ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI
CHOLG’U IJROCHILIGI YO’NALISHI
2-BOSQICH «205» GURUH TALABASI
KAMOLOVA OZODACHEHRANING
O’ZBEK MAQOMI TARIXI VA NAZARIYASI FANIDAN
“XONANDALIKDA SHTRIXLAR TALAFFUZ VA ARTIKULATSIYA OVOZ MELLIZIMLARI”
mavzusidagi
Bajardi: Kamolova O.
O’qituvchi: Rasulov M.
Andijon-2022
Mavzu: Xonandalikda shtrixlar talaffuz va artikulatsiya ovoz mellizimlari
Reja:
Kirish.
I. Asosiy qism
I.1. Xonandalikda shtrixlar, talaffuz va artikulyatsiya
I.2. Ovoz mollizmlari va ijro uslublari
I.3. Artikulyatsiya va talaffuz o'rtasidagi farq
IV. Xulosa
V. Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Xonadalik ijrochiligi tarixi. O‘zbekistonda xonandalik san’atining asoslarini o‘rganar ekanmiz jahon xonandalik maktablari tarixiga nazar tashlashimiz lozim. Respublikamizda akademik kuylash uslubi asosan rus xonandalik maktabi tajribasiga tayangandir. Rus akademik xonandaligi irmoqlari esa - rus xalq qo‘shiqlarining o‘ziga xos kuychanligi, kuyining kengligi va ma’nosining boyligini o‘ziga jamlagan. O‘ziga xoslikni avaylagan holda rus xonandaligi maktabi Italiya, Fransiya va Germaniya xonandalik maktablarining boy udumlarini o‘zlashtirdi. Uning rivojiga o‘z hissasini qushganlardan G.Lamakinni aytib o‘tishimiz mumkin. U 1837 yilda yaratgan “Metodu peniya-1” va “Metodu peniya-2” asarlari, F.Evseevning 1833 yilda chop etilgan “Shkola peniya” asari, A.Varlamovning “Polnaya shkola peniya” asarlaridagi ko‘rsatmalari zamonaviy kuylash prinsiplari bilan hamohang va chambarchas bog‘liqdir.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustivor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’nomazmunini tubdan qayta kо‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan. Unda shunday ta’kidlangan – “Oliy ta’limning ma’naviy-axloqiy mazmunini oshirish, talaba yoshlarga mustaqillik g‘oyalariga, yuksak ma’naviyat va insoniylikning milliy an’analariga sodiqlik ruhini chuqur singdirish, ularda yot 4 g‘oya va mafkuralarga nisbatan immunitet va tanqidiy tafakkurni mustahkamlash bо‘yicha keng kо‘lamli ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish dolzarb vazifamizdir”. Shunday ekan, hozirgi oliy dargohlarda ta’lim olayotgan har bir talaba davr bilan hamnafas holda ta’lim va tarbiya sohalariga oid innovatsion texnologiyalardan, jahon ta’lim standardlariga mos ravishda bilim olishlari kо‘zda tutiladi. Talaba yoshlarni milliy qadriyatlarni shakllantirish ruhida tarbiyalash maqsadida musiqiy ta’limda “An’anaviy xonandalik” fanini о‘qitish va ta’lim berish dolzarb masala bо‘lib qolaveradi. Yurtimiz azal-azaldan ilm о‘chog‘i, jahon sivilizatsiyasi markazlaridan biri deb e’tirof etib kelingan. О‘rta asrlardan, xalqimiz ta’lim sohasida yuksak marralarga erishgan bо‘lib, jahon sivilizatsiyasi hamda fan sohasiga ulkan hissa qо‘shishgan. Ajdodlarimiz erishgan yutuqlardan faxrlanish bilan chegaralanib qolmasdan ta’lim lizimini takomillashtirish va zamonaviy uslublar va axborot texnologiyalarini tatbiq etish orqali mamlakat taraqqiyoti uchun zarur bо‘lgan malakali kadrlarni tayyorlash kerak bо‘ladi.
О‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov: “Vatanimiz kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obrо‘-e’tibori avvalambor farzandlarimizni unib-о‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bо‘lib hayotga kirib borishiga bog‘liqdir. Biz bunday о‘tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak1 ”, deganlarida tamomila haq edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |