Do'stlaringiz bilan baham: |