Shu sababli biz o‘z faoliyatimizni «Buyuk kelajagimiz bugundan boshlanadi» degan shior asosida tashkil etishimiz, xalqimizning farovon hayotini ta’minlash uchun bor kuch va salohiyatimizni ishga solishimiz zarur. Bu haqda so‘z yuritganda, e’tiboringizni quyidagi ustuvor masalalarga qaratmoqchiman: Birinchidan, davlat organlarining kundalik faoliyatida inson huquq va erkinliklari ustuvorligiga oid konstitutsiyaviy tamoyil so‘zsiz ta’minlanishi shart. «Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak» degan prinsip barcha bo‘g‘indagi rahbarlar faoliyatida asosiy qoidaga aylanishi kerak. Albatta, rahbarlarning ishga munosabatini o‘zgartirishga harakat qilyapmiz, lekin ongu tafakkuri qotib qolgan rahbarlarni o‘zgartirish qiyin bo‘lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |