UO’K 81 -13 FRANSUZ TILI DARSLARIDA DIDAKTIK O‘YINLARDAN SAMARALI FOYDALANISH M.T. Saipova, ka tta o’qituvchi , Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo'jaligini Mexanizatsiyalash Muhandislari Instituti, Toshkent Annotatsiya. Ushbu maqolada fransuz tili darslarida didaktik o‘yinlar va ulardan darslarda samarali foydalan ish va talabalarda fransuz tiliga bo’lgan qiziqishni yanada oshirish bo’yicha fikrlar berilgan. Kalit so‘zlar: didakti ka, didaktik o‘yinlar, texnologiya, kommunikativ lik Аннотация . В этой статье представлены идеи дидактических игр на уроках французского и их эффективное использование на уроках, а также для дальнейшего повышения интереса учащихся к французскому языку. Ключевые слова: дидактика, дидактические игры, технология, общение Abstract. This article provides ideas for didactic games in French lessons and their effective use in lessons and to increase students' interest in French. Keywords: didactics, didactic games, technology, communication Didaktik o‘yinlar tushunchasi bizga bolalikdan ma’lum. Maktab yoshidagi bolalarning ma’naviy va
axloqiy kamol
ida, ularning mukammal inson bo‘lib kamol topishida g‘oyat katta tarbiyaviy ta’sir qudratiga
eg
a. O‘yin timsolida bolalar jamoa bo‘lib yashashga, uyushqoqlikka, birgalikda ijod qi
lishga, hamkorlikda
ishlashga va mustaqillikka o‘rganadilar.
Axloqiy sifatla
ri va tushunchalari, vazifalari tarkib topadi. O‘yin qoidalariga qat’iy rioya qilishga,
intizom
ga o‘rganadilar. Ularda do‘stlik, inoqlik his
-
tuyg‘ulari rivojlanadi. Ularning estetik zavqlari o‘sadi,
turli kasbu-
korlarga bo‘lgan qiziqishi ortadi, dunyoqarashi shakllana boshlaydi. Maktab va oliy ta’limga
kelgan talaba va o’quvchilarda ham tilga bo’lg
an qiziqishini yanada oshirish va saqlab qolishda didaktik
o’yinlarning o’rni beqiyos.
Didak
tik o‘yin mazmuni o‘z ichiga asosan quyidagi uch omilni oladi.
1. O‘
yinning vazifasi
2. O‘yin harakati
3. O‘yin qoidasi
1. Har bir didaktik o‘yinda ma’lim didakt
ik maqsadga qaratilgan v
azifa qo‘yiladi. Bu vazifa bolalarga
bilim va ma’lumot berishni ko‘zda tutadi. Har bir didaktik o‘yin bolalardan ma’lum vazifani bajarish
ni talab
qiladi. Bu vazifani bajarish maqsadida bola o‘zining fikrlash qobiliyatini aktivlashti
radi, oldingi olgan bilim
va tushunchalarini esga tushirishga harakat qiladi.
2. Didaktik o
‘yinning yana bir muhim hususiyati borki, bu o‘yin harakatidir. O‘yin
harakati bolalarni
o‘ziga jalb qilishi bilan ularning faoliyatini faollashtiradi. O‘yin harakati esa o‘yin mazmuniga ko‘ra
turlichadir. O‘yin harakati ayrim vaqtlarda musobaqalashtirish bilan bog‘langan bo‘lsa ayrim vaqtlarda esa o‘z
navbatida o‘tkazib yubormaslik bilan bog‘langan bo‘ladi.
3. Didaktik o‘yin hamma vaqt ma’lum o‘yin qoidasiga bo‘ysunadi. O‘yinda qatnashuvchi bolalar o‘yin
qoidasiga rioya qili
shlari bilan o‘z oldilariga qo‘y
gan vazi
fani bajaradilar. Didaktik o‘yindagi harakat o‘yin
qoidasi bi
lan bog‘liq boladi. O‘yin qoidasi bolaning o‘yinda o‘zini qanday tutish, nimani qanday
qilish, nimani
qanday bajarish l
ozimligini ko‘rsatadi. O‘yin qoidasi didaktik o‘yinda o‘yinni tashki
l qilish tartibidan iborat
bo‘lib, qoidaga rioya qil
ish orqali maqsadga erishiladi.
Fransuz tili fanini o‘qitishda turli xil
o‘yinlar orqali o‘rgatishning o‘rni be
qiyosdir. Dars davomida har
xil o‘yinlar o‘ynatib turish
sinfda fanni o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqni yanada oshiradi, passiv o‘quvchilarni
ham darslarda yaxshiro
q qatnashishga undaydi, sinfda o‘quvchilar o‘rtasida raqobat, ayni paytda jamoadoshlik
muhitini hosil qiladi. Shuningde
k, o‘quvchilarning ustozlariga bo‘lgan hurmatini oshiradi.
Quyida sizga
fransuz tili darslari davomida o‘qitish samaradorligini yanada os
hirishga xizmat
qiluvchi o‘yinlar taqdim
etiladi. Fransuz tili darsida kommunikativ o‘yinlar.