Bu borada qabul qilingan dasturga muvofiq yaqin 3-4 yil mobaynida yurtimizdagi barcha hududlarda – bu katta shaharlar bo‘ladimi yoki olis qishloq va ovullar bo‘ladimi, minglab yangi bog‘chalarni qurishimiz zarur. Ularni zamonaviy talablar asosida jihozlab, malakali tarbiyachi va mutaxassislar, yangi metodika bilan ta’minlashimiz kerak. O‘zingiz tasavvur qiling, qishloqda yashayotgan onalar uchun, opa-singillarimiz uchun o‘z farzandini bog‘chaga berish imkoniyati qanday yangi, qanday keng sharoitlar tug‘diradi. Bola bog‘chada sog‘lom turmush asosida, maktabga tayyor bo‘lib voyaga yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |