Shuning uchun biz endi davlat xizmatlarini ko‘rsatish borasidagi ishni mutlaqo yangicha asosda tashkil etamiz. Endi davlat xizmatlarini ko‘rsatadigan tashkilot va tuzilmalar bevosita joylarga, mahallalarga chiqib, aholiga xizmat ko‘rsatadi. Viloyatlar, shahar va tumanlardagi Xalq qabulxonalari bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirib, nazorat qilib boradi. Janubiy Koreyada 750 turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatilar ekan. Seul shahri ma’muriyati vakillari kelib, Toshkent shahrida ham shunday xizmatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |