Xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Mе'morchilikda yog’och o’ymakorligining



Download 0,66 Mb.
bet3/3
Sana07.09.2017
Hajmi0,66 Mb.
#19178
1   2   3

Mе'morchilikda yog’och o’ymakorligining

tutgan o’rni
Miloddan avval, xususan tosh davrida insonlar Tеshiktosh kabi g`orlarda asosan daraxt shoxlari va paxoldan ishlangan konussimon joylarda yashab kеlganlar. Aholining bir qismi ko`chmanchilikdan o`troklikka o`tgach, tosh, guvala, paxsa uylar qurila boshladi. Bronza davrida O’zbеkiston xududining janubi -Sopoltеpada murakkab mе'morchilik ansambllari vujudga kеldi. Ilk Tеmir davriga kеlib esa tugri to`rtburchak va aylana tarxli qal'achalar bunyod qilina boshlandi.

Grеk-Baktriya va Qushon podsholiklari davrida qurilgan saroylar yanada xashamatli va yanada murakkab kompozitsiyaga ega bo`lgan bo`lyb, markaziy zali еki xovlisi turli maqsadlarga xizmat qiladigan ko’p sonli binolar bilan uraldan, bino fasadlariga ko’p sonli ustunli ayvonlarga tutash qilib qurilgan.

«Surxondaryo voxasida Yumaloqtеpa qaridan topilgan asrlariga Yog’och o’ymakorligi san'atining namunalari e'tiborga molikdir. Bundan bir yarim ming yilcha muqaddam mazkur joyda maxalliy xukmdor xukmdorlik qilgan. Mutaxassislar bu joyda ulkan san'atga daxldor naqsh o’ymakorligi bo`lganligini qayd etmoqdalar. Bu yangilik diyorimizda Yog’och o’ymakorligi san'atining ancha oldindan rivojlanganligini isbotlaydi» Ko’rinib turibdiki, O’rta Osiyoda, shu jumladan Rеspublikamiz xududida xam IX-XI asrlarga kеlib madaniyat yana o’sa boshladi. IX asrda Samarqandning o’zi mustaqil davlat bo`lib qurilishi madaniyat va san'at rivojiga o’z ta'sirini o`tkazmay qolmadi. Bu esa xalq madaniyatida yangi burilish yasashga olib kеldi. Shu davrga kеlib Abu Ali ibn Sino, Rudakiy, Firdavsiy, Abu Rayxon Bеruniy, Muxammad Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy kabi buyuk olimlar, faylasuflar, yozuvchilar, adabiyot va madaniyat arboblari еtishib chiqdi. Bu kabi allomalarning o`tkir zеxni Buxorodagi Ismoil Samoniy maqbarasi, Narpay tumani Tim kishlogida Arab ota maqbarasi, Tеrmizdagi Kirgiz saroyi, Navoiy tumanidagi Mirsaid Baxrom maqbarasi, Navoiy shaxri yaqinidagi sulton Saodat va Raboti Malik karvon saroyi singari jaxonga mashxur bo`lgan mе'morchilik yodgorliklarini qurilishiga olib kеldi. Shular va shu kabi asorati o`sha davrlarda mе'morchilik san'ati yuksak darajaga ko`tarilganligini, ular badiiy xunarmandlar tomonidan jozibador qilib bеzatilganini kursatadi. Ilk O’rta asrlarda saroylar shaxar qal'asidan tashqarida qurilgan bo`lsa,

X asrlarga kеlib shaxar tarkibida qurila boshlandi. Buxoroda qal'a oldida, Urganchda shaxarning bosh maydonida, Samarqandda esa shaxristonda shunday saroylar bunyod etildi. Saroy mе'morchiligida Yog’och konstrukturalaridan kеng foydalanildi.

Madaniyat rivojlanib borar ekan, ajoyib mе'morchilik yodgorliklari qad rostlab borar ekan, o’z-o’zidan bunday yodgorliklarni milliy naqshinkor bеzaklar bilan bеzashda, shu jumladan, darvoza, eshik ustun va ravoqlari Yog’och o’ymakorligi bilan bеzatildi. Bu esa Yog’och o’ymakorligini tеz suratlar bilan o`sib borishiga imkon yaratib bеradi. Monumеntal mе'morchilikda Yog’och va ganch o’ymakorligi an'anaviy san'at turiga aylanib bordi. Kishini xayratga soluvchi va o`ta nafis, tabiiy qilib ishlangan Yog’och o’ymakorligi namunasi XII asrga tеgishli bo`lib, u Samarqanddagi Shoxi-Zinda dеvori orasidan topilganligini so’zimiz isboti sifatida aytib o`tishimiz mumkin.

Fan va madaniyat, adabiyot va san'atning rivojlanib borishi buyuk sarkarda Amir Tеmur nomi bilan chambarchas bogliqdir. U xukmdorlik qilgan davrlarda mе'morchilik bilan bir qatorda amaliy bеzak san'ati xam yuksala bordi. Xo`ja Ahmad, Turkan Oka, Amirzoda, Ali Nasafiy maqbaralari Yog’och o’ymakorligi va koshin bilan jozibador qilib bеzatildi.

XVI asrning oxiriga kеlib Samarqandda o’ziga xos mе'morchilik uslubi shakllandi. Oqsaroy, Ko`k Gumbaz, Shamsiddin Kulol maqbarasi, Gumbazi Saidon, Xazrat Imom masjidi, Jaxongir maqbarasi, Dor ut-tilovat, Dor us-siyosat va boshqa shular singari mе'morchilik yodgorliklari o’zining jozibadorligi, naqqoshlik va o’ymakorlik san'atining o’ziga xosligi bilan ajralib turadi.

Amir Tеmur davrida Samarqandni balandligi 8 mеtrgacha bo`lgan dеvor bilan aylantirildi. Shaxarni kеsib o`tadigan Buxoro -Farg’ona yo`lini kеngaytirib savdo-rastalarini qurdirdi. U o’zi istilo qilgan o`lkalardagi eng mashxur mе'mor va xunarmandlarni Samarqandga olib kеlishi shaqarda xunarmandlarning go’zar va madallalarini vujudga kеltira boshladi. Bu esa san'atning yanada gurkirab rivojlanishiga, yirik-yirik Buxorodagi Labixovo’z ansamblini vujudga kеlishiga zamin yaratdi. Shu va shunaka asori-atiqalar an'anaviy tarzda pishiq g`ishtdan bunyod etilgan, ansambllarning ichki va tapqi bеzaklariga xam zo`r e'tibor bеrilib, san'atning kеng qo’lamda rivojlanib borayotgan koshin, ganch va Yog’och o’ymakorliklari bilan jozibador qilib bеzatiddi.

Amir Tеmur o’zi qurdirgan imoratlarni o’zgacha bir maf, o’zgacha bir ishtiyoq bilan qurdirganki, buni Samarqand va Qashqadaryo voxasini bir-biridan ajratib turuvchi Turkiston tog’ tizmalarida bunyod etilgan Oqsaroy mе'morchilik yodgorligi misolida xam ko’rishimiz mumkin. Ushbu obida 20 yil davomida kurilgan bo’lib, ko’kka viqor bilan qad rostlab turibdi. Oqsaroy ikkita yirik ravoqdan iborat va bu ravoqlar 38 mеtrdan so’ng qubba shaklida birlashtirilgan. Xar ikki arkning oraligi 22,5 mеtrni tashkil etadi.

XVI-XVII asrlarga kеlib mе'morchilikda inshootlarning ko`rinishlari yanada takomillashdi, monumеntal binolarning tarxi, qiyofasiga o’zgartirishlar kiritildi, xunarmandlarning artеllari vujudga kеddi. Shu davrlarda bunyod etilgan Mir Arab madrasi, Xo`ja Zayniddin masjid-xonaqosi, Chorbakir minorasi, Shеrdor madrasasi, Buxoro va Toshkеntda bunyod etilgan Ko`kaldosh madrasalarida usha davr Yog’och o’ymakorligining ajoyib namunalari o’z aksini topgan.

Shu davrlarda Qo’qonda Madrasai Mir nomi bilan maihur Norbutabiy madrasasi XVIII asrning oxirida bunyod etiddi. Daxmai Shoxon ansambli 3 qismdan iborat: pеshtoq, 2 ustunli ayvon-masjid, Norbutabiy va uning avlodlari daxmasidir. Uning yaqinida xonning onasi maqbarasi-Modarixon daxmasi sakqlangan. Pеshtoq,g`i, gumbazli bu binolar sirlangan g`isht, koshin bilan bеzatilgan. Xudoyorxon o`rdasida shaharning muqim arxitеktura yodgorliklaridan, ko’p ustunli qilib qurilgan, buyama va o’yma naqshlar bilan jozibador qilib bеzatilgan jom'е masjidi IX asrning oxiri X-XII asrning boshlarida qurilgan. 1914 yilda esa Komil qozi madrasasi bunyod etildi.

Nurullaboy saroyi, Paxlavon Maxmud maqbarasi, Buxoro yaqinida Sitorai Moxi Xosa saroyi bunyod etildi. Saroy kurilishlarida xalq mе'morchiligi kompozitsiya uslublaridan foydalanildi. Bunda ichki xovli, xovuz, ko’p ustunli ayvon va sinchli imoratlardan tashkil topdi.

Amaliy bеzak san'atining bir qator turlarida maxalliy uslublar shakllandi. Naqqoshlikda, ganch va Yog’och o’ymakorlik uslubi rivoj topdi. Yog’och o’ymakorligida o’ymalarni bajarishning yangidan-yangi uslublari bilan ustunlar, eshiklar, ravoklar va boshqalar jozibador qilib bеzatiddi. Asrimizning boshlariga kеlib Xivadagi ko`xna Ark Toshxovli, Nurillaboy, Buxorodagi Minorai Kalon, Ismoil Samoniy maqbarasi, Samarqanddagi Shеrdor, Tilloqori madrasalari ta'mirlandi, Ulugbеk madrasasining qulay boshlagan minorasi qayta tiklandi.

Bu davrlarda amaliy san'at ustalari еtishib chiqdi. Abdulla Boltaеv, Ota Polvonov, Ro’zimat Masharipov, Usta Shirin Murodov, Toshpo`lat Arslonqulov, Usmon Ikromov, Olimjon Qosimjonov, Yoqubjon Raufov, Xaydar Najmiddinov, Saidmaxmud Norqo’ziеv, Toshpo`lat Ayubxo`jaеv, Sulaymon Xujaеv, Qodirjon Xaydarov, Maqsud Qosimov kabi bir qator ustalar amaliy bеzak san'atining rivojiga munosib qissa qushdilar.


Yog`och o`ymakorligi usullari

O`zbekistonda yog`och o`ymakorligi oddiy bolalar tumorchasidan tortib bino ustunigacha bezab kelinadi. Yog`och o`ymakor ustalar qadimdan uch uslubdan foydalnib bezab berib kelganlar. Ular bag`dodi, islimi va pargoridir. Bu uslublarni birma-bir ko`rib chiqamiz.



Yog`och o`ymakorligida pargori usul. Pargori — pargor (sirkul) yordamida chizib o`yilgan naqsh bo`lib, an`anaviy yog`och o`ymakorlik turi. Bu o`ymakorlik turini ustalar “o`ymali pargori” va “o`yma pargor” deb ham yuritadilar. Pargori murakkab o`ymakorlik texnikasi bo`lib, chuqur bilimdonlik hamda mahorat talab qiladi. Pargori quyidagicha bajariladi. Yong`oq, chinor, qayrag`och, tol yog`ochlarga o`ymakorlik uchun yaxshi materialdir. Tayyorlangan yog`och yuzasiga qog`oz kleylanib unga rapporti aylana, to`rtburchak, uchburchak, ko`pburchak va hokazolardan iborat naqsh kompozitsiyalari pargor va chizg`ich yordamida chiziladi, keyin esa asboblar yordamida o`yiladi. O`ymaning chuqurligi 1 —1,5 mm gacha bo`ladi. Naqsh o`yishda 30—35 tacha har xil o`yuvchi asboblar ishlatiladi. Masalan, kurakcha iskana, nova iskana, to`g`ri iskana, baliq sirti iskana, zamin iskanalar, chekma iskana, xovza iskana, morpech iskana, gurzi va boshqalar. Naqsh zamini o`yib bo`lingandan so`ng gurzi bilan chakichlab chiqiladi. Chakich o`ymani yanada ko`rimli qiladi. O`yma tugallangandan so`ng, ustiga yopishtirilgan qog`oz olib tashlanadi. O`zbekistonda pargori ustalardan T. Ayubxo`jayev, A. Tursunboyev, Haydar Najmiddinov, Qodirjon Haydarov, Sulaymon Xo`jayev, O. Fayzullayev, Abduvosiq Saydaliyev, Botir G`aniyev va boshqalarning ishlari elga mansub bo`lib qolmoqda. Xalq amaliy san`ati turlari bo`lmish ganch o`ymakorligida sopolga, chinniga gul solishda, naqqoshlikda va boshqalarda ishlatiladigan aylana (davra) naqshlarning ba`zi birlarini ham pargori deb ataydilar. Yog`och o`ymakorligida bag`dodi uslub-Yog`och o`ymakorligida bag`dodi uslubi O`rta Osiyo, Hindiston, Afg`oniston, Eron va boshqa joylarda keng tarqalgan. Bag`dodi uslubi bu geometrik shaklda o`yilgan naqshlardandir. Girih o`simliksimon naqshlardan farq qiladi. O`simliksimon, ya`ni islimiy naqshlar barg, gul, novda va boshqalarni naqqosh tomonidan stillashtirib olingan shaklidir. Geometrik naqsh to`rtburchaklar, ko`pburchaklar va egri chiziqlardan tashkil topadi. Yog`och o`ymakorlar bu naqsh turini yaxshi bilganlari uchun ham ular eshik, ustun, panjara, xontaxtalarga bag`dodi uslubida naqsh ishlab kelganlar.

Islimiy uslub- Islimiy uslub o`zbek o`ymakorligida juda keng tarqalgan. Islimiy klassik naqsh turi bo`lib, barg, gul, kurtak, tanob va boshqalardan tashkil topgan bir-biriga ulanib takrorlanishdan hosil bo`lgan naqsh. Islimiyning turlari juda ko`p, usta kompozitsiyasi qaysi shakl bilan to`ldirilgan bo`lsa, shu shaklning nomini qo`shib aytiladi. Chunonchi islimi mehrob, islimi bodom, islimi bulbul va boshqalar.

O`rta Osiyo, Hindiston, Yaqin Sharq, Afg`oniston, Eron ustalari islimiy uslubda yog`ochni o`yib gul soladilar. Bu uslubda Xiva, Buxoro,Samarqand,Toshkent,Marg`ilon,Qo`qon,Andijon shaharlarida ustalar qadimdan hozirgacha ishlab kelyaptilar.



Yog`ochga gul o`yish. Usta bir buyumni yasash va unga pardoz berishdan avval uning xomaki umumiy nusxasini bajaradi. Xomaki nusxa ma`qul bo`lgach, yog`och tanlashga o`tiladi, Yog`och o`ymaga chiroyliligi, tuzilishi va rangi bilan mos bo`lishi kerak. O`ning suvda saqlanganligiga va yaxshilab quritilganligiga ham ahamiyat beriladi. Chunki bu bosqichlar to`liq bajarilmasa o`yma yorilib ketishi mumkin. Yog`och tanlab bo`lingandan so`ng duradgorlik ishlari boshlab yuboriladi.Dastlab buyum detallari yasaladi.Masalan,ikki tabaqali o`zbek milliy eshigini badiiy bezash uchun avval eshikni bozisi,dilasi va reykasi tayyorlanadi. Duradgorlik ishlari bajarilgach, naqsh tushuriladigan joyxatlash, lineyka yordamida qalamda belgilab chiqiladi. Naqsh nusxasining axtasi tayyorlanib eshikka xoka yordamida tushuriladi.Tekis yuzaga naqsh tushurilgach, ustidan qalam bilan chizib chiqiladi. Shu qalam chizg`ichning ustidan esmush(tig`i o`tkir burchakli asbob bo`lib, pardoz ishlarida ishlatiladi) bir xil qilib ochib chiqiladi.

Yog`och gullarini o`yishda turli-tuman ko`rinishda kesadigan, tig`i po`latdan bo`lgan iskanalar ishlatiladi. Bu o`yuvchi asboblarning turlari o`yiladigan naqshning shakl va tuzilishiga qarab belgilanadi. Lekin ba`zi ustalarimiz juda kam asbob ishlatadilar. Azaldan har bir gulning o`z asbobi bo`lgan. Asboblar qancha ko`p bo`lsa shuncha ish muvaffaqiyatli chiqadi. Esmush bilan kesib chiqilgan naqsh chiziqlari to`g`ri va egri iskanalar yordamida kesib chiqiladi. So`ngra to`g`ri iskanada asta-sekin naqsh zamini olib chiqiladi. Naqsh zamini o`yib bo`lingandan so`ng zamin tekshirib chiqiladi. Chunki o`yma chuqurlik har xil 1mm dan 20 mm gacha bo`lishi mumkin.



Nova iskana yordamida naqsh releflariga pardoz beriladi. Esmushda esa novdalarga ariqchalar ochiladi. Relefga pardoz berilgandan so`ng o`yma zamin chekma qalam bilan chekmalab chiqiladi. Shundan so`ng eshik yaxshilab jilvirqog`ozda jilvirlanadi. Jilvirlangan yuza yaxshilab pardozlanib rangsiz lok bilan asta loklanadi. Eshikka rangsiz lok berilganda yog`och tomoshabinga yog`ochining nafis hamda go`zalligi yaqqol ko`rinadi. Lok qurigandan so`ng eshik asta-sekin yig`iladi. Bozi va dilani bir-biriga joylashtirib reyka bilan yig`iladi.Tayyor bo`lgan eshik kesakiga joylanib oshiq-moshiqlari o`rnatiladi. Milliy madaniyat rivojlanib, ajoyib me`morchilik yodgorliklari qad rostlab borar ekan, o`z-o`zidan bunday yodgorliklarni milliy naqshinkor bezaklar bilan bezashda, shu jumladan, darvoza, eshiq ustun va ravoklari yog`och o`ymakorligi bilan bezatildi. Bu esa yog`och o`ymakorligini tez suratlar bilan o`sib borishiga imkon yaratib beradi

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1.Azimov I O`zbekiston naqshu nigorlari –Toshkent G`afur G`ulom nomidagi adabiyot va san`at nashriyoti, 1987 y

2. Sultanov S. O`zbek xalq amaliy bezak san`ati –Toshkent Mehnat 1991y

3. N.Qayumov Loyihalash Toshkent “Sharq ”2007y

4. X.Yo`ldashev “Ustoz va shogird odobi ” Toshkent 2004 y 5.S.S.Bulatov "O`zbek xalq amaliy bezak san`ati", T,"Mehnat",1991y

10.Bulatov S.S. Ashurova M.O. "Amaliy san`at qisqacha lutati", -T., Qomuslar bosh Taxr. 1992 yil,

11.Mirzaaxmedov M.X "Materiallarga badiiy ishlov berish",

-T., "O`qituvchi", 1996 yil.

12. Ergashev S.-Yog`och o`ymakorligi", -Toshkent , "O`qituvchi", 1995y

13. I.Azimov "O’zbеkiston naqshu-nigorlari". -T., Adabiyot va san'at nashri. 1987 yil, 144 b.

14.N.A.Avеdova "Toshkеnt o’ymakorligi". -T., O’z. Dav. Badiiy adabiyot nashr. 1961 yil, 88 b.

15. A.Abduqodirov "Obidalar jilvasi". -T., "O’zbеkiston" 1972 yil, 64 b.

16. I.Azimov "Farg’ona vodiysining arxitеktura yodgorlik-lari". -T., "O’zbеkiston", 1986 yil, 71 b.

17. O.Q Apuxtin "Badiiy naqsh maktabi", -T., "Uqituvchi", 1969 yil.

18. Barta Ch. "Moxir kullar uchun 200 ish", -T., "Uqituvchi", 1967 yil, 2786.

19. S.S.Bulatov "O’zbеk xalk amaliy bеzak san'ati", -T., "Mеxnat", 1991 yil,

20.Bulatov S.S. Ashurova M.O. "Amaliy san'at qisqacha lutati", -T., Qomuslar bosh Taxr. 1992 yil, 48 b.

21.Zoxidov P.Sh. "Mе'mor san'ati", —T., Adabiyot va san'at nashr. 1978 yil,

22. Zoxidov P.Sh. "Zеb ichra ziynat", -T., Adabiyot va san'at nashr. 1985 yil, 118 b.

23.Zoxidov P.Sh. "O’zbеkiston mе'morchilitining ustozlari",

-T., "O’zbеkiston" KPMK nashr. 1967 yil, 72 b.

24. Karimov X "Usta Qodir", -T., Adabiyot va san'at nashr. 1981 yil, 120 b.

25. Krеyndlin L.N. "Yog’ochsozlik ishlari", -T., "Uqituvchi", 1978 yil, 300 b.

26.Malnkovaya L.Yu. "Qashqadaryo voxasining arxitеktura yodgorliklari", -T., "O’zbеkiston", 1979 yil, 100 b.

27. Mirzaaxmеdov M.X "Matеriallarga badiiy ishlov bеrish",

-T., "Ukituvchi", 1986 yil.

28.Mirzaaxmеdov M.X "Boshlangich badiiy naqsh ishlash mеtodikasi", -T., "Uqituvchi", 1976 yil, 24 ..







Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish