Nazorat savollari:
1. Bolalarni har tomonlama tarbiyalashda bolalar badiiy adabiyotning tutgan o‘rnini aniq adabiy misollar orqali tavsiflab bering.
2.Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarni bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirish kerakmi?
3. Bolalarga jamiyat va tabiat hayoti, insoniy xis-tuyg‘ular va o‘zaro munosabatlar olamini badiiy adabiyotlar yordamida qanday qilib tushuntirish mumkin?
4.Badiiy adabiyot asosida bolalarda qanday axloqiy sifatlarni shakllantirish mumkin? O‘z javobingizni bolalar badiiy adabiyotining aniq manbalari bilan asoslang.
5.Ilk yoshdagi bolalarning bolalar badiiy adabiyotini qabul qilishining o‘ziga xosliklarini tavsiflang. Maktabgacha ta‘lim muassasasi va oila oldida ilk yoshdagi bolalarni adabiy rivojlantirish sohasida qanday asosiy vazifalar turibdi?
6. Ilk yoshdagi bolalarda bolalar badiiy adabiyotiga nisbatan qaysi bilish va nutqiy qobiliyatlarini shakllantirish lozim?
23–mavzu:Mashg'ulotdan tashqari vaqtda badiiy adabiyotdan foydalanish
Reja:
1.Badiiy adabiyotdan foydalanish ko’nikmalari.
2. Mashg’ulotlar o’tkazish.
Tayanch tushunchalar. Badiiy adabiyot , soya teatri ,lirik she’r, matal.
Mashg’ulotdan tashqari vaqtda badiiy adabiyotdan foydalanishga turli yosh guruhlarida tashkil etilgan kitob burchagida ishlash, bolalar uchun mo’ljallangan badiiy asarlarni sahnalashtirish, ya’ni qo‘g’irchoq teatri, soya teatri (ko’lanka) ,stol teatri, diafilmlar namoyish etish, radio va teleeshittirishlar tashkil etish kiradi. Tarbiyachi mashg’ulotdan tashqari qulay vaqtda bolalarni kitob burchagidagi kitoblar bilan tanishtiradi, kitobdagi rasmlarni ko‘rsatib, u haqda suhbat o 'tkazadi, asarlarni o ‘qib yoki hikoya qilib beradi, mualliflar bilan tanishtiradi, bolalarga oldingi mashg‘ulotlardan tanish bo'lgan, shuningdek , dasturga kiritilmagan asarlarni takror o‘qib berish mumkin Mashg ‘ulotdan tashqari vaqtda tabiat haqidagi asarlarni, lirik she'rlarni, matai va qochirimlar, topishmoqlar, sanamalar va hokazolarni avtib berish bolalarning his-tuyg’ulariga katta ta'sir etadi. Mashg‘ulotdan tashqari vaqtda (kechki soatlarda) o 'rta guruhdan boshlab o ‘qib berilgan kitob haqida, yozuvchi va shoirlar haqida suhbatlar o‘tkaziladi. Kutubxonaga, kitob do'koniga sayohatlar tashkil etiladi. Yilning turli fasllarida tabiat qo‘yniga sayohatlar uyushtirish jarayonida bahor, yoz, kuz, qish haqidagi she’rlar aytib beriladi, hikoyalar, ertaklar o‘qib beriladi. Shuningdek, mashg’ulotdan tashqari vaqtda bolalar uchun tarbiya vositasi bo’lgan materiallardan, topishmoqlardan keng foydalaniladi. Bolalarning tanish asarlar haqidagi bilimlarini tarbiyachi tomonidan tashkil etilgan o‘yinlarda („Maktab - maktab “ , „ Bog’cha –bog’cha ‘ ,,Qo‘g’irchoq teatri“ va h.k.) mustahkamlash mumkin. Masalan,tarbiyachi qo‘g‘irchoqlar uchun ertalik tashkil qilishni bolalarga taklif etadi. Bu ertalikda bolalar tanish ertaklarni qo‘g‘irchoqlarga so’zlab berishadi. Shuningdek , tarbiyachi „ Radio “ . „Televizor“ , o'yinlaridan keng foydalanib, ertak va hikoyalarni aytib berishni taklif etadi. O‘rta guruhdan boshlab dramalashtirilgan o’yinlardan foydalaniladi. Bu bolalarda badiiy asar namunalarini aytib berishga, kitobga qiziqishga, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, bir jamoa bo’lib o'ynashga yordam beradi. Katta guruhlarda kitob burchagida mashg'ulotdan tashqari vaqtda badiiy asarlar bilan tanishish maqsadida mavzular bo'yicha kitob ko'rgazmasi tashkil etiladi. Masalan: „Bizning tabiat to‘g‘risidagi kitoblarimiz“ , „Bizning bayramlar“ va h.k. Bunday ko'rgazmalar sevimli kitoblar bo'yicha suhbat o'tkazishda yordam beradi. Ko’rgazmada bir qancha yozuvchi va shoirlarning portretlari ham qo‘yilishi kerak. Shuningdek, bir guruhda ba’zi bayram lar uchun („Ertaklar olamida“, „Mehrjon bayrami“ , „ Gullar bayrami“ , „ Qushlar bayrami“ , „Qovun sayli“ va h.k.lar) turli janrdagi asarlarni, masalan, she'rlar, topishmoqlar, hikoyalar, ertaklardan olingan parchalar, maqol, matallarni tanlash tavsiya etiladi.
Topishmoqlar:
Lenta kabi cho‘zilib, Yurtni yurtga ulaydi.
Do‘stni do‘stga uchratib, Qalbga sevinch qalaydi. (Yo‘l)
Bulut desang, bulutmas, Yerdan ko‘kka suzadi.
Ko‘zga, burunga kirsa, Asabingni buzadi. (Tutun)
Keragida suvga otasan, Qimirlashin poylab yotasan. (Qarmoq)
Maqollar:
Belgi bo‘lsa, yo‘ldan adashmas, Aql bo‘lsa, so‘zdan adashmas.
Chinordek bo‘ying bo‘lguncha, Tumordek aqling bo‘lsin.
Oy tunda kerak, Aql kunda kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |