13.6. Valyuta mablag‘lari harakati tahlili
Korxonalarda «Pul oqimlari to‘g‘risidagi» hisobot shakli bilan birga ushbu shaklga ilova qilinib, «Valuta mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma» ham beriladi. Ushbu ma’lumotda asosan korxonaning valuta mablag‘lari harakati aks ettiriladi, ya’ni korxonada mavjud bo‘lgan valuta mablag‘larining yil boshiga qoldig‘i; jami valuta tushumlari; shulardan sotishdan tushgan valuta tushumi, konvertatsiya hisobiga tushgan tushum, valuta hisobida olingan kreditlar va boshqa manbalar hisobiga kelib tushgan tushumlar; jami sarflangan valuta mablag‘lari; shulardan ishlab chiqarish sarflariga qo‘shiladigan xarajatlar, ishlab chiqarishni rivojlantirish xarajatlari, mol yetkazib beruvchilarga to‘langan valuta to‘lovlari, valuta hisobiga olingan kredit uchun to‘lovlar va ularning foizlari hamda boshqa maqsadlar uchun to‘langan valuta mablag‘lari bo‘lishi mumkin va nihoyat, hisobot davri oxiridagi valuta qoldig‘i aks ettiriladi. Korxonalarda valuta mablag‘larining oqimi va ularning tuzilmaviy ko‘rinishini quyidagi jadval misolida ko‘rib chiqishimiz mumkin:
Mazkur ko‘rsatkichlarga asoslanib kelib tushgan va sarflangan mablag‘lar nisbati sifatida aniqlanadigan pul va valuta mablag‘lari oqimining koeffitsiyentini hisoblab topish shart. Ushbu koeffitsiyent birdan katta bo‘lsa, bu hisobot davrida kelib tushgan pul mablag‘lari ularning sarfidan ortiqchaligidan dalolat berib, bu hol bank hisob raqamlaridagi va kassadagi pul mablag‘i qoldig‘i ko‘payishida o‘z aksini topgan.
Pul mablag‘lari oqimi koeffitsiyentining birdan pastligi pul mablag‘lari sarfi kelib tushishiga nisbatan ko‘proq bo‘lganligidan, hisobot davri oxirida pul va valuta mablag‘lari qoldig‘i kamayganligidan dalolat beradi.
Mazkur koeffitsiyent korxona hisobot davri boshida muayyan pul qoldiq summasiga ega bo‘lganida birdan past bo‘lishi mumkin.
Pul mablag‘lari oqimi o‘zgarishining moyilligini, ularning korxona moliyaviy ahvoliga ta’sirini aniqlash, pul mablag‘lari oqimini prognozlash uchun pul mablag‘lari oqimining so‘nggi bir necha yil ichidagi summasi, tuzilmasi va koeffitsiyentining o‘zgarishini tahlil qilish lozim bo‘ladi.
Pul mablag‘larining manbalari va foydalanish yo‘nalishlarini
baholash, hamda shu asosda ular bo‘yicha xulosa qilish va tavsiyalar
berish maqsadida tahlil qiluvchi quyidagi savollarga javob topishi
kerak:
► Korxona bundan keyin ham asosiy vositalarni hisobdan chiqarishni korxonaning o‘zida to‘plangan pul mablag‘lari hisobiga moliyalashtira oladimi?
► Ishlab chiqarishni kengaytirish va yangi korxonalar sotib olish qay yo‘sinda moliya bilan ta’minlangan?
► Tashqi manbalardan moliyaviy ta’minlanishiga bog‘liqlik qay darajada?
► Dividend siyosati yuritish, ya’ni aksiyalar, qimmatli qog‘ozlar va qarz berishga pul joylash hisobiga daromad olish qay darajada?
Bir necha yillik pul oqimlarining tahlili ishlab chiqarishni kengaytirishga pul mablag‘larini jalb qilish istiqbolini va bo‘lg‘usi kutilmagan noxush holatlarning oldini olish imkoniyatlarini, ya’ni rahbariyatga korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash bo‘yicha uslubiyat va taktikani belgilab olish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |