Bu sohadagi maqsadimizni qisqacha ifoda etadigan bo‘lsak, biz kelajakda el-yurtimizning ishonchi va mehrini qozongan, tom ma’nodagi xalqparvar ichki ishlar tizimini yaratishimiz kerak. Albatta, “Xavfsiz shahar” loyihasini hayotga tatbiq etish natijasida bu boradagi ishlarimiz samarasi yanada ortib boradi. Ayni vaqtda bu ishlar katta yo‘lning boshlanishi, dastlabki bosqich ekanini o‘zimizga yaxshi tasavvur etamiz. Jamiyatimizda “Qonun va adolat – ustuvor, jinoyatga jazo – muqarrar” degan prinsipni qaror toptirish uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |