To be fe’li bo’lmoq, hisoblanmoq degan ma’noni bildiradi yoki o’zbek tilidagi -man, -san, -dir qo’shimchalariga to’g’ri keladi. To be fe’lini asosan ot, sifat, son bilan ishlatiladi.
To be fe’lining 3 ta shakli mavjud. Ular shaxslarga qarab tuslanadi. Bular: am, is, are
Biz doimo I-shaxs ya’ni I bilan to beni am shaklini ishlatamiz.
II-shaxs you bilan esa are ni
III-shaxs ya’ni he, she, it bilan esa is ni qo”laymiz.
Ko’plikda barcha shaxslar ya’ni we, you, they ga are ishlatamiz.
Zulunova Marsuma No'monjonovna
Andijon viloyati oltinko'l tuman
37-maktabning ingliz tili o'qituvchisi
Ingliz tili bugungi jamiyatning tili. Uni bilmay turib yaxshi ishga joylasha olish, birorta sayohatga jo’nab ketib, usiz bemalol muloqotda bo’lish amri mahol. Bu til har bir mamlakatda alohida ehtiromga sazovor. Uni yaxshilab o’rganib olib siz o’zingiz uchun yangi texnologik olamni kashf etasiz va shu olamda juda ko’p qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |