Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 8
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
815
w
www.oriens.uz
September
2021
umuman, tinglovchi yoki kitobxon uchun yoqimsiz taassurot qoldiruvchi jami
qusurlar bilan tasvirlanadi. Ana shu ta’rif va tavsiflar orqali o‘quvchi qahramonlarni
kashf etib boraveradi. Shuningdek, qahramonlar portreti butun asar davomida
bosqichma-bosqich,
mukammmal
yoritib
boriladi.
Asarning
bir
qismida
qahramonning tashqi qiyofasi, yana bir o‘rnida uning xatti-harakatlari, yana bir
o‘rnida uning ijobiy xislatlari yoki salbiy illatlari va hokazo tarzda keltirib boriladi.
“Xalq eposidagi qahramon portretining mukammal ifodasini asarning butun teksti
davomidagina ko‘z oldimizga keltirishimiz mumkin. Qahramonning portreti haqida
tasavvur qilish uchun dostonning bir o‘rindagi tasvir hech qachon qoniqarli
bo‘lmaydi. Asarda qahramonlarning portretlari haqida aksari bir o‘rinda ko‘proq
to‘xtab o‘tiladi va tinglovchida qahramon haqida tasavvur hosil qilishga uriniladi.
Qolgan parchalarda esa qahramon portretidagi detallar alohida-alohida olingan holda
to‘ldiriladi, bo‘yoqlar quyuqlashtiriladi”
18
. Qahramonlarning portretini yanada
yaqqolroq tasvirlash uchun xalq dostonlarida qahramonlar ruhiyati, ulardagi ichki
psixologizm va nutqiy xarakteristika ham muhim rol o‘ynaydi. Xalq dostonlarining
barchasida qahramonning psixologik holati doimo she’riy usulda ifodalanadi.
Psixologik holat ziddiyatlarning kuchayib borishi bilan rivojlanib boraveradi.
Qahramon o‘z boshidan qancha ko‘p qiyinchiliklarni o‘tkazsa, uning ruhiyatidagi
o‘zgarish ham shunchalik kuchayib boradi. Shu bilan birga, qahramonlarning nutqiy
xarakteri ham obrazni mukammal tasvirlashda asosiy vazifani bajaradi. Asar bosh
qahramonlari nutqida o‘ziga ishonch, qat’iyat aks etadi. Bu asosan qahramonlik
dostonlariga tegishli holatdir. Qahramonlarning nutqi ham she’riy parchalar orqali
dialog yoki monolog ko‘rinishida beriladi.
Ma’lumki, har qanday asar, u xoh nazmda, xoh nasrda yozilgan bo‘lsin, xoh
yozma adabiyotga, xoh og‘zaki adabiyotga mansub bo‘lsin, barcha-barchasida o‘ziga
xos badiiy uslub, badiiy tasvir vositalari mavjud bo‘ladi. Shu sababdan
dissertatsiyaning uchinchi bobi, birinchi faslida Xorazm dostonlarining badiiy uslub,
badiiy tasvir vositalari, xususan, o‘xshatish, mubolag‘a, sifatlash, metafora, sa’j,
jonlantirish, tajnis, tajohil orifona kabi vositalar, ularning dostondagi vazifasi va o‘rni
haqida so‘z yuritilgan.
Badiiy tasvir vositalari asarning asar sifatida shakllanishida chuqur ahamiyat
kasb etadi. Tasvir vositalari asarda bo‘layotgan voqealar, jarayonlar, undagi
qahramonlar haqida o‘quvchi yoki tinglovchida kengroq tasavvur hosil qilishiga
imkon beradi. Asar qahramonlari hamisha ijobiy yoki salbiyligiga qarab hayotdagi
turli predmetlar bilan taqqoslanadi. Yigitlar mardligi haqida gapirilganda yo‘lbarsdek
18
Ўша диссертация. Б – 81.
Do'stlaringiz bilan baham: |