Ключевые слова: туризм, гастрономический туризм, гурман, национальные блюда, дегустация,
кухня.
Abstract. The article covers the role of tourism in the global economy and trends in the development of
international tourism. Also, today there are reports about gastrotourism, one of the most stable forms of
tourism in many foreign countries, about the importance of this kind of tourism and also about the countries
with the high developed tourism sector. It also highlights the importance of tourism development in our country
and promising tourist destination.
Key words: tourism, gastronomic tourism, gourmet, national cuisine, tasting.
Bugungi kunda dunyo iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan yirik tarmoqlaridan biri sifatida turizm
jahonda eksport salohiyati bo’yicha kimyo va yengil sanoatidan keyingi o’rinni egallaydi. Bu borada Dunyo
Sayohat va Turizm Kengashi(World Travel&Tourism Council)ning 2016 yilgi bergan ma’lumotlariga ko’ra
turizmning dunyo YaIMdagi ulushi 10,2 foiz, xizmatlar eksportidagi ulushi 6,6 foiz va jami kiritilgan
investitsiyalardagi ulushi 4,4 foizni tashkil etgan. Mazkur ko’rsatkichlar 2027 yilga kelib, mos ravishda 11,4
foiz, 7,2 foiz va 5,0 foizga yetishi belgilangan[1]. Hamda turizm kishilar hayotida yashash tarzining ajralmas
bir qismiga aylanmoqda. Ularning sayohatlari xalqaro darajada valyuta oqimining oshishida katta ijobiy ta’sir
ko’rsatmoqda.
Dunyo turizmining rivojlanishi bilan birga, respublikamizda ham mazkur sohani rivojlantirishga e’tibor
kuchaydi. Xususan, 2017 yilda O’zbekistonga tashrif buyurgan xorij fuqarolarining safar maqsadlari bo’yicha
tahlil qilinganda 2272,3 ming kishi yoki 84,7% qarindoshlarni yo’qlash maqsadida, 203,7 ming kishi yoki
7,6% turistik maqsadda, 159,9 ming yoki 5,9% xizmat yuzasidan, 28,7 ming kishi yoki 1,1% davolanish
maqsadida, 18,5 ming kishi yoki 0,7% tijorat maqsadida, 6,9 ming kishi yoki 0,3% o’qish maqsadida tashrif
buyurgan[2]. Respublikamizga tashrif buyurgan turistlar o’z sayohatlari davomida mazali taom turlaridan
bahramand bo’lishni xohlashmoqda. Bu faoliyat gastroturizm sifatida hozirgi kunda ko’pchilik turistlarni
qiziqtirib, ularni o’z doirasiga birlashtirmoqda. Avvalo, turistlar biror-bir mamlakatning milliy oshxonasi bilan
chuqurroq tanishish maqsadida maxsus gastroturlarni sotib oladilar. Gastroturning maqsadi – istalgan
mamlakat milliy taomlarini ta’tib ko’rib, milliy oshxonasining o’ziga xos xususiyatlaridan lazzatlanishdir[3].
Shu bilan birga, ushbu maqsad noyob va ekzotik taomni ta’tib ko’rish emas, balki asrlar davomida mahalliy
urf-odatlar va an’analarni o’ziga singdirgan mahalliy retseptlardan bahramand bo’lish hisoblanadi.
Gastronomik sayohat ham mavjud bo’lib, bu – turist o’z ongida o’sha mamlakat haqidagi ijobiy tasavvurini
shakllantirish sohasidir, chunki ovqat xalq ruhining sirini ochib beradi va uning mentalitetini tushunishga
yordam beradi.
Umuman olganda, gastronomik turizmning o’ziga xos jihatlari quyidagilardan iborat:
• barcha mamlakatlar gastronomik turizmni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarga ega bo’ladi va
ajoyib ahamiyat kasb etadi.
• gastronomik turizm mavsumiy xarakterga ega bo’lmay, istalgan fasl uchun mos keluvchi turlarni
tanlashga imkon beradi.
• gastronomik turizm barcha turlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ammo uning boshqa turizm
turlaridan farqi milliy oshxona bilan tanishish asosiy maqsadi va unsuri bo’lib hisoblanadi.
Mazkur jihatlarni e’tiborga olgan holda gastronomik turizm quyidagi yo’nalishlarga egaligi bilan ajralib
turadi:
-
qishloq turizmi;
-
restoran turizmi;
-
ta’lim turizmi;
-
ekologik turizm;
-
tadbirlar turizmi;
-
birlashtiruvchi turizm.
Shuningdek, gastronomik turizmning turli xil joylarda bitta taomni tanovul qilishni taklif qiluvchi turlari
ham mavjud bo’lib, bularga uzumzor hududlarga sayohat qilish, uzum terish va ta’tib ko’rish imkonini
beruvchi mashhur fransuz va bolgar vino turlarini keltirish mumkin. Niderlandiya, Shveysariya va Italiya
Do'stlaringiz bilan baham: |