Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish borasidagi ishlarga kelgusi yilda ham alohida ustuvor ahamiyat qaratamiz. Ijtimoiy adolat tamoyilini ta’minlash, ko‘mak va yordamga muhtoj insonlar, nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘laqonli hayot kechirishlari uchun munosib sharoit yaratib berish masalasiga davlatimiz va jamiyatimiz tomonidan ustuvor ahamiyat qaratildi. Shu borada joriy yilning o‘zida nogironlarga 2 trillion 600 milliard so‘m pensiya va nafaqalar to‘landi. Kam ta’minlangan, uy-joyga muhtoj 1 ming 200 dan ortiq nogiron fuqarolarga arzon uy-joy ajratish bo‘yicha shartnomalar imzolanib, boshlang‘ich to‘lovlar uchun 22 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |