Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmlari bo‘yicha belgilangan biznes-rejalarning bajarilishi.
Hozirgi iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida sanoat korxonalarini ishlab chiqargan mahsulotlari hajmi miqdoriy, shartli – miqdoriy, mehnat va qiymat o‘lchovlarida o‘rganilishi mumkin. Bu o‘lchovlar tarkibida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmini o‘rganishda qiymatda hisoblangan ko‘rsatkichlarni tahlil etish muhim o‘rin egallaydi, ya’ni korxona bo‘yicha barcha turdagi ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi qiymat o‘lchovida umumlashadi.
Moliyaviy va boshqaruv tahlili uchun sanoat korxonalari ishlab chiqargan mahsulot hajmini o‘rganishda quyidagi umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar o‘rganiladi:
yalpi mahsulot;
tovar mahsuloti;
sotilgan mahsulot;
normativ sof mahsulot;
shartli mahsulot.
Yalpi mahsulot – bu korxonaning ma’lum bir davrda (kun, oy, chorak, yil) ishlab chiqargan mahsuloti, ko‘rsatgan xizmat va bajargan ishlarining amaldagi va solishtirma bahoda o‘lchangan hajmiga aytiladi. Bunda uning tarkibiga ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar, tugallanmagan ishlab chiqarish qiymatlari, korxonaning o‘z kapital remonti uchun sarflangan yarimfabrikatlar qiymati, buyurtmachilarning xomashyosidan tayyorlangan mahsulotlar qiymati ham qo‘shilgan holda aks etadi. Ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hajmi korxonaning quvvati, imkoniyati va ixtisoslashuvini o‘rganishga hamda tahlil o‘tkazishga imkoniyat yaratadi.
Tovar mahsuloti – bu iste’molchilarga yetkazib berish uchun mo‘ljallangan mahsulotlar bo‘lib, yalpi mahsulotdan shu jihatlari bilan farq qiladiki, uning tarkibiga tugallanmagan ishlab chiqarish va korxona ichki iste’moli (oboroti) uchun foydalanilgan mahsulotlar hamda buyurtmachilarning xomashyosidan tayyorlangan mahsulotlar kiritilmaydi.
Sotilgan mahsulot deb – iste’molchilarga jo‘natilgan yoki xaridorlardan puli kelib tushgan mahsulotlar qiymatiga aytiladi. Sotilgan mahsulotlar hajmi solishtirma, biznes-rejadagi va amaldagi baholarda hisoblanishi mumkin. Bu ko‘rsatkichga qarab ishlab chiqarish va iste’mol o‘rtasidagi bog‘liqlik, korxonaning mahsulotlarini sotish hajmini ko‘paytirish bo‘yicha imkoniyatlari bor yoki yo‘qligini tahlil qilishga asos bo‘ladi.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimiga tovar mahsuloti solishtirma bahosidan tashqari fond qaytimi, ya’ni asosiy vositalar qiymatining har so‘miga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmi ham kiradi. Fond qaytimi jami asosiy vositalardan unumli foydalanishni ifodalovchi umumlashtiruvchi ko‘rsatkich.
,
bunda F q - fond qaytimi;
N – mahsulot hajmi (ish xizmat) solishtirma bahoda;
F – asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik qiymati.
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmlarini kompleks tahlilining asosiy vazifasi – mahsulot hajmlarini qanday omillar evaziga oshganligini aniqlash, so‘ngra ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan boshqaruv qarorlarini qabul qilishdan iborat. Mahsulot hajmiga ta’sir etuvchi omillar tufayli sotishdan kelgan tushum o‘tgan yildan farqlanadi. Umumlashgan tarzda ishlab chiqarish omillarini uch guruhga: mehnat, mehnat predmetlari va mehnat vositalariga ajratib o‘rganish talab etiladi. Bu omillar uzviy bog‘liqlikda kompleks tarzda mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etadi. Uch omilning mahsulot hajmiga bo‘lgan ta’siri quyidagi formulalar asosida aniqlanadi:
, (1)
bunda R – xodimlarni ro‘yxat bo‘yicha o‘rtacha soni, D – mehnat unumdorligi (bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot)
, (2)
bunda F – asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik qiymati;
F q - asosiy ishlab chiqarish fondlarini fond qaytimi.
, (3)
bunda Mx - mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan materiallar xarajati;
M q - material qaytimi (materiallar xarajatini har so‘miga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmi)
Birinchi formula mahsulot hajmi xodimlar soni va mehnat unumdorligiga, ikkinchi formula - asosiy ishlab chiqarish fondlari va fond qaytimiga, uchinchi formula – materiallar sarfi va material qaytimiga bog‘liqligini ifodalaydi.
Mehnat unumdorligi xodimlarni fond bilan qurollanishi va asosiy ishlab chiqarish vositalarining fond qaytimi ga bog‘liqligi quyidagicha ifodalanadi.
Birinchi formuladagi D ni o‘rniga kengaygan shaklda mahsulot hajmiga omillar ta’sirini quyidagicha ifodalash mumkin.
yoki
Demak, bu formulaga muvofiq mahsulot hajmi uch omilga bog‘liq: korxonani xodimlar bilan ta’minlanishi, mehnatni fond bilan qurollanishi, asosiy vositalarning fond qaytimi.
Sotish hajmi indeksining dinamikasi «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot» (shakl-2) ma’lumotlari asosida inflatsiya darajasini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Ishlab chiqarish turg‘un holatga ega bo‘lish sharti: , bunda inf i - o‘tgan yilga nisbatan inflatsiya indeksi. - bo‘lsa ishlab chiqarish o‘sishini; - ishlab chiqarish pasayishini ifodalaydi.
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmini oshirish rezervlarini manbalari 2-chizmada keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |