XORAZM MA
’
MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI
–
9/2020
161
tarjimaning o’zida hazil
- mutoyiba hissi saqlanib qolinmagan
bo’ladi.
Binobarin, tushunish
madaniyati hazil-mutoyibada muhim rol o'ynaydi, shuning uchu
n ham o’ta muhimdir.
Ba'zan biz o’zbek tiliga tarjima qilingan
ingliz yoki turk komediyasini tomosha qilganimizda,
kulgili qismlarga kulmaymiz yoki hazilni tushunmaymiz. Buning sababi hazil madaniyatda ildiz
otgan, hazil bir xalqning xulq-atvori, hayot tarzi va tarixining bir qismidir. Shu sabab hazil gaplar
tarjimasi ikkala tilni ham tushunish bilan bir qatorda, madaniyatini tushunishni ham talab qiladi.
Aslida hazil
nima? Hazilga sodda ta’rif beradigan bo’lsak,
bir shaxsning ikkinchisiga kulguli
yoki masx
aratomus gap aytishi va davra o’rtasida kulgu, xursandchilik ko’tarilishidir. Ammo
ba’zan kimnidir xursand qilaman deb aytilgan narsa ham boshqa insonga
yoqmasligi m
umkin, ya’ni
hazilni jiddiy qabul qiladi. Shu o’rinda tarjimon hazilni effektini
ham matndan anglash, hazilni
aniqlash va uni tarjima qilishda ushbu jihatni e'tiborga olish lozim. Hazilni aniqlashdagi qiyinchilik
shundaki, u juda sub'ektivdir.
Oslo universiteti tadqiqotchisi va professori Jeroen Vandael so'zlariga ko'ra "Hazil tarjima si
”
boshqa tarjima turlaridan sifat jihatidan farq qiladi. Hazil gaplar boshqa sohalar kabi oson tarjima
qilinmaydi.
Hazil gaplar tarjimasida uchraydigan muammolar:
Birinchidan, hazil yashirin bilimlarni talab qiladi. Barcha madaniyatlarning o'ziga xos
xususiyati bor masalan, kuladigan omillar va tabular. Tarjimon o'ziga xos madaniyatning hazil-
mutoyibasini va qanday tarjima qilinishi mumkinligini va qanday tartibda tarjima qilishni chuqur
o’ylashi lozim. SL madaniyatiga putur yetqizmagan holda.
Ikkinchi muammo shundaki, hazil sotsiologik omillarni (madaniyatni) o'z ichiga oladi. Ushbu
kategoriyada lug'aviy denotatsiya va konotatsiya tarjimani yanada qiyinlashtiradi:
Lug’aviy konotatsiya o’zga bir tilning ma’lum bir so’zi, tushunchasi, realiyasini o’girishd
a
uchraydi
(masalan, “Iranian suzani” so’zana so’zi ingliz tiliga forsiydan asliligicha olingan).
Lug'aviy konseptsiya mavjud bo'lmaganda, lingvistik bog'lanish qiyinchiliklarga olib kelishi
mumkin. Luga’viy konotatsiya murakkabligi shundaki, qachonki SL d
ag
i so’z ma’nosi tushunarsiz
yoki TLda u so’z boshqa ma’noda ishlatilsa; masalan turkchadagi
“kravat”
so’zi Ruscha va
o’zbekchada
yotoq mebel
degan ma’noda ishlatiladi, turkcha
da esa bu
bo’yinbog’
degani.
Hazil tarjimasida madaniyat hal qiluvchi rol o'ynaydi va tarjimondagi topish g'oyasini qo'llab-
quvvatlaydi. TLdagi so’zning ekvivalenti berilsa, tom ma'noda tarjima bir xil yumoristik effekt
bermasligi yoki ba'zi hollarda, TL auditoriyasi orasida xafagarchilikka olib kelishi mumkin.
“Hazil, ko'zlangan eff
ekt sifatid
a, yashirin ko'rinishga ega (kulgi), ya’ni kulguni tarjimonga
ko'rsatish juda qiyin”.
Biz hazilni boshqasiga tarjima qilsak, bu tarjima qilinayotgan tilda kulgiga sabab bo'lmasligi
mumkin, chunki biz hazil dunyosiga ega ikki xil madaniyat bilan shug'ullanamiz. Masalan, qora
tanlilar haqida hazillar, ehtimol qora hamjamiyatida ish bermaydi. "Hazilni tushunish va baholash
bilan hazilni yaratish bu ikki xil mahorat; tarjimonlar ushbu jozibador ta'sirni boshdan kechirishlari
mumkin, ammo kitobxon hazilni qayta
ishlab chiqara olmasligi mumkin”.
Men shu fikrga qo’shi
laman. Nega desangiz, hamma ham yumorni tarjima qila olmaydi.
Masalan, QVZ ko’rik tanlovidagi nutqlarni olayli
k. Menimcha, u yigitlar juda talantli, va har kim
ham bunday hazillar qila olmaydi. Bu bilan men faqatgina talantli insonlargina yumoristik
matnlarni, nutqlarni tarjima qilish qobilyatiga ega demoqchi emasman, balki yumoristik mahorati
kam bo’lgan tarjimon
lar hazilomus matnlarni ishlab chiqishda qiynalishlari mumkin.
"Hazillarni baholash har xil bo'ladi. "Hamma ham hazilni bir xil tushunmaydi. Hammaning
qarashi har xil. Men uchun kulgili bo'lgan gap birov uchun kulgili bo'lolmasligi ham mumkin.
Shuning uchun tarjimonlarning vazifasi matnning hazil, istehzo va kulgili qismlarini tushunish va
ularn
i tarjima qilish, chunki o’sha jumla tarjimon uchun kulgili bo'lmasa ham, u ma’lum bir
auditoriya uchun kulguli bo'lishi mumkin. Hazil subyektiv bo’lganligi bois, tarjimon ba’zi
muammolarga duch kelishi mumkin. Ikkinchidan, tarjimon TL jamiyati uchun mos keladigan
ma’lumot topish
i
kerak. Ya’ni, agar hazil TLda kulguli holatdan ko’ra ko’proq drama ko’rinishga
o’tib ketsa, yaxshisi tarjimon u qismni tarjimada moslashtirishi yoki tushirib ketgani ma’qul.
Yevgeniy Nida, tarjima sohasida zamonaviy yondashuvlar b
o’yicha lingvist olim, u so’zma
so’z tarjima SL dagi matnni TL ga ko’chirishda to’la to’kis ma’nosi bilan ko’chira oladi, degan
fikrga e’tiroz bildiradi. Tarjima qilish o’z ichiga SL dagi matnni TLda qayta ishlashdan iborat,
birinchi-
ma’no jiha
tdan, ikkinchi-
uslub jihatdan. Uning fikricha tillar orasida ekvivalentlik yo’q,
tarjimon shunchaki eng yaqin kelgan ekvivalentni tanlasa bo’lgani. Bu yerda ikkita tushuncha
yuzaga keladi: Dinamika va rasmiy ekvivalentlik. Dinamik ekvivalentlik ko'proq tabiiy tarjimani
qo'llab-quvvatlaydi. Bu o'qish qulayligini ta'kidlaydi, bir xil xabarni yetkazish uchun fikrlar tarjima
Do'stlaringiz bilan baham: |