NAZARIY VA AMALIY MAShG‘ULOTLAR MAZMUNI 1-mavzu. Boshlang‘ich sinf ona tili fanidan kompetentsiyaviy yondashuv asosidagi o‘quv dasturi, darslik, multimedia ilovali metodik qo‘llanmalar tahlili (2 soat ma'ruza).
Ona tili fanidan o‘quv dasturiga kiritilgan o‘zgarishlar, o‘quv dasturidagi fanga oid kompetentsiyalarning mazmun mohiyati. Boshlang‘ich 1-4-sinf ona tili fani darsliklari, ularga yaratilgan multimedia ilovali metodik qo‘llanmalar tahlili va ta'lim-tarbiyaviy ahamiyati, ulardan ta'lim sifatini oshirishda o‘rinli va maqsadli foydalanish.
2-mavzu. Ona tili darslarini tashkil etishga ilmiy-metodik yondashuv (2 soat amaliy).
Kompetentsiyaviy yondashuv asosida ona tili darslarini tashkil etish. Ona tili darslariga ilmiy yondashuv. O`quvchilarda tilga bo‘lgan sezgirlikni oshirish. O`quvchilarda kommunikativ kompetentsiyani shakllantirishda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining roli. Dars va uning turlariga qo‘yiladigan metodik talablar.
3-mavzu. Savod o‘rgatish davrida yozuvga o‘rgatish texnologiyasi.(2 soat amaliy).
Savodga o‘rgatish davrining o‘ziga xos muammolari. Savod o‘rgatish davrida yozuvga o‘rgatish texnologiyasi. O`quv dasturida o‘quvchilarni chiroyli va bexato yozishlariga qo‘yilgan talablar. O`quvchilarning chiroyli yozuv malakalarini shakllantirishdagi qiyinchiliklar. Chiroyli yozuv darslarida qo‘llanadigan metodlarning samaradorlik darajasi va o‘quvchilarning imloviy savodxonligini shakllantirish masalalari.
4-mavzu. Ona tili darslarida bilim, ko‘nikma, malakalarni nazorat qilishning zamonaviy usullari. (2 soat amaliy).
Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida tashkil etiladigan nazorat va ijodiy topshiriqlar. Kompetentsiyaviy yondashuv asosidagi davlat ta'lim standarti va o‘quv dasturi bo‘yicha nazorat ishlariga qo‘yiladigan talablar. Ona tili darslarida o‘quvchilarning grammatik bilimlarini tarkib toptirishda so‘zlarni morfemik, morfologik, sintaktik tahlil qilishga o‘rgatishning ahamiyati. Diktant turlari va uni o‘tkazish metodikasi. O`quvchilar savodxonligini oshirishda diktantning ahamiyati. Diktant aytish texnikasi va o‘qituvchining nutqi. Diktant, bayon, insholarni tekshirish va tahlil qilishdagi qiyinchiliklar.
O`qish fanini o‘qitish metodikasi
NAZARIY VA AMALIY MAShG‘ULOTLAR MAZMUNI 1-mavzu. Boshlang‘ich ta'lim o‘qish fanidan kompetentsiyaviy yondashuv asosidagi o‘quv dasturi, darslik, multimedia ilovali metodik qo‘llanmalar tahlili (2 soat ma'ruza).
O`qish fanidan kompetentsiyaviy yondashuv asosidagi o‘quv dasturi, 14-sinf “O`qish kitobi” darsliklari tahlili. O`qish darslarini tashkil etishda multimedia ilovali metodik qo‘llanmalardan foydalanish. Multimedialarning ta'limiy va tarbiyaviy ahamiyati, ulardan ta'lim sifatini oshirishda o‘rinli va maqsadli foydalanish. O`quvchilarning kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda o‘qish darslarining roli. O`quvchilarda o‘qish malakalarini shakllantirishdagi qiyinchiliklar.
2-mavzu. Savod o‘rgatish davrida o‘qishga o‘rgatishdagi muammolar. (2 soat amaliy mashg‘ulot).
Savod davrida qo‘llanadigan analitik-sintetik tovush metodining o‘ziga xos tomonlari. Savod o‘rgatishda differentsial yondashuvni yo‘lga qo‘yish. Axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanib savod o‘rgatish jarayonining samaradorligini yanada oshirish. Savod o‘rgatish davrida foydalaniladigan mashq turlari.
3-mavzu. O`qish darslarida matn ustida ishlash orqali badiiy asarni tahlil qilish kompetentsiyasini shakllantirish.(2-soat amaliy mashg‘ulot).
Asar rejasini tuzish. O`quvchilar lug‘atini boyitish, nutqining hissiy ta'sirini kuchaytirish, badiiy vositalardan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish. O`qish darslarida matn ustida ishlash orqali badiiy asarni tahlil qilish kompetentsiyasini shakllantirish. Matnni o‘qish va uni tushunish darajasini aniqlash bo‘yicha Xalqaro tadqiqot metodlari (PIRLS).
4-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish darslarini tashkil etishga zamonaviy yondashuv(2 soat ma'ruza).
Sinfdan tashqari o‘qish darslariga qo‘yiladigan zamonaviy talablar. Sinfdan tashqari o‘qish darslarining ta'limiy va tarbiyaviy ahamiyati. Sinfdan tashqari o‘qish darslarini tashkil etish shakllari va uni o‘tkazish usullari. O`quvchilar kitobxonligini rivojlantirishga qaratilganligi. Ilg‘or, innovatsion usullar va ularni sinfdan tashqari o‘qish darslarida qo‘llash.
5-mavzu. O`qish darslarida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, nutq madaniyatini shakllantirish (2 soat amaliy mashg‘ulot).
O`qish darslarida o‘quvchilarda adabiy nutqiy kompetentsiyani shakllantirish masalasi. O`quvchilarning nutqini o‘stirishda lug‘at ustida ishlashning ahamiyati. Qayta hikoya qilish turlari va ulardan o‘quvchilar og‘zaki nutqini o‘stirishda unumli foydalanish. Og‘zaki nutqni rivojlantirishda didaktik materiallar va interfaol usullardan foydalanish. O`quvchilarda nutq madaniyatini shakllantirish texnologiyasi. Bayon va insho yozishga o‘rgatishdagi muammolar.