Qisqacha aytganda, qonun adolatli bo‘lsa, u inson huquqlarini amalda himoya qilsa, shundagina odamlar qonunni hurmat qiladi va unga itoat etadi. Beshinchidan, fuqarolarning fikr, so‘z va e’tiqod erkinligiga doir konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash – rivojlangan demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishning muhim shartidir. Biz bugun, demokratik o‘zgarishlar davrida mamlakatimizning siyosiy, ijtimoiy hayotida bevosita va faol ishtirok etish istagida bo‘lgan fuqarolarimizning salohiyati to‘la namoyon bo‘lishini ta’minlashimiz lozim. Bu borada ko‘ppartiyaviylik tizimi, partiyalararo bahs-munozara, fikrlar va dasturlar o‘rtasidagi raqobatni jadal rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |