Firma faoliyati strategiyasi (ingl stratedy of company activity) - bu narsa firma faoliyatining atrof-muhit bilan moslashuv darajasiga bog‘liq. Firma faoliyati strategiyasi portfelini tashkil qilishdagi alternativ tanlov atrof-muhitni zaruriy ravishda tahlil qilish natijala-riga ko‘ra o‘tkaziladi. Firma faoliyati strategiyasini klassifikatsiya qilishning eng umumiy belgisi bozor hissasidir, ya’ni ma’lum tovarlar bo‘yicha bozorning eksportyor tomonidan nazorat qilinadigan qismidir. Firma faoliyati strategiyasi bozorni egallash va uni kengaytirishga qaratilgan bo‘lsa, u yaratuvchi strategiya deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |