2-chizma. Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmlarini oshirish rezervlari manbayi.4
Ishlab chiqarish amaliyoti natijalarini kuzatishga ko‘ra korxonaning optimal ishlash quvvati 70-80 foizni tashkil etadi. Bu optimal darajadan mashina va uskunalarni ishlashini past bo‘lishi zararga, undan yuqori bo‘lishi riskni kuchaytiradi, ya’ni mashina va uskunalarni buzilishiga olib keladi. Ishlab chiqarish hajmi va oborot mablag‘lar zaxiralarini nisbati orqali mahsulot ishlab chiqarish darajasi va uning dinamikasini o‘rganish mumkin. Bu metod quyidagi tajriba natijalariga tayangan:
Tayyor mahsulot qoldig‘ini pasayishi, ishlab chiqarish hajmini ortishiga va buning aksi bo‘lgan hollarda mahsulot hajmini kamayishiga olib keladi. Talabga nisbatan ishlab chiqarishni yuqori bo‘lishi, tayyor mahsulot qoldig‘ini ortishiga sabab bo‘ladi, demak, ishlab chiqarish darajasini egri usuli – zaxiralarning aylanishini ifodalaydi. Zaxiralarning aylanish tezligini ortishi ishlab chiqarishni yuqori darajada olib borishni ta’minlaydi.
Amaldagi e’lon qilinayotgan moliyaviy hisobotning ikkinchi shakli «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot» ma’lumotlarida sotilgan mahsulotlar hajmini o‘tgan va joriy yillardagi ko‘rsatkichlarini o‘rganish uchun sotishdan sof tushum, sotilgan mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxi kabi ko‘rsatkichlar aks ettirilmoqda. Bu ma’lumotlar ham tahlil uchun muhim manba sifatida foydalaniladi.
Korxonalarning mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini tahlil qilishda miqdoriy ko‘rsatkichlarni o‘rganish muhim o‘rin egallaydi. Bunda mahsulot turlari bo‘yicha dona, metr, tonna va hokazo birliklarda ishlab chiqarish sur’ati, dinamikasi va o‘zgarish darajalarini aniqlash borasidagi tahlilning imkoniyatlari yaratiladi.
2-chizma. Aksionerlik jamiyatida mahsulot ishlab chiqarishning umumlashtirilgan ko‘rsatikichlari tahlili (ming so‘mda).5
Boshqaruv tahlilida mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini o‘rganishda shartli – miqdoriy ko‘rsatkichlardan ham foydalaniladi. Ayniqsa, tovarlar hajmini o‘rganishda, masalan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarda ming shartli banka, paxtani qayta ishlovchi korxonalarda shartli – paxta toyi, poyafzal ishlab chiqaruvchi korxonalarda shartli – juft oyoq kiyimlari kabi ko‘rsatkichlar tahlil qilinadi.
Shuningdek, ko‘p turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarning faoliyatini tahlil qilishda sarflangan mehnat miqdoriga qarab ham ma’lumotlar o‘rganiladi.
Sanoat korxonalarining mahsulotlar ishlab chiqarish darajasini tahlil qilishda muhim o‘rinni biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, qiymat o‘lchovida hisoblangan umumlashgan ma’lumotlarni o‘rganish egallaydi, ya’ni ishlab chiqarilgan yalpi tovar mahsuloti, sotilgan mahsulotlar qiymatini bir necha yillar ma’lumotlariga asoslanib tahlil o‘tkazish lozim.
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, biz tahlil qilayotgan aksionerlik jamiyatida joriy davrda yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilga nisbatan solishtirma baho bo‘yicha 440537 ming so‘mga ko‘paygan bo‘lsa, biznes-rejaga nisbatan esa 355204 ming so‘mga ko‘paygan. Amaldagi baholar bo‘yicha yalpi mahsulot hajmi esa bundan ko‘proqqa oshgan. Bu shundan dalolat beradiki, joriy yilda o‘tgan yillarga nisbatan mahsulotlar bahosining o‘sishi ham kuzatilgan. Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, aksionerlik jamiyatida ishlab chiqarilayotgan yalpi mahsulotlarning aksariyati sotishga mo‘ljallangan, ya’ni tovar sifatiga ega, biroq, aksionerlik jamiyatida o‘tgan yili tovar mahsulotlarining kattagina qismi sotilmay omborda qolib ketgan. Bu miqdor amaldagi baholar bo‘yicha o‘tgan yili 450271 ming so‘mni tashkil etgan. Hisobot yili ma’lumotlariga e’tibor qiladigan bo‘lsak, ishlab chiqarilgan yalpi mahsulotga nisbatan sotilgan mahsulotlar hajmi amaldagi baholar bo‘yicha 318980 ming so‘mga oshgan. Bu shundan dalolat beradiki, aksionerlik jamiyatida joriy yilda o‘tgan yildan qolgan mahsulotlar qoldig‘ining kattagina qismini sotishga muvaffaq bo‘lingan. Bu esa korxonaning mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmlari bo‘yicha yaxshi natijalarga erishganligidan dalolatdir. Bundan tashqari korxonada joriy yilida o‘tgan yili va biznes-rejaga nisbatan bir qadar ko‘p mahsulot realizatsiya qilingan. Masalan, amaldagi baholar bo‘yicha korxona joriy yilda o‘tgan yilga nisbatan 1587868 ming so‘mlik ko‘p mahsulot sotilishiga erishilgan. Bunday natijalarni korxona uchun ijobiy baholamoq lozim deb hisoblaymiz.
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmlarini o‘lchov birliklari quyidagilardan iborat:
qiymat (ulgurji baho);
natura (dona, metr, tonna va h.k.);
shartli-natura (tonna-kilometr, shartli yoqilg‘i tonna va h.k.);
mehnat (mehnat sarfi norma-soatda).
Mahsulot ishlab chiqarish hajmini kompleks tahlili ikki yo‘nalishda olib beriladi:
a) mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishini baholash;
b) bir necha yillar bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish dinamikasini tahlili.
Hisobot davridagi mahsulot ishlab chiqarish hajmini reja ma’lumotlari bilan taqqoslash orqali rejaning bajarilishi, rejadan farqlanishi mutlaq summada, o‘tgan yil bilan taqqoslash orqali esa mahsulot hajmini o‘sish sur’ati aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |