Xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Download 0,66 Mb.
bet2/3
Sana07.09.2017
Hajmi0,66 Mb.
#19178
1   2   3

Shumtol (ruscha — yasen) — bargli daraxt turiga kiradi, kam yoriluvchan, och qizg`ish, rangli, puxta, pishiq, tabiiy gulli, chiroyli, egiluvchan. Uni ishlash qiyin, silliq randalanadi hamda pardozlanadi. Yillik tolalari aniq ko`rinadi, bug`langanda yaxshi egiluvchan. Bu material faner tayyorlashda, vagonsozlikda, samolyotsozlikda, kemasozlikda qo`llaniladi. Undan har xil asbob bandlari, har xil sport buyumlari ishlanadi, yog`och o`ymakorligida keng qo`llaniladi.

Zarang (ruscha — klyon) — qattiq yog`och turiga kiradi. U oqish yoki qoramtir qizg`ish rangli, zich, puxta bo`lib mexanik xossalari jihatidan emandan ustun turadi. Tabiiy gullari chiroyli bo`lib, yaxshi pardozlanadi. Yillik halqalari biroz bilinadi. Yog`och turi o`zining chiroyli tabiiy gullari bilan boshqa yog`ochlardan ajralib turadi. Uning tabiiy gullari xuddi qush ko`ziga o`xshaydi. Shuning uchun ustalar qush ko`z deb yuritadilar. Yog`och o`ymakorligida qimmatbaho mebel tayyorlashda hamda mashinasozlik kor-xonalarida ishlatiladi.

Chinor (ruscha — platan) — po`stlog`i qizg`ish,sariq tusli yupqa, silliq bo`ladi. Chinor qattiq, (pishiq-puxta) ishlash qiyin, tabiiy gullari chiroyli, uning rangi qizg`ish-qoramtir. Chinordan qimmatbaho mebel va randalangan fanerlar tayyorlanadi.

Nok (ruscha — grusha) — qalin po`stloqli, chatnagan bo`lib, yog`ochi to`q jigarrang, mo`rt, qattiq,yillik halqalari bilinar-bilinmas. Nok daraxtidan gul bosadigan qoliplar, randalangan faner va qimmatbaho mebellar tayyorlanadi.

O`rik (ruscha — uryuk) — bargli daraxt, yog`ochi qoramtir qizg`ish bo`lib, undan mayda buyumlar ishlanadi. Har xil asboblar yasaladi.

Archa (mojjevelnik) — po`stlog`i qalin, rangi kulrang, serbutoq bo`ladi. Kam smolali, namga chidamsiz igna bargli daraxt. U puxta, chidamli, ming yoshgacha yashaydi. Undan qog`oz sanoatida, mebellar va boshqa narsalar yasashda foydalaniladi. Yog`och o`ymakorligida qadimdan qo`llanilib kelinadi.

Yong`oq (ruscha— grecheskiy orex) — po`stlog`i ko`kimtir, qalin va silliq bo`lib, tanasining pastki qismida po`stlog`ining chatnog`i bor. Yong`oq yog`ochi qoramtir rangli, qattiq, tabiiy guli chiroyli, ishlash qiyin. U yaxshi pardozlanadi, undan qimmatbaho mebellar tayyorlashda va yog`och o`ymakorligida keng foydalaniladi. U ajoyib ko`rinishga ega.

Zirk (ruscha — olxa) — uning ikki turi, ya`ni qora va oq zirk bo`ladi. Oq zirkning po`stlog`i tiniq hamda silliq bo`ladi. Qora zirkning po`stlog`i qoramtir tusda, qalin chatnagan bo`ladi. Namga chidamli, bo`yoqni yaxshi oladi. Yog`ochi oqish; havoda tez qizarib ketadi, yumshoq bo`lib, yillik halqalari ko`zga yaqqol tashlanadi. Undan arzon mebellar va fanerlar tayyorlanadi, chunki unga tez qurt tushadi.

Yog`och o`ymakorligida ishlatiladigan Ishchi asboblar

Yog`och o`ymakorligida turli asboblar ishlatilib ular o`ziga xos ishlarni bajaradi Yog`och o`ymakorligidagi asboblar ikki turga bo`linadi, ya`ni naqshni o`yish uchun «o`yma qalamlar» va ikkinchisi «naqsh qalamlar».



Asboblarni shakli va bajaradigan ishiga qarab iskanalarning bir qancha xillari bo`ladi. Masalan, iskana, morpech iskana, baliq sirti iskana, zamin iskanalar, kovza iskana, chekma iskana va boshqalar. Yog`och o`ymakorligida ishladigan asboblarni maxsus asbob tayyorlaydigan chilangar ustalar tayyorlaganlar yoki o`zlari yasaganlar. Hozirda yog`och o`ymakorlik asboblari metallsozlik korxonalarida tayyorlanadi. Ayrim ustalar asboblarni o`zlari tayyorlaydilar. Iskanalar bir tomonga qarab charxlanib o`ziga xos o`tkirlik burchakda charxlanadi. Iskanalarning dastalari pishiq yog`ochlar, ya`ni qora qayin, qayrag`och, zarang, yong`oq va boshqa daraxt yog`ochlaridan tayyorlanadi. Iskanalar yog`och to`qmoq bilan uriladi. Shuning uchun dastasi yog`och yoki plastmassadan yasaladi. Plastmassali dastalar yorilishga chidamli bo`ladi. Bolg`a urishda yorilib ketmaydi.

Iskana (ruscha — stameska) — duradgorlik asbobi bo`lib undan yo`nish, teshish ishlarini bajarishda foydalaniladi. Iskanalarning o`yuvchi xamda yo`nuvchi xillari bor. Yo`nuvchi iskanada taxta chetlariga chiqariladi, teshik, tirnoqlar rostlanadi, ular yo`nib kengaytiriladi. Qalin hamda qattiq yog`ochlarni o`yish va teshish ishlari o`yuvchi iskanalar bilan bajariladi. Iskanalarning tig`i po`lat, dastasi esa asosan yog`ochdan bo`ladi. Dastalari zarang, qayrag`och yong`oq, qayin kabi pishiq yog`ochlardan tayyorlanadi, uchiga esa metall halqacha kiygazib qo`yiladi. Iskanalar bajariladigan ishning xarakteriga qarab nov iskana, chuv iskana (o`yishda), qing`ir iskana (teshishda) ishlatiladi. Avval duradgor va yog`och o`ymakor ustalar maxsus temirchi (chilangar) ustalarga buyurtma berib yasatar edilar yoki o`zlari tayyorlar edilar. Hozir iskanalar metallsozlik korxonalarida tayyorlanadi.

Kovza iskana — u to`g`ri va egri tig`li bo`ladi. To`g`ri tig`li kovza iskana o`yilgan naqsh chiziqlarining ustiga uch qirrali qavariq yo`llar chiqarish hamda parallel chiziqlar chizishda qo`llaniladi.

To`g`ri iskana — to`g`ri sterjen keskichli bo`lib, tig`ining eniga qarab kichkina, o`rtacha va katta iskanalar bo`ladi. Tig`ining eni 1,5 mm dan 10 mmgacha bo`ladi. Ko`pincha bag`dodi uslubidagi naqshlarni va zaminini o`yishda ishlatiladi.

Nova iskana — uning tuzilishi bo`yicha tig` uchi nov shaklida bo`ladi. Eni 2 mm dan 8 mm gacha bo`lib dastasi qattiq yog`ochdan qilingan bo`ladi. Asosan kichik, o`rtacha va katta nova iskanalar bo`ladi. Nova iskanalar o`yishda va pardozlashda ishlatilib asosan naqshning eng mayda bo`g`im, doiracha, marg`ula, mayda ko`zcha, gajak va gul qismlarini kesishda qo`l keladi.

Zamin iskana — naqshning zaminini o`yib olishda ishlatiladi. Zamin iskananing eni 2 mm dan 8 mm gacha bo`ladi.

Baliq sirti iskana — tig`i botiq, kamalaksimon ko`tarilgan, baliq qovurg`asi shaklida bo`lgan asbobdir. Keskichini eni 4 mm dan 19 mm gacha, uning katta-kichikligiga qarab kichik, o`rta va katta baliq sirti iskanalari bo`ladi.

Morpech iskana — o`yilgan naqshlarning chetlaridagi hoshiya, zanjira, yarim doiralar, nuqtalar chiqarishda qo`llaniladi.

Chekma iskana — o`yilgan naqshning zaminini chakichlab chiqish uchun ishlatiladigan asbob. U o`yilgan naqshlarni aniq ko`rinishi, zaminini bir tekisda chiqishi va o`ziga xos badiiy ko`rinishi uchun qo`llaniladi. Ishlatish joyiga qarab bir tishli, uch tishli, besh tishli, o`n olti tishli chekma iskanalar bo`ladi.

Kurakcha iskana — kesadigan tig`ining uchi bir tomonga qiya holatda bo`lib, u kurakcha ko`rinishida bo`ladi. Uning katta-kichikligiga qarab, kichik va katta kurakcha iskanalar bo`ladi. Iskanalar ensiz zanjira va hoshiya naqshlarni o`yishda ishlatiladi. O`yuvchi bu asbob bilan iskanani o`ng qo`lida dastasidan ushlab, tasvir yoki naqsh chizig`ini ustidan kerakli chuqurlikda sanchgan holda o`zi tomon kesib boradi.

Chekma qalam — yog`och zaminini patir yuzasiga o`xshatib chekmalab o`yib chiqishda ishlatiladigan asbob. Bu asbob gurzi, yog`och banddan va uzun temir sterjendan iborat. Chakichlar bir qatorli va uch qatorli bo`ladi. Asbob 1,2,3,4 va hokazo bo`rtma tishli bo`lishi mumkin. Chakichlangan naqsh aniq, mayin yanada boy, nafis ko`rinishga ega bo`ladi. Yog`och o`ymakorligida chakichlash juda qadimdan rivojlanib kelgan. Ganch o`ymakorligida chakichlash uslubi o`ziga xosdir.




Xatkash (ruscha — reysmus) chiziqlarni chizishda ishlatiladigan maxsus asbob. Tanasiga bitta yoki ikkita prizmatik chizg`ich o`rnatilgan bo`ladi. Undan detallarni cheti va qirralarini yoki qatlamlarini ishlashda, parallel chiziqlar tortishda ishlatiladi, uning turli xillari mavjud.

Masalan, xatkash chizg`ich mustahkamlanadigan qisqichli ustundan iborat bo`ladi. Rejalashni aniqligini oshirish va tezlashtirish uchun shtangenreysmusdan foydalaniladi.

Duradgorlikda ikkita parallel brusokli kolodka tarzidagi xatkash qo`llanilib aniq o`lchamli buyum tayyorlashda yog`och materialning turli tomonlariga parallel qilib reja chiziqlari chizishda ishlatiladi.
Yog`och o`ymakorligida ishlatiladigan o`lchov asboblari

Yog`och o`ymakorligida naqsh kompozitsiyalarini chizish, o`lchash va boshqalarda bir qancha o`lchov asboblari ishlatiladi. Masalan, chizg`ichlar, pargor, qalamlar, knopka, o`chirg`ich, reysfeder, o`lchagich, uchburchaklar, reyshina, transportyor va boshqalar.



Pargor (ruscha — sirkul) — bir uchi sharnirli biriktirilgan ikki yoqli chizmachilik asbobi bo`lib, bir uchida qalam sterjen ikkinchi uchida nina sterjen o`rnatilgan bo`ladi. Bu asbob o`lchash, aylana va yoylar chizish uchun ishlatiladi.

Duradgorlik yelimi (stolyarnt kley)—yog`och materiallarini bir-biriga yelimlash uchun ishlatiladi. Duradgor yelimi go`sht va suyaklardan tayyorlanadi. Yelimlar plita shaklida, donalar va boshsa shakllarda tayyorlanadi. Yelim plitalar tiniq sarg`ish yoki qoramtirroq rangda bo`lib, uni maxsus yelimdonda eritiladi.

Kazein yelimi — yog`och o`ymakorligi va duradgorlikda ishlatiladigan yelim bo`lib, sutning oxirgi ishlatib bo`lmaydigan qismidan tayyorlanadi. U talqon holida yoki 4—12 mm li qattiq donacha ko`rinishida bo`ladi. Kazein yelimi o`ta namgarchilikda ishlatiladigan buyumlarda ishlatiladi. Tayyorlangan yelimning uchdan ikki qismi suv va qolgan 1 qismi yelim tolqondan tashkil topishi kerak.

Chigit moyi — o`yilgan o`yma naqshni beys yordamida o`rik, yong`oq yoki boshqa yog`och rangiga keltirib bo`yalgandan so`ng, chigit moyini paxtali latta bilan ishqalab surkab chiqiladi. Yaxshi qurigandan so`ng 3,7 nomerli spirtli lok surkab chiqiladi.

Knopka — qog`oz yoki biror narsani chizma taxtaga yoki devorga mahkamlab qo`yish uchun ishlatiladi.

Uchirg`ich — naqsh kompozitsiyalar chizishda ortiqcha chiziqlarni o`chirish uchun qo`llaniladi. Qalamda chizilgan chiziqlarni yumshoq oq yoki ko`k o`chirg`ichda, siyoh yoki tush bilan chizilgan chiziqlarni esa tarkibida maydalangan qumi bo`lgan qizil o`chirg`ichda o`chiriladi.

Jilvirchilik — jilvir tayyorlash kasbi O`rta Osiyoda hunarmand va duradgor yog`och buyumlarining yuzini silliqlash uchun shisha sinig`idan foydalanib kelgan. XIX asrning ikkinchi yarmida jilvir Yevropa va Rossiyadan olib kelingan. XX asrdan boshlab Rossiya jilviriga o`xshash jilvirlar tayyorlangan. O`zbekistonda mahalliy ustalar jilvirni yuziga yelim surtilgan latta yoki qog`ozga shisha kukuni yoki charx qumini sepib tayyorlaganlar. XX asrning o`rtalarida juda ko`p jilvirlar olib kelinganligi sababli jilvir qog`oz tayyorlashga ehtiyoj qolmagan. Lekin hozir O`zbekistonda jilvir qog`ozning turli xillari maxsus zavodlarda ishlab chiqarilmoqda.

Jilvir qog`oz — tabiiy va sun`iy abraziv materiallar, ya`ni tog` jinslari kvars, qum, korund, shisha, gemotit va boshqalarni maydalab mato yoki qog`ozga yopishtirib tayyorlangan maxsus material. Jilvir qog`oz mayda yoki yirik donali bo`ladi. Jilvir donachalariga qarab 12,16,20,24,36,60 va hokazo nomerli bo`ladi. Nomer qancha ortib borsa, shuncha jilvirning donachalari maydalashib boradi. Jilvir qog`oz egarsozlikda, duradgorlikda, yog`och o`ymakorligida va boshqa joylarda ishlatiladi.

Yelimdon- duradgorlik yelimini eritish uchun ishlatiladigan maxsus idish (qozon).Yelimdoi ikki qismdan iborat bo`lib, bu idishlar katta-kichik, biri ikkinchisiga tushadigan bo`ladi. Kichik idishga kerakli miqdorda suvda bo`ktirilgan yelim solinadi va katta idishgatushiriladi. Yelim katta idishdagi suvning issiqligi ta`sirida eritiladi. Shu yo`sinda eritilgan yelim kuymaydi va yelimlash xususiyatini yo`qotmaydi. Agar bitta idishda eritilsa yelim idish devoriga yopishib qoladi, ikkinchi marta eritilganda yopishib qolgan yelim kuyadi. Natijada yelimning sifati buziladi.

Qapam — ko`mir, grafit, ko`rg`oshin, quruq bo`yoqdan qilingan.yozish , rasm solish hamda chizmachilik uchun ishlatiladigan qalam grafitli yozuv asbobi. O`rta Osiyoda hattotlar siyoh bilan yoziladigan qamishlardan foydalanganlar. Chex olimi Y. Graxmut maydalangan grafit va gil aralashmasidan yozuv sterjenlari tayyorlashni taklif qilib, ishlab chiqarishga asos soldi. Yog`och qalamlar ishlash joyi va xususiyatiga qarab grafitli, rangli va boshqalarga bo`linadi. Qalam joyiga qarab ishlatiladi. Grafit qattiq va yumshoqligiga qarab uch turga bo`linadi. Qattiq qalamlar T, 2T, ZT, yumshoq qalamlar M, 2M, ZM, 4M yoki V, 2V, ZV; o`rtacha yumshoqliqdagi qalamlar TM, NV harflari bilan belgilanadi.


O’ymakorlikda ishlatiladigan matеriallar va ularning turlari
Yog’och o’ymakorligi mashgulotlarida o’ymakorlikda foydalaniladigan Yog’och matеriallari, ularning turlari, fizik va kimyoviy xususiyatlari, zaxiralari va boshalarni bilish muxim axamiyatga ega.

Yog’och matеriallari turli daraxtlardan olinadigan xom-ashyo. Binokorlikda, qurilishda, mеbеlsozlikda, Yog’och o’ymakorlikda asosiy xom-ashyo sifatida ishlatiladigan yog’ochlar daraxtlar tanasidan olinadi. Daraxt tanasi o’zak Yog’ochliq shoxlar, tola va po`stloqlardan to’zilgan. Yog’och xom-ashyosi quyidagi guruxdarga bo`linadi:

a) tabiiy xom-ashyo;

b) turli buzilishlarga, chirishlarga qarshi antisеptik moddalar shimdirilgan yog’och xom-ashyosi;

v) Prеsslangan Yog’och xom-ashyosi;

g) yеlimlangan Yog’och xom-ashyosi;

d) qatlam-qatlam Yog’och xom-ashyosi;

е) qatlamli prеsslangan Yog’och xom-ashyosi;

Yog’och o’ymakorligida asosan 1-guruxga qiruvchi, ya'ni, tabiiy Yog’och gulalardan olinadigan taxtalar, yo`nilgan xom-ashyo ishlatiladi.

O’zbеkistonda Yog’ochlarning yumshoq, qattiq va juda qattiq nina bargli va yaproq bargli turlari mavjud.



Daraxtlar buyiga qarab 3 guruxga bulinadi:

1. 35 m dan baland ~ chinor, tеrak tut, qora kayin, qarag`ay;

2. 25 m dan 35 m gacha – qayrag`och, yong`oq, oq qayin, tol,

3. 25 m gacha - zarang, shumtol, mеvali daraxtlarga xamda butalarga bo`linadi.

Nina bargli daraxtlardan olinadigan Yog’ochlar qurilishda, jumladan, Yog’och o’ymakorligida ko’proq ishlatiladi, chunki ularning tarkibida smolasi ko’proq, tеz chirimaydi, taxtasi to`gri, uzun, silliq, ishlov bеrish oson xisoblanadi. O’ymakorlikda ishlatiladigan rangiga, xiliga, turiga, tabiiy guliga, tovlanishiga qarab tanlanadi va turli mеvali, shu bilan birga, yaproq bargli daraxtlar xam ishlatiladi.

Yog’och o’ymakorligi yasayotgan buyumiga qarab Yog’och matеriallarining xususiyatlari, daraxtlarning turlari, rangi, ishlov bеrishning qiyin-osonligi va ishlov bеrilgandan kеyin buyumlarning sifatli chiqishi va saklanishini bilishlari uchun Yog’ochlar olinadigan daraxtlarni o`rganishlariga to`gri kеladi.

Tog` tеragi ~ yapaloq bargli, pustlogi sargish, Yog’ochi yumshoq, еngil, oqish rangli xamda tеz chiriydi, Yog’ochini ishlash oson, еngil buyumlar gugurt qutisi, o`yinchoklar va fanеrlar tayyorlanadi. O’ymakorlikda ishlatish tavsiya etilmaydi pustlog`i yupqa, silliq, kulrang, yumshoq, еngil, oson ishlanadi, Yog’ochi oqish. Namga chidamsiz. Cholgu asboblari yasashda, qisman o’ymakorlikda, asosan kurilishlarda ishlatiladi.

Yog’ochi puxta, еngil, namga chidamli, tik va to`gri taxtalar olinadi. Ishlov bеrish, arralash, ranglash oson, Yog’och o’ymakorligida va boshqa soxalarda kеng ko`lamda ishlatiladi.

Baqatеrak - O’zbеkistonning dеyarli barcha viloyatlarida o`sadi, pustlogi silliq, tanasi sеrshox, to`g`ri usmaydi. Namga chidamsiz. O’ymakorlikda kam ishlatiladi.

Mirzatеrak - tanasi tiq tugri, kam butoqli bo’ladi. Namga chidamliligi yuqori emas. Qurilishda va o’ymakorlikda ishlatiladi.

Mirzatеrak bargli, Yog’ochi qattiq. Namga chidamli. O’ymakorlikda kam, qurilishda ko’proq ishlatiladi.

Qora qayin - bargli, rangi tiniq. Namga chidamli. Yog’och o’ymakorligida kеng ishlatiladi.

Shumtol - bargli, kam yoriladi, yumshoq Yog’ochli, mustaxkam, o’ymakorlikda ko’p ishlatiladi.

Chinor - ko’p yilliq bargli, ko’p shoxli, mustaxkam va qattiq, rangi qizgish qoramtir, laklansa ajib bir chiroy bag`ishlaydi. O’ymakorlikda kеng ishlatiladi.

Nok - mеvali, bargli, Yog’ochi tuq jigarrang.

O’ymakorlikda ishlatiladi. Urik ~ bargli, mеvali, Yog’ochi qizgish, kattiq, xar xil mayda buyumlar tayyorlashda o’ymakorlikda kеng ishlatiladi.

Yongo'q – po’stlog’i ko’kish, ko’p yillik Yog’ochi qoramtir, qimmatbaxo Yog’och, yaxshi o`yiladi va yaxshi pardozlanadi. Yog’och o’ymakorligida kеng ko`lamda ishlatiladi.

Yog’och o’ymakorligida ishlatiladigan turli xom-ashyolar o’zining pishiqligi, nuqsonsizligi, qurt еmaganligi, rangining tiniqligi, mustaqkamligi, laklansa yanada go’zal tovlanishi, ko’p yillar davomida yorilmasligi, buralmasligi, namga chidamliligi, pardozlanishi, uyishda quporilmasligi va shunga o`xshash o’ziga xos xususiyatlarini xisobga olgan xolda yasayotgan buyumga mos kеladigan matеriallardan tanlash aloxida axamiyatga ega.

Ma'lumki, Yog’och o’ymakorligida yog`ochlarning ishlov bеrishga tayyorlashda turli Yelimlardan foydalaniladi.

Yelimlar - suyuqlangan yuqori molеkulalar anorganik va organik moddalar yoki ularning eritmalari bolib, turli matеriallarning bir-biriga yopishtirish uchun ishlatiladi.

Yelimlar tabiiy, sun'iy xamda rеzina Yelimlarga bulinadi.

Tabiiy Yelimlar - hayvonlar (suyaq sut, tеri, pay va boshqa) va o`simliklar (daraxtlar shiralari, kraxmal qipiklarni qayta ishlash natijasida) maxsulotlaridan olinadi. Namlikka ancha chidamsiz.

Sun'iy еlimlar - polimеrlar, shuningdеk erituvchi qo`shilgan kushilmagan smolalar birikmalaridan iboratdir. Turli matеriallar, shisha, plastmassa, mеtall, chinni, pеnoplast, suyaq qog`oz va boshqalarni b iriktirishda kеng ko`lamda ishlatiladi. Issiq, sovuq, namlik ishqalanish, egilish, bukulish va siljish kuchlanishlariga yaxshi chidaydi.

Rеzina (kauchukli) Yelimlar - tabiiy va sintеtik yo`l bilan olinadi. Tabiyi kavchuk daraxti smolasidan, sun'iysi rеzinali birikmalarning erituvchilarda (bеnzin, kеrosin, spirtdagi) erigan ko`rinishidir. Turli matеriallar masalan, Yog’ochni sеmеntga, mеtallga, shishani, plastmassani gazlamaga biriktirishda ishlatiladi.

Yog’ochsozlikda, duradgorlikda, o’ymakorlikda ko’pincha xayvon elimlaridan kazеinli Yelimlar ishlatiladi. Namlikka chidamli kazеin murakkab oqsil bo`lib, kimyoda fosfoproldit tuzilishini namoyon kiladi. Sutning ivishi jarayonida, uning tarkibidagi kazеinogеndan xosil bo’ladi, Tuzli, ishqorli muqitda eriydi.

Yog’och o’ymakorligida taxtalarni o’ymakorlikka tayyorlashda bir-biriga biriktirilib, o`yiladigan buyumning asosi tayyorlab olinadi. Taxtalarning uyiladigan yo’za qatlami silliklanib, Tobga kеltiriladi. Avvaliga mayda tishli arrada arralanadi, kеyin esa mayin burrada arralanadi. Tеkis qilib randalanadi va bir-biriga tеkkizib, mayda tirqishlari yo`qligiga ishonch qosil qilinadi, shundan so’nggina taxtalar birlashtirilib, pardozlanadi. Pardozlashda mayda qumli jilvir qog’oz, baxmal bilan artiladi.



Yog`och materiallarini o`ymaga tayyorlash texnologiyasi
Yog`och o`ymakorlik san`ati ko`p mehnat talab qiladigan san`at turlaridan biri. Yog`ochni o`ymaga tayyorlashning o`ziga xos texnologiyasi mavjud.Uni bilmasdan turib haqiqiy usta bo`lib bo`lmaydi. Usta yog`ochning turini aniqlay olishi o`ziga xos xususiyatlarini uni o`ymaga tayyorlash texnologiyasini juda yaxshi bilishi kerak. Yog`och o`ymakorligida yog`ochni quyosh nuri tushgan tomonidan ko`p foydalanadilar. Chunki quyoshga qaragan tomoni zich va pishiq bo`ladi.

Avvalgi ustalar yog`ochni 6 oydan 1 yilgacha suvda, ya`ni hovuzlarda saqlashgan. Keyin esa 10— 15 yilgacha soyada tabiiy quritishgan. Iloji boricha o`ymakor ustalar yog`ochni somonga qo`shib qo`yib quritishgan, chunki somon yog`och rangiga ta`sir etib yanada go`zallashgan. Tabiiy quritishning har ikkala texnologiyasi ham azaldan ota bobolarimizning quritish uslubi bo`lgan. Yong`oq yog`ochi somonga ko`mib quritilganda,xamda suvda saqlaganda ham yong`oq yog`ochining rangi to`qlashadi. Chunki yong`oq daraxti tarkibida yod moddasi mavjud bo`lib, u suvda saqlanganda suv bilan reaksiyaga kirishib qorayadi.Qolgan boshqa yog`ochlar suvda saqlaganda ham, quritilganda ham ularning rangi o`zgarmaydi. Yog`och o`ymakor ustalarimiz yuqorida aytilgan texnologiyaga qisman amal qilishmayapti. Shuning uchun hozir yasalgan va o`yilgan yog`och eshiklar ustun va xontaxtalar 1 yil o`tmasdan yorilib ketmoqda. Bu yog`ochni o`ymaga yaxshi tayyorlanmaganligidan dalolat beradi.


Tеxnika xavfsizligi, asbob uskunalar va dastgoxlarni ishchi xolatga tayyorlash
Kishining ruxiy xolati o’zi bajarayotgan ishida, yumushida o’z aksini topmasdan qo’ymaydi. Kishi ruxiyatini ko’tarishda esa xonaning jixozlanishi, qulayligi, ozoda va orastaligi dam muxim axamiyatga ega. Yog’och o’ymakorligi xonasini jixozlashda duradgorlik xonalarini jixozlashning umumiy kridalaridan kеlib chiqqan xolda qisman bo`lsada foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi, asbob-uskunalar, xom-ashyolar, ko`rgazmali qurollar, talabalarning tayyor ishlari, dastgoxlar tartib bilan o’z joyiga quyilmog`i lozim.

Yog’och o’ymakorligi ustaxonasida bеvosita talaba va o`qituvchi foydalanadigan maydon 50-60 m2 bo’lsa, xar bir talabaning o’rni bir-biridan 60 sm, katorlar orasi 1 m dan o’rolikda bo`lsa yanada

xarakatlanish qulay bo’ladi. Bundan taihari xonaga yoruglik tushishini ta'minlash, buning iloji bulmasa kundo’zgi yoruglik lampalari yoki stol lampalari bilan ta'minlash lozim.

Yog’och o’ymakorligi ustaxonasida talaba turli yumushlarini bajarishga to`g`ri kеladi. Jumladan, chizmachiliq naqqoshliq duradgorliq o’ymakorlik va xokazo ishlarni tashkil etishda jarohatsiz faoliyat kursatishga erishmoq uchun avvalo asbob-uskunalarni ko’zdan kеchirib chiqmoqni takrzo etadi. "Mеn bu moslamada ishlamoеdaman" dеb ikkinchi moslamaga e'tiborsizlik turli ko`ngilsiz holatlarni kеltirib chiqarishi mumkin.

Faoliyatni boshlashdan oldin albatta maxsus ish kiyimini kiyib olish zarur. Turli asboblar bilan ishlashda, masalan, o’ymani bajarish uchun iskana va bolgani (Yog’och tuqmoq, kiyankani) ushlash qoidalariga amal qilgan holda, ya'ni iskanani bushroq, bolgani esa Qattiqroq siqib ushlash zarur.

Dastgoxlarda ishlashda esa uni yurgizishdan oldin barcha simlar, o’zеllarning izolyatsiyasi butunligi ko’zdan kеchiriladi. Agar ba'zi simlarning izolyatsiyasi ochilib qolgan, stanok еrga ulanmagan bo`lsa, tayyorlanma urnatiladigan moslama mustahkam mahkamlanmagan bo`lsa stanok yurgizilmaydi. Topilgan kamchiliklar zaruriy mutaxassisni yoki ustani chaqirib to’zatilgandan so’nggina ishlashga ruxsat bеriladi. Agarda arralash, randalash va tеshishga to`g`ri kеlib qolsa tayyorlanmani urnatmasdan, salt xolatda yurgizib kurishdan oldin kеskichlar mustaxkamligini, kеskirligini tеkshirib kurish zarur.

Stanok yurib turgan vaqtida tayyorlanmani ulchab kurish, stanokdan olish va yana qaytarib quyish mumkin emas. Faqatgina bu ishlarni stanokni uchirgandan so’nggina bajarish maqsadga muvofiq bo’ladi. Stanokda ishlash jarayonida oyoq tagida taxta panjaraning mavjudligi, stanokda ximoya vositalarining butunligiga e'tibor bеrish joiz.

Ish urnining tartibli, ozoda, toza sakdash xom-ashyolarni, taxta, payraxa, qirindi va chiqindilar yigishda qo`lqop, xokondoz, ' bilan ishlash zarur. Taxtalarni tilishda, yunishda, randalashda, arralashda, tigini va tishlarini o`tkirlash, charxlash, kirolini tukishda qayroqtoshning qarakatlanishiga e'tibor bеrmoq lozim. Qirindi va chikindilarni bir joyga to`plab ko’ymasliq, yongin qavfsizligi koidalariga rioya kilish zarur. Dastgoxda ishlashga mavjud kridalarni o’zlashtirgan va rioya qiladigan talabalargagina maxsus daftarga imzo chеkkandan kеyin ruxsat etiladi.

Yog’och o’ymakorligida taxtachalarni o’ymaga tayyorlab olingach unga moslab axta (ulgi, nusxa) sini va xonani tayyorlab olinadi. Naqshning xar bir elеmеntini, qismini, turini, guruxini uyishda "Oddiydan murakkabga, osondan kiyinga" tamoyiliga rioya kilib borish lozim. Nakgilarning qanaqa gurudga mansubligi, tayyorlanadigan buyumning katta yoki kichikligiga qarab, dastlab Naqshning yarim gajak gajak novdalari, chiziqlari, bandlari baliq sirtli iskana bilan kеsiladi. Naqshlar atrofi tuliq kеsib bo`lingach, maxsus uchi egik iskana bilan naqshning zamini o`yilib chukurlashtiriladi. Tеkislashda esa to`g`ri iskanalar ishlatiladi.

O’ymani bajarish davomida xar bir iskanani extiyotkorlik bilan o’z o`rnida va o`rinli ishlatishni o`rganish lozim. Bu esa o`yilayotgan yuzaning sifatli, ko`rkam va jozibador chiqishiga olib kеladi, Iskanalarni ishlatib bo`lgach noto`g`ri joyga qo`yish, bir-biriga urintirish asbobni tеzda utmas qilishi mumkin.




Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish