Xolboyev sirojiddinning


Kurs ishning maqsad va vazifasi



Download 59,77 Kb.
bet2/11
Sana25.02.2022
Hajmi59,77 Kb.
#463936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mavzu;Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asarida obrazlar tabi

Kurs ishning maqsad va vazifasi: Ushbu kurs ishda Yusuf Xos Hojib ijodini puxta o‘rganish, adib salohiyati va san`atkorlik mahoratini xolis baholash, «Qudadg‘u bilig» asarining shakl va mazmuniga haqqoniy va ilmiy asosda baho berish, asarning o‘ziga xos g‘oyaviy mazmunini yoritish, asardagi axloqiy- ta`limiy qarashlarni izohlash, asardagi obrazlar tabiati nazariyasiga qo‘shgan hissasini belgilash maqsadida quyidagi vazifalar amalga oshirildi:
1. Yusuf Xos Hojibning hayot yo‘li, adabiy merosi haqida ma`lumot berish.
2. «Qudadg‘u bilig» dostoni va uning nusxalari haqida ma`lumot berish.
3. «Qudadg‘u bilig» dostonining axloqiy- didaktik doston ekanligini baytlar tahlili asosida izohlash.
4. Yusuf Xos Hojibning ushbu asaridago obrazlar tabiati.
Kurs ishning nazariy va amaliy ahamiyati: Kurs ishning nazariy ahamiyati shundaki, o‘zbek adabiyoti tarixini yoritishda, xalqimizni adib ijodi bilan yanada yaxshiroq tanishtirishda, nutq madaniyati va notiqlik san`ati bo‘yicha nazariy ma`lumotlarni egallashda bu ilmiy ishdan foydalanish mumkun. Kurs ishning amaliy ahamiyati shundaki, o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixiga oid darslik va o‘quv qo‘llanma yaratish, oliy o‘quv yurtlari filologiya fakultetlarida Yusuf Xos Hojib ijodi bo‘yicha o‘qiladigan maxsus kurslar uchun ma`ruza matni tayyorlashda; Yusuf Xos Hojib hayoti va ijodi bo‘yicha kurs ishi va referat tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.
Kurs ishning tuzilishi: Kurs ish kirish, II bob, xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

I bob. «Qudadg‘u bilig» - axloqiy -didaktik doston.

    1. «Qudadg‘u bilig» asarining o‘rganilish tarixi.

Yusuf Xos Hojib turkiy xalqlar adabiyotining yirik namoyondalaridan biri, ulug‘ mutafakkir shoir va davlat arbobidir. Shoir qalamiga mansub «Qudadg‘u bilig» dostoni turkiy yozma badiiy adabiyotning ilk yirik namunasi bo‘lib, Yusuf Xos Hojibdan bizgacha yetib kelgan yagona adabiy meros sanaladi. Unda o‘z davrining yetuk donishmandi, taraqqiyparvar ziyolisi bo‘lgan ijodkorning ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta’limiy, falsafiy-irfoniy qarashlari majmuasi o‘ziga xos uslubda badiiy ifodalangan.
Yusuf Xos Hojib hayoti va faoliyati haqida juda oz ma’lumot saqlanib qolgan. Aniqrog‘i, uning hayot yo‘li to‘g‘risida muallifning o‘z asari «Qudadg‘u bilig» (Saodatga yo‘llovchi bilim) dagi ayrim ishoralar asosida ma’lum tasavvurlar hosil qilish imkoniyatiga egamiz. Muallifning ismi Yusuf. Muallifning ismi Yusuf еkаnligi va boshqa ma`lumotlarni shu asarning o‘zidangina olamiz: «Kitab izisi Yusuf ulug‘ Hajib o‘zinga pand berur, Yusuf Xas Hajib teb ati javi yazilmish.» Asar mazmunidan ma`lum bo‘lishicha, Yusuf Balasog‘unda tug‘ilgan, ma`lumotli o‘z davrining butun ilmlaridan boхabar bo‘lgan.
Shoir qoraxoniylarning yirik madaniy markazlaridan va poytaxt shaharlaridan biri Bolosog‘un (Quz O‘rdu)da tug‘ilgan. Dostonning muqaddimasida adib o‘zi dunyoga kelgan yurtni quyidagicha tasvirlaydi:

Download 59,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish