Hurmatli marosim ishtirokchilari! Mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha oldimizda ulkan va muhim vazifalar turganini, o‘ylaymanki, barchamiz yaxshi tushunamiz. Bu borada har qanday islohot konstitutsiyaviy tamoyil va qoidalarga muvofiq tarzda amalga oshirilishi, qonun ustuvorligi bosh mezon bo‘lishi zarur. Bizning maqsadimiz – xalq hokimiyatini so‘zda emas, amalda ta’minlashdan iborat. Bu – biz yashayotgan bugungi murakkab davrning asosiy talabidir. Takror aytishga to‘g‘ri keladi – odamlarimiz o‘z hayotida ijobiy o‘zgarishlarni bugun kutmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |