mashinasozlik markazi xisoblanadi. Viloyat to‘qimachilik va engil sanoat uchun
jixozlar ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, transport, mashinasozlik, elektr
60
energetika va boshqa mashinasozlik sanoat tarmoqlariga ixtisoslanishiga bilan
xarakterlanadi.
5.3. Engil va oziq-ovqat sanoati.
Bu sanoatlar viloyat xo‘jaligining eng keksa kasb-koridir. Engil sanoat
viloyatning rivojlanish darajasi va istiqbollariga ko‘ra eng muhim tarmoqlaridan
biridir. Uni rivojlantirish va joylashtirishda xom ashyo bazasiga, mexnat
resurslariga xamda iste’molchilarning mavjudligiga bog‘liqdir. Bu sanoatni
rivojlantirishni axamiyati shuki, viloyatda axolini o‘sishi, mavjud mexnat
resurslarini ish bilan ta’minlash muammosini ma’lum darajada hal qilish roli
kattadir. Tez o‘sayotgan aholining engil sanoat mahsulotlaribilan ta’minlash ham
muhim ahamiyatga egadir. SHuning uchun ham bu sanoatlarning rivojlantirishga
katta e’tibor berilmoqda.
Engil sanoat ikki guruxga bo‘linadi:
Birinchisidan, aholi va xalq xo‘jalik ehtiyojlari uchun guruxga bo‘linadi.
Keng istemol mollari ishlab chiqarish bularga to‘qimachilik, ip-gazlama, shoyi-
gazlama, trikotaj, to‘qimachilik, poyafzal, attorchilik va boshqa tarmoqlar kiradi.
Ikkinchi guruxga kiruvchi engil sanoat tarmoqlariga bevosita qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarini dastlabki qayta ishlab beruvchi paxta tozalash, pillakashlik
tarmoqlari kiradi.
61
Viloyatda keyingi yillarda tikuvchilik korxonalari barpo qilindi. Ular 11 ta
korxona bo‘lib, ularning yiriklari; Andijon, Asaka, SHaxrixon shaxarlarida
joylashgan. Ular kostyumlar, xalatlar, shimlar, kurtkalar ko‘ylaklar ishlab
chiqaradi. Ular tomonidan tikilgan buyumlar ulgurji bahoda 2002 yilda 3657537
ming so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi.
Bizda keng iste’mol mollaridan mebel ishlab chiqarish va mahalliy sanoat
tizimiga kiruvchi korxonalarni roli ancha kattadir.
Mebel sanoatida, asosan, mebel, stollar, partalar va boshqa har xil turdagi
mahsulotlar ishlab chiqarmoqda. 2003 yili viloyatda mebel chakana bahoda
285950 ming so‘mlik mahsulot tayyorlandi. Andijon viloyati mahalliy sanoat
korxonalarida so‘zana, do‘ppi, zardo‘zlik, misgarlik, attorlik buyumlari, metal
buyumlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Respublikada mashhur Andijon
badiiy buyumlar fabrikasi muhim axamiyat kasb etadi. Kelajakda mahalliy sanoat
korxonalarini rivojlantirish ko‘zda tutilgadir.
Viloyatda hozirgi zamon talabiga javob beradigan yirik oziq-ovqat sanoat
tarmoqlari keng rivojlantirilgan. Bu sanoat korxonalarining ko‘pchilik o‘zimizdagi
hom ashyo hisobiga ishlaydi. Oziq-ovqat sanoat tarmoqlari ichida o‘simlik moyi,
meva va sabzavot konservalari, sharob va vino, in va em, sut va go‘sht ishlab
chiqarish sanoat korxonalari yaxshi rivojlangandir. Bu sanoat, ayniqsa keyingi
yillarda qayta zamonaviy tarzda rekonstruksiya qilinib ancha kengaytirildi.
Andijon viloyatida, asosan, 3 ta yirik yog‘-moy ishlab chiqariladigan korxonalari
bo‘lib, bulardan eng keksalaridan Andijon va Asaka yog‘-moy zavodi hisoblanadi.
2002 yili bu zavodlarda 28625tonna o‘simlik moyi ishlab chiqarilgan bo‘lib,
ko‘pchiligi tozalangan moy hisoblanadi(24525 tonna). Andijon Respublikada
o‘simlik moyi ishlab chiqarishda faxrli o‘rinni egallab, O‘zbekistonning 12,0 %
dan ortiq o‘simlik moyini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: