Xonqa pedagogika kolleji


Z . Diyorning „Binafsha“ she’rini yod oldirish



Download 428,78 Kb.
bet68/76
Sana10.03.2022
Hajmi428,78 Kb.
#488577
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   76
Bog'liq
Nutq o\'stirish Majmua

Z . Diyorning „Binafsha“ she’rini yod oldirish .
Dastur mazmuni. Bolalarga binafsha bahor faslining elchisi ekanligi to’g’risida tushuncha berish va mustahkamlash. She‘rning mazm unini tushunishga. unda aks etgan ko’tarinki ruhdan, quvnoq ohangdan, sevinch, shodlikdan ta‘sirlanishga undash. Mashg’ulotga tayyorgarlik. Binafsha gulini guldonga solib, bolalarga ko’rinmaydigan joyga qo'yish. Mashg’ulotning borishi. Tarbiyachi: Hozir o'lkamizda qaysi fasl? Bu faslda obhavo qanday bo‘ladi? Qanday gullarni bahor elchisi deymiz? Binafshalar qayerlarda ochiladi? Siz shu gulni ko’rganmisiz? (Binafsha gulini ko’rsatadi.) Bolalar javobidan Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni so‘ng tarbiyachi ularning javoblarini umumlashtirib, shunday deydi: To’g’ri, hozir bahor fasli. Bahor faslida hammayoq chiroyli libosga burkanadi. Bog‘larda qushlar sayraydi, kapalaklar guldan gulga qo’nib yayraydi. Bahor elchilari binafsha, lola ochiladi. Hamma bog'larga, dala va adiriarga gul tergani chiqishadi. Bahor fasli, gullar haqida shoirlar sh e‘rlar yozishgan. Mana, bolalar shoiri Zafar Diyor ham binafsha haqida she‘r yozgan. Tarbiyachi she'rni yoddan aytib beradi. So’ngra she’r mazmuni yuzasidan quyidagi savoljavob tarzidagi suhbat o'tkaziladi: Zafar Diyorning „Binafsha― she’ri sizga yoqdimi? Sizlarga hammadan ko’ra ko’proq nimasi yoqdi? Binafsha haqida nima deyilgan? Binafshaning hididan nimalar lazzat olar ekan? Bu she‘rda kapalak haqida nima deyilgan? Bu she‘rda kimlar binafshani maqtashlari haqida yozilgan? Kimning esida qoldi? Kim aytib bermoqchi? Tarbiyachi bolalar javobini to‘ldirib: „Endi diqqat bilan tinglang. Bu she'rni sizlarga aytib beraman. Sizlar she‘rni yod olishingiz kerak―, deydi. She'rni ikkinchi marta ifodali qilib yoddan aytib bergach, takrorlashga istagan bolani chaqiradi, so’ngra o’zi belgilab qo ‘ygan bolani she'rni yoddan aytish uchun chaqiradi. Mashg’ulotning 2- qismida „Gullar do’koni” ta‘limiy o’yini o'tkaziladi Bolalar bog'chasida bolalarga she‘r yodlatishning asosiy maqsadi va ahamiyati ularda she‘riyatga bo'lgan muhabbatni, badiiy didni tarbiyalash, poeziyaning eng yaxshi namunalarini idrok etishni shakllantirishdir. Shuningdek, bolalarga estetik tarbiya berishda ham she‘r yod oldirishning ahamiyati benihoya kattadir. „Bolalar bog'chasida ta‘lim-tarbiya dasturi―da yod oldirilishi lozim bo'lgan she’larning ro'yxati berilgan. Bu she’rlar bolalar hayotidan olingan bo'lib, ular quvnoq o'yinlar, o'yinchoqlar, uy hayvonlari, tabiat to'g'risidagi she‘rlardir. She‘r yod oldirishda tarbiyachi oldida bir qancha vazifalar turadi:
1. O'qilgan she‘rni hamma bolalar esda saqlab qoiishlariga erishish.
2. Bolalarda she‘rga (poeziyaga) nisbatan qiziqish uyg'otish va mustahkamlash.
3.She‘r mazmunini va undagi ayrim qiyin so'zlarning ma‘nosini tushunib olishlariga yordam berish.
4. Tinglovchilar oldida she‘rni ifodali aytib berishga o'rgatish. Bu vazifalarning barchasi bir vaqtda amalga oshiriladi. Yodlatish uchun she‘r tanlashda „Dastur" vazifalariga, bolalarning yosh va psixologik xususiyatlariga, esda saqlash qobiliyatlariga e‘tibor berish kerak. Yodlatish uchun she'r tanlashda shuni hisobga olish kerakki, she‘r hajm jihatidan uncha katta bo'lmasligi, kichik guruhlarda 1 banddan oshmasligi, o'rta guruhda 2 band, katta guruhlarda 3—4 banddan oshmasligi kerak. Bolalar bir oy ichida kuni bilan 1—2 ta she'rni (mashg'ulotda) yod oladilar. Ba‘zilarini (sanamalar, kikillamalar, ashulalarni) mashg'ulotdan tashqari vaqtda (sayrda, o'yin jarayonida) beixtiyor eslab qoladilar. Tarbiyachi bolalar bilan she‘r yod oldirish mashg'ulotini tashkil etishdan awal guruhdagi bolalarning qaysisi tez, qaysi birlari sekin, qaysilari puxta, qaysilari bo'sh yod olishlarini aniqlab olishi kerak.
Adabiy viktorinalar o'tkazishdan asosiy maqsad, bolalarning badiiy asarlarga bo‘lgan qiziqishlarini mustahkamlash, ilgaridan tanish bo ‘lgan badiiy asar janrlarini eslashga yordamlashish, emotsional his-tuyg‘ularini, xotirasini rivojlantirishdir. Adabiy viktorinalar o'rta va katta guruhlarda har bir faslda bir marta tashkil etiladi. Viktorinani musobaqa tarzida bir guruhni ikkita komandaga ajratish yoki ikkita bir xil guruhlar bilan (musobaqa uyushtirish) o'tkazish mumkin. Masalan, quyida o'rta guruhda o'tkazilgan adabiy viktorinaning mashg‘ulot ishlanmasini keltiramiz. Maqsad. Bolalarga turli usullar yordamida bir faslda o'qib va hikoya qilib berilgan ertaklar, hikoyalarning nomini eslashga yordamlashish. Ertaklardan parchalar o'qib berish orqali bolalar xotirasini rivojlantirish.
Mashg‘ulot uchun material. Sh.Pyeroning „Qizil Shapkacha“ , „Bo'ri bilan echki“, „ Fil va Xo 'roz “ , „ Dumsiz tulki“ ertagi va ularga ishlangan rasmlar, „Tulki bilan Turna “ ertagida qatnashuvchi qahramonlar rasmini to'plash.
Mashg‘ulotning borishi. Tarbiyachi bolalarga kitob muqovasidagi rasmni ko'rsatadi va bu ertakka nom o'ylab topishni taklif etadi. Shundan so‘ng tarbiyachi asardan parcha o'qiydi va uni qaysi ertakdan ekanligini bolalardan so'raydi. Masalan, „Kunlardan bir kuni jikkakkina ola quyon sheriklariga: — Men hech kimdan qo‘rqmayman, tulkini bir puflab osmonga uchirib yuboraman, — deb chiranibdi. Hammauning mardligiga qoyil qolibdi. Shu payt birdan bo ‘ri kelib qolibdi“ . (O'zbek xalq ertagi. „Maqtanchoq quyon “ ). „Bor ekanda yo 'q ekan, och ekanda to‘q ekan, bir och bo'ri bo’lgan ekan. Kunlardan bir kuni don yeb yurgan bir xo'rozni ko'rib qolibdi. Bo'ri xo ‘rozni ushlash payiga tushibdi“ . ( O ‘zbek xalq ertagi, „Och bo'ri“ .) „Xo‘rozvoy bog‘ga chopqillab kelibdi-yu, ko'm -ko'kkina g'o'r maymunjonni cho'qiy boshlabdi. Shu payt Tovuqxon xo'rozga qarab: „Yema, Xo'rozvoy, maymunjon p ishgun icha sabr qil, — debd i“ . (K. Ushinskiy. „Sabr qilishni o 'rgan “ .) Kichkina echki uloq,
O 'ynar oshib umbaloq,
Men bilan inoq o'rtoq.
Ko‘kat bersam yamlaydi,
Orqam dan hech qolmaydi. (Sh .S a’dulla. „Uloqcham " she'ri.) „Toping!ar-chi, men qaysi she’rdan parcha o'qidim , kim bu she’rni oxiriga yetkazadi“ . Bolalar she’rni oxirigacha aytib beradilar. Tarbiyachi navbatdagi vazifani diqqat bilan tinglashni taklif etadi. „Topinglar-chi, bu sahna qaysi ertakdan?“ — deb stol ustiga tulki va turnaning rasmlarini qo'yadi. „Bu parranda bizning mashg ‘ulotimizga qaysi ertakdan yugurib keldi?“ Tarbiyachi oldindan bir bolani qarg‘a qilib tayinlagan bo’ladi. Qarg‘a qilib tayinlangan bola „Qar-qar, qar“ deb tarbiyachining oldiga yugurib keladi. Bolalar esa uning qaysi ertakdan ekanligini topadilar. So‘ngra tarbiyachi bolalarga „Qizil Shapkacha“ ertagiga ishlangan rasmlarni ko ‘rsatadi va ular nima haqida ekanligini so’raydi. So ‘ngra tarbiyachi bittadan o ‘g ‘il va qiz bolani chiqaradi, ular Bo‘ri va Qizil Shapkacha dialogini aytib beradilar. Shundan so‘ng tarbiyachi bolalarga turli ertak va hikoyalardan parchalar aytib berishni taklif etadi.
Adabiy viktorinani tashkil etish har bir tarbiyachidan ijodkorlikni talab etadi. Tarbiyachi adabiy viktorinani „Kim ko ‘p topishmoq aytadi? Kim ko’p maqol aytadi? Kim tez aytishuvni bir nafas chiqarishda uch marta aytadi? Kim eng ko‘p she'r biladi?“ kabi shiorlar ostida o ‘tkazishi mum kin. Adabiy viktorinalarni bir necha mavzular asosida ham tashkil etish mumkin . Masalan , „Yil fasllari“ , „Ertaklar olamida “ , „Tabiat to ‘g ‘risida“ , „Hayvonot olamida “ va hokazolar. Bunday mavzularda o ‘tkaziladigan adabiy viktorinalar uchun bir necha kun (o'yinlar uchun ajratilgan vaqtda) tayyorgarlik ishlari olib boriladi. Bolalar sevimli asarlari uchun chizilgan rasmlar joylashtirilgan alborn va papkalarni ko‘rib chiqishadi, ilgari tinglangan ertak va hikoyalarni, she’r va topishm oqlarni eslariga tushirishadi, ertak u chun ishiangan rasmlarni ko‘rib chiqishadi, belgilangan kun oldindan tayyorlab qo ‘yilgan kitoblar (ko‘rgazma mavzusi asosida) stol ustiga qo'yiladi. Bolalar bog‘cha xodimlarini va boshqa guruh bolalarini taklif etadilar. Ularga kitob ko‘rgazmasini ko‘rsatib, she'rlar aytib berishadi, topishmoqlar aytish va topish, ertaklarni hikoya qilib berish tashkil etiladi. Adabiy viktorinani tashkil etish uchun oldindan uning ssenariysini tuzib olish maqsadga muvofiqdir. Buni har bir tarbiyachi o ‘z m ahoratiga qarab tuzishi kerak.



Download 428,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish