Muntazam ravishda joylarga chiqib, odamlarning ehtiyojlari, muammolari bilan yashash va ularning yechimini topish vazifasi mansabdorlar tomonidan xo‘jako‘rsinga emas, balki amalda ta’minlanishi zarur. Ma’lumki, biz xalq ichiga kirib borish, aholi bilan muloqot o‘rnatish yo‘lida birinchi qadam sifatida har bir tuman va shaharda Xalq qabulxonalarini tashkil etdik. Ular odamlarning ko‘plab muammolarini yechishda amaliy yordam beradigan yaxlit tizimga aylandi. Bir yilda 1,5 millionga yaqin murojaat ko‘rib chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |