Ma’lumki, Asosiy qonunimizda “Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi” to‘g‘risidagi norma belgilab qo‘yilgan. Uning ijrosini amalda ta’minlash maqsadida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi qabul qilindi. Konsepsiyaga asosan davlat boshqaruvi tizimini tubdan isloh qilishning 6 ta ustuvor yo‘nalishi belgilandi va maxsus «yo‘l xaritasi» bo‘yicha 100 dan ortiq ijro hokimiyati organlari faoliyati qayta ko‘rib chiqilmoqda. Ma’muriy islohotlarni amalga oshirishdan asosiy maqsad – ixcham va professional ijro organlari tizimini, zamonaviy menejmentga asoslangan boshqaruv tizimini yaratishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |