Xo‘jalik yurituvchi subyektning pul oqimlari tahlili


Pul oqimlarini prognozlash



Download 35,93 Kb.
bet8/9
Sana25.06.2022
Hajmi35,93 Kb.
#703078
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Пул окимлари тахлили

13.8. Pul oqimlarini prognozlash

Iqtisodiyotning erkinlashuvi sharoitida korxonalar faoliyatini to‘g‘ri va optimal boshqarish birmuncha murakkab jarayon. Jumladan, korxonaning pul mablag‘lari va pulga tenglashtirilgan qiymatliklari oqimini ratsional boshqarish korxonalar faoliyatining davomiyligini hamda uzluksizligini ta’minlaydi. Ya’ni pul mablag‘lari hisobini to‘g‘ri tashkil etish hamda ularni doimiy ravishda tahlil qilib turish korxona faoliyatining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytiradi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlari rivojlanishining xarakterli tomonlaridan biri unda moliyaviy bozorni va uning barcha jabhalarining tez sur’atlar bilan rivojlanayotganligi hisoblanadi.


Xuddi shuningdek, moliya bozorining asosiy unsurlaridan biri -bu pul mablag‘lari bo‘lib, uning hisobini yuritishda buxgalteriya hisobining
«hisoblashish» yoki «kassali» usullarining qaysi biri qo‘llanilsa korxona uchun iqtisodiy samarasi yuqori bo‘lishligini o‘rganish muhimdir.
O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustida tasdiqlangan
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi» qonuni, 1999-yil 5-fevraldagi «Mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga kiritiladigan, mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi» Nizom va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda korxonaning sotish jarayonlaridan ko‘rgan moliyaviy natijalarini aniqlashda yuqoridagi usullarni qay biri qo‘llanilishi to‘g‘risida aniq fikrlar bildirilmagan. Unda bu usullarning qaysi birini qo‘llash korxona hisob siyosatiga bog‘liq ekanligi aytib o‘tilgan, xolos.
Korxonalarda pul mablag‘lari oqimini ratsional boshqarish uchun korxonaning kelgusidagi pul mablag‘lari oqimini prognozlash (bashoratlash) muhim hisoblanadi. Bunda korxonaning moliyaviy menejeri tomonidan pul mablag‘larining kirimi va chiqimiga oid bor bo‘lgan manbalari yig‘ilishi hamda o‘rganilishi lozim. Odatda ko‘pchilik ko‘rsatkichlarni katta aniqlik darajasida bashoratlash birmuncha murakkab jarayondir. Ayrim hollarda rejalashtirilgan davrdagi pul mablag‘lari budjetining tashkil topishi, bashorat qilingan pul mablag‘lari oqimiga mos keladi.
Korxonalar kelgusida foydasini maksimal darajaga yetkazib, o‘z faoliyatini ratsional ravishda yuritish uchun har qanday sharoitda ham pul oqimini bashorat qilishning optimal usullarini tanlashi lozim. Bunda korxona moliyaviy menejeridan iqtisodiy strategiyani to‘g‘ri tanlay bilishni, pul oqimlari hisobini aniq va to‘g‘ri yuritishni talab etadi.
Bizning nazarimizda korxonaning moliyaviy menejeri korxona pul oqimlarini prognoz qilishda bir qancha bosqichlarni bosib o‘tishi lozim.
Bu bosqichlar qo‘yidagilardan iborat bo‘lishi kerak.
Birinchidan, pul mablag‘lari kirimini davr boshlanishidan oldin bashoratlash.
Ikkinchidan, pul mablag‘lari chiqimini davr boshlanishidan oldin bashoratlash.
Uchinchidan, sof pul oqimini (ortiqcha yoki kamomad) davr boshlanishidan oldin hisob-kitobini qilish.
To‘rtinchidan, qisqa muddatli moliyalashtirishda mutlaq talabni davr boshlanishidan oldin aniqlash.
Pul oqimini progonozlash jarayonining birinchi bosqichi kelib tushishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari kirimining hajmini hisoblashni o‘z ichiga oladi. Qo‘yidagi holatda bunday hisob-kitoblar ma’lum qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin. ya’ni agar korxona tushumni aniqlash uslubiyatini tovarlar jo‘natish tartibi bo‘yicha o‘zgartirib turadigan bo‘lsa, u holda pul mablag‘lari kirimida asosiy manba tovarlar sotish bo‘lib hisoblanadi. Tovarlarni sotish ham o‘z navbatida tovarlarni naqd hisob-kitobga yoki kredit (jo‘natilgan tovarlar qiymatining ma’lum qismini qarz sifatida berish) hisobiga sotishga bo‘linadi.
Amaliyotda ko‘pchilik korxonalar o‘rtacha davr oralig‘ida xaridorlardan jo‘natilgan tovarlar qiymatini to‘lashni talab qiladilar.
Ushbu holatlardan kelib chiqib sotilgan mahsulotlarning qaysi qismi ushbu davrdagi tushumga, qaysi qismi esa keyingi davrdagi tushumga kiritilishini hisoblash mumkin bo‘ladi.
Zanjirli bog‘lanishning balansli usulidan foydalanib, pul mablag‘lari kirimi va debitorlik qarzlarning o‘zgarishi hisob-kitob qilinadi. Balansli tenglikni quyidagi formula orqali ifodalash mumkin: DQD.B.+ ST = DQD.O. + PK
Bu yerda:
DQD.B. – Tovar va xizmatlar bo‘yicha debitorlik qarzlarning davr boshidagi holati.
ST – Davr oralig‘idagi sotishdan tushgan tushum.
DQD.O. – Tovar va xizmatlar bo‘yicha debitorlik qarzlarning davr oxiridagi holati.
PK – Davr oralig‘idagi pul mablag‘lari kirimi.
Debitorlik qarzlarini to‘lov (qoplash) muddatlari bo‘yicha tasniflash birmuncha aniq hisob-kitob qilish imkoniyatini beradi. Bunday tasniflash orqali, statistika va tahlilni o‘tgan davrda debitorlik qarzlarini qoplash haqidagi haqiqiy manbalar bilan ta’minlash mumkin bo‘ladi.
Debitorlik qarzlarini to‘lov muddatlari bo‘yicha tahlil etishni oylar bo‘yicha o‘tkazish tavsiya etiladi. Chunki bunday holatda debitorlik qarzlarini qoplash muddatlariga qarab o‘rtacha miqdorini 30 kungacha, 60 kungacha, 90 kungacha va hokazo kunlarga moslashtirib o‘rnatish lozim. Pul mablag‘lari kirimiga oid boshqa manbalar (boshqa sotishlar, sotish bilan bog‘liq bo‘lmagan muomalalar)ni bashoratlash to‘g‘ri hisoblash usuli orqali bajariladi, ya’ni kirim qilingan summaga joriy davrdagi sotishdan kelib tushgan pul mablag‘lari summasi qo‘shiladi.

Download 35,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish