Ana shunday tizimni yo‘lga qo‘ysak, o‘ylaymanki, xalqimizga katta yengillik yaratiladi, odamlar bizdan rozi bo‘ladi. Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasiga daxldor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 15 kun muddatda ushbu masala bo‘yicha Prezident qarori loyihasini kiritish vazifasi topshiriladi. Ikkinchidan, xalq hokimiyatchiligi haqidagi konstitutsiyaviy tamoyilning asl mohiyatini barchamiz chuqur anglab yetishimiz zarur. Buning uchun turli darajadagi ijro hokimiyati organlarining xalq vakillari – parlament va mahalliy kengashlar oldida hisobot berish amaliyotini keng joriy qilish kerak. Parlament, vakillik va jamoatchilik nazorati mexanizmlarini yanada rivojlantirishimiz zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |