Ommaviy axborot vositalari aholining talab va ehtiyojlarini hokimiyat idoralariga yetkazishning muhim va ta’sirchan vositasiga, xalqning eng yaqin ko‘makchisi va hamdardiga, demokratiya ko‘zgusiga aylanishi zarur. Hokimiyat va boshqaruv organlari faoliyatiga tanqidiy va xolis baho berish, turli sohalardagi kamchiliklar, dolzarb muammolarni dadil ko‘tarib chiqish ular faoliyatida asosiy mezon bo‘lishi kerak. Oltinchidan, bizning yana bir muhim vazifamiz – fuqarolar, davlat va jamiyat o‘rtasida o‘zaro mas’uliyat, huquq va burch bog‘liq ekaniga oid prinsipni izchil amalga oshirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |