O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI TA’LIM VA MASOFADAN O‘QITISH BO‘LIMI
FILOLOGIYA VA TILLARNI O‘QITISH: O‘ZBEK TILI YO‘NALISHI 4-KURS
407-guruh talabasi
XOLBOYEV SIROJIDDINNING
O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXI fanidan
«Yusuf Xos Hojibning «Qudadg‘u bilig» asarida obrazlar tabiati»
mavzusida tayyorlagan
KURS ISHI
Qabul qildi: ________ ______________
Topshirdi: ________ ______________
Mavzu: Yusuf Xos Hojibning «Qudadg‘u bilig» asarida obrazlar tabiati
REJA:
Kirish
I bob. «Qudadg‘u bilig» - axloqiy -didaktik doston
1.1. «Qudadg‘u bilig» asarining o‘rganilish tarixi
1.2. «Qudadg‘u bilig» dostonida sujet va g‘oyaviy yo‘nalish
II bob. Asardagi obrazlar tabiati va ko‘rinishlari
2.1 . Asardagi notiqlik san’ati va obrazlar tabiati
2.2. Asardagi obrazlar tabiatining ko‘rinishlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Kirish
Buyuk istiqlol sharofati bilan biz o‘z milliy qadriyatlarimizni xolis o‘rganish, bobokalonlarimiz yaratgan o‘lmas asarlarning jahon adabiyotidagi mustahkam o‘rni to‘g‘risida baralla gapirish va tadqiqotlar yaratish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozil-u fuzalolar, olim-u ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqdi. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan.
Ana shu ulug‘ siymolar qatorida ilk turkiy doston muallifi Yusuf Xos Hojibning ham alohida o‘rni bor. Uning «Qudadg‘u bilig» (Saodatga eltuvchi bilim) asari bugungi kunda butun dunyodagi turkiy xalqlar tili va adabiyotida sarchashma vazifasini o‘tamoqda. Qadimgi obidaning qora harflar bilan bitilgan bitiglari zamonamizning yorug‘ kunlari uchun xizmat qilmoqda. Ushbu pandnomaning jahoniy qudratini аniqlаsh tаdqiqоtchilаr оldigа dolzarb vazifalar qo‘ymoqda. Yusuf Xos Xojibning «Qudadg‘u bilig» asarining hozirgi o‘zbekcha tabdili (Q.Karimov), olmoncha (V.Radlov) va inglizcha (R.Denkoff) tarjimalari qiyosiy- tipologik tahlil etilgan. Unday tahlillarda asardagi uslub, tarixiy o‘ziga xoslik hamda adabiy-lisoniy jihatlar tarjimasining asliyatga muqobillik darajasi ko‘rsatilib, bunda tarjimon mahoratini yoritishga harakat qilingаn. Shuningdek, «Qudadg‘u bilig» ning tarjima vositasida jahon adabiy jarayoniga kirib borishi hamda Sharqu G‘arb adabiyotida an'anaga aylangan «Shohlar oynasi» adabiy janri taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shganligi diqqatga sazovordir. Yusuf Xos Hojib Sharq uyg‘onish davrining buyuk siymolaridan biri hisoblanadi. Zeroki, u o‘zining “Qutadg‘u bilig” asarida davrining juda ko‘p ijtimoiy –siyosiy, falsafiy, axloqiy-ta`limiy, ilmiy- ma`rifiy, irfoniy masalalarini yuksak badiiylikda tasvirlagan. Davlatni boshqarish, ijtimoiy adolat, ijtimoiy tabaqalararo munosabat nizomlarini badiiy aks ettirgan mutafakkirdir. Shuning uchun ham bu asar o‘rta asrlardayoq butun Sharqda bir “dasturul muluk” sifatida e`tirof etilgan. Dunyo ma`daniy- ma`rifiy yo‘nalishida bitilgan ushbu asar ilmiy nuqtai nazardan o‘rganilishga mushtoq. Bu kurs ishning dolzarbligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |