Mahsulotni modifikatsiyalash va bozorni kengaytirish imkoni tug‘ilganda firmalar bozorni quvvatlash strategiyasidan foydalanadilar. Unga xarakterli hususiyat bo‘lib, mahsulot iste’mol hususiyatini tahlil qilish. yangi texnologyk jarayonlarni o‘zlashtirish, yangi konstruksiyalarni ishlab chiqarish bo‘ladi. Bu strategiya yangi mahsulot paydo bo‘lganda vujudga keladi. Uni amalga oshirish katta moliyaviy sarf harajatlar bilan bog‘liq. Ongli tavakkalchilik strategiyasi firmaning butunlay yangi bozorga o‘z assortimentiga xos bo‘lmagan mahsulot bilan chiqishga aytiladi. Bunday strategiyaning vazifasi yangi bozorni tashkil qilish, avval mavjud bo‘lmagan zaruriyatni yaratishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |