Modul bo‘yicha soatlar taqsimoti
4.1. Boshlang‘ich ta’limni o`qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar o`quv mavzuviy rejasi
№
|
Modul mavzulari
|
Hammasi
|
jami
|
Ma’ruza
|
amaliy
|
Ko`chma
|
mmust ta’l
|
1
|
Boshlang‘ich ta'lim samaradorligini oshirishga
Zamonaviy yondashuvlar
|
4
|
4
|
2
|
2
|
|
B
|
2
|
Boshlang‘ich ta'limda ta'lim texnologiyasining nazariy
Asoslari
|
2
|
2
|
2
|
|
|
|
3
|
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini intellektual salohiyatini rivojlantirishda innovatsiya yondashuv
|
2
|
2
|
2
|
|
|
|
4
|
Shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim texnologiyalari
|
2
|
2
|
2
|
|
|
|
5
|
Ona tili darslarida pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali kompetentsiyalarni shakllantirish.
|
4
|
4
|
|
2
|
2
|
|
6
|
Matematika darslarida pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali kompetentsiyalarni shakllantirish.
|
4
|
4
|
|
4
|
|
|
7
|
O`qish darslarida pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali kompetentsiyalarni shakllantirish.
|
6
|
4
|
|
2
|
2
|
2
|
|
Jami:
|
24
|
22
|
8
|
10
|
4
|
2
|
NAZARIY VA AMALIY MASHG‘ULOTLAR MAZMUNI
1-mavzu: Boshlang‘ich ta'lim samaradorligini oshirishga zamonaviy yondashuvlar (2 soat ma'ruza, 2 soat amaliy)
Boshlang‘ich ta'lim jarayonida zamonaviy yondashuvlar, ularning maqsad va vazifasi. O`qitishning interfaol metodlari. Pedagogik texnologiya faniga asos solgan olimlar. Ta'lim jarayonida qo‘llaniladigan noan'anaviy ta'lim usullari. Ularning faoliyat, ijtimoiy hodisa, nazariy fan, o‘quv fani, ta'lim-tarbiya tizimi, ta'lim-tarbiya jarayoni, xususiy fanlarni o‘qitish texnologiyalari, turli fanlar bilan bog‘liqligi va ilmiy-tadqiqotlar sohasiga xos ko‘rinishlari.
2-mavzu: Boshlang‘ich ta'limda ta'lim texnologiyasining nazariy asoslari. (2 soat ma'ruza).
Boshlang‘ich ta'limda o‘qitish texnologiyalarining ta'lim-tarbiya jarayonida tashkil etishga doir zamonaviy yondashuvlarnig o‘ziga xos jihatlari, ta'lim texnologiyasining nazariy asoslarini yoritib berish, Qadriyatlar tizimi va mafkuraviy immunitetni singdirish. Hamkorlikda o‘qitish ta'lim texnologiyasi.
3-mavzu: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini intelektual salohiyatini rivojlantirishda innovatsion yondashuv. (2 soat ma'ruza)
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini intelektual salohiyatini rivojlantirishda innovatsion yondashuvlar. Intellektual salohiyatli barkamol shaxsni tarbiyalashda o‘sib kelayotgan yosh avlodning ijodiy qobiliyatlarini aniqlash. Interfaol ta'lim vositasida mustaqil fikrlash madaniyatini shakllantirish.
4-mavzu: Shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim texnologiyalari. (2 soat ma'ruza).
Shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim mohiyati va tamoyillari. Muammoli ta'lim yondashuvlari. Ta'lim sifatini oshirishda shaxsga yo‘naltirilgan ta'limning roli. O`quvchilarning bugungi fikrlashi, dunyoga yangicha nazar bilan qarashi ularning ham ijtimoiy-iqtisodiy, ham siyosiy, ham texnikaviy bilimlarga bo‘lgan ehtiyojini o‘stirish. Har bir o‘quvchida boshqaruvchilik ko‘nikmalarini egallash imkoniyatini paydo qilish.
5-mavzu: Ona tili darslarida pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali kompetentsiyalarni shakllantirish. (2 soat amaliy mashg‘ulot).
Ona tili darslarida pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali kompetentsiyalarni shakllantirish, o‘qitish jarayoniga faoliyat nuqtai nazaridan yondashish. Og‘zaki nutqini rivojlantirish hamda mantiqiy ketmaketligini asoslash. Dastlab o‘quv materiali mazmunining tavsifi, uni o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad (o‘zlashtirish darajalari), shuningdek, pedagogik vazifaning qo‘yilish shartlarini tahlil etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |