J u g la r sik li
«biznes-sikl», «sanoat sikli», «o'rtacha sikl»
va «katta sikl» kabi nomlar bilan ham ataladi. Oldingi davr-
larda iqtisodiy fan 7-12 yillik sikllarni ajratib ko'rsatganligi
tufayli, aynan shu sikl Fransiya, Angliya va AQShda foiz
stavkalari va narxdagi tebranishlarni asosiy tahlil qilish
asosida sanoat siklining tabiatini o'rganishga katta hissa
qo'shgan Klement Juglar (1819-1905 yy.) nomi bilan ata
ladi.
Birinchi sanoat sikli 1825 yili Angliyada metallurgiya va
boshqa yetakchi tarnioqlarda mashinali ishlab chiqarish
hukmron mavqeni egallagan davrda kuzatiladi. 1836 yildagi
inqiroz dastlab Angliyada boshlanib, keyin AQShga ham
tarqaladi, 1847-1848 yillarda AQSh va qator Evropa davlat-
larida boshlangan inqiroz, tub mohiyatiga ko‘ra, birinchi
jahon sanoat inqirozi b o ‘lgan.
Agar XIX asrda sanoat sikli 10-12 yilni tashkil qilgan
boMsa, XX asrda lining davomiyligi 7-9 yil va undan ham
kam davrgacha qisqargan.
AQSh va Evropaning rivojlangan davlatlari XX asrda 12
ta sanoat siklini boshdan kechirgan bo'lib, ulardan yettitasi
ikkinchi jahon urushidan keyin ro'y bergan.
Kuznes sikli
ko'p hollarda «qurilish sikli» deb ham nom -
lanib, 20 yilgacha bo'lgan iqtisodiy tebranishlar bilan
aniqlanadi. Saymon Kuzncs o'zining «Milliy daromad»
(1946 y.) nomli kitobida, milliy daromad, iste’molchilik
sarflari, ishlab chiqarish maqsadidagi uskunalar, hamda
545
www.ziyouz.com kutubxonasi
bino va inshootlarga yalpi investitsiyalar ko‘rsatkichlarida
20 yillik o ‘zaro bogMiq tebranishlar mavjud boMishini
aniqlaydi. 1955 yilda amerikalik iqtisodchining xizmatlarini
tan olish ramzi sifatida sanoat siklini Kuznes sikli deb
nomlashga qaror qilinadi.
Kondratev sikli
«uzoq toMqinlar» sikli deb ham ataladi.
Sikllilikning bu nazariyasini ishlab chiqishga rus olimi
N .D . Kondratev katta hissa qo ‘shadi. Uning tadqiqoti An-
gliya, Fransiya va AQShning 100-150 yil davomidagi rivo-
jlanishini qamrab oladi. Bunda u iqtisodiy o ‘sishning ko'p
omilli tahlilini o ‘tkazib, ya’ni tovar narxlari kapital uchun
foiz, nominal ish haqi, tashqi savdo aylanmasi kabi
makroiqtisodiy
ko'rsatkichlarning
o'rtacha
darajasini
umumlashtirish natijasida bir qator katta sikllarni ajratib
ko‘rsatadi.
I-sikl: 1787-1814 yillar - ko‘taruvchi toMqin; 1814-1851
yillar - pasaytiruvchi toMqin.
1
I-sikl: 1844-1851 yillar - ko'taruvchi toMqin; 1870-
1896 yillar - pasaytiruvchi toMqin.
III-sikl: 1896-1920 yillar - ko‘taruvchi toMqin.
Kondratev siklining davomiyligi o ‘rtacha 40-60 yilni
tashkil qiladi va uning asosiy xususiyati texnika taraqqiyoti
ham da tarkibiy o'zgarishlarni o'zida aks ettirishi hisobla
nadi.
Kondratev birinchi katta siklning yuksalish fazasini An-
gliyadagi sanoat revolyutsiyasi, ikkinchisini - temir yoM
transportining rivojlanishi, uchinchisini - elektr energiyasi,
telefon va radioning kashf etilishi, to'rtinchisini - avtomo-
bil sanoatining rivojlanishi bilan bogMaydi. Hozirgi zamon
tadqiqotchilari beshinchi siklni elektronika, gen injenerligi
va mikroprotsessorlar rivojlanishi taqozo qilishini ko'rsatadi.
Iqtisodiy sikl barcha tomonlari bilan namoyon boMib,
amalda iqtisodiyotning ham m a sohalariga sezilarli ta ’sir
ko‘rsatadi. Iqtisodiyot tarkibiy qismlarning o'zaro bogMiqligi
sababli, uning hech bir sohasiga inflyatsiya toMqini yoki
546
www.ziyouz.com kutubxonasi
turg‘unlikning
nohush
oqibatlaridan
chetda qolmaydi.
A m m o shuni e ’tiborga olish zarurki, iqtisodiy sikl alohida
shaxslar turmush darajasi va korxonalar iqtisodiy faolligiga
turli darajada ta ’sir ko'rsatadi.
Odatda,
iqtisodiy
inqirozlardan
sanoatning
ishlab
chiqarish vositalari va uzoq muddatli foydalaniladigan
iste’mol tovarlari ishlab chiqaradigan tarmoqlari ko'proq
zarar ko‘radilar.
Uy-joy va sanoat binolari qurilishi, og'ir mashinasozlik
hamda investitsion tovarlar, avtomobillar, maishiy xo'jalik
buyumlari va shunga o'xshash tovarlar ishlab chiqarish bi
lan bog'liq sanoat tarmoqlari hamda ularda band bo'lgan
ishchilar siklning inqiroz fazasida og'ir oqibatga uchraydi.
Biroq bu tarmoqlar siklning yuksalish fazasida o'zining
rivojlanish uchun yuqori darajada rag'bat oladi.
Iqtisodiyot qiyinchilikni boshdan kechira boshlaganda,
ishlab chiqaruvchilar ko'pincha zamonaviy uskunalarni
sotib olishni va yangi zavodlar qurishni to'xtatadi yoki qan-
daydir
muddatga
kechiktirishi
mumkin.
Bunday
k o n ’yunktura sharoitida investitsion tovarlar zaxiralarini
ko'paytirish hech qanday iqtisodiy mazmunga ega emas,
aksincha, korxonalar mavjud ishlab chiqarish quw atlaridan
ancha to'laroq foydalanishlari mumkin bo'ladi.
Iqtisodiy jihatdan qulay davrlarda, ya’ni siklning jonlan-
ish va yuksalish fazalarida ishlab chiqarish vositalari,
odatda, ular to'liq eskirgunga qadar almashtiriladi. A m m o
tanazzul davri kelganida, korxonalar o'zining eskirgan
uskunalarini ta ’mirlab, ularni ishga tushiradi. Shu sababli,
bu davrda ishlab chiqarish vositalariga investitsiyalar keskin
qisqaradi. Ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlari mavjud
bo'lgan ayrim korxonalar, hatto iste’mol qilingan asosiy
kapitalining o'rnini qoplashga ham harakat qilmaydi.
Qisqa muddatli foydalaniladigan iste’mol tovarlari ishlab
chiqaruvchi sanoat tarmoqlari iqtisodiy siklning oqibatlarini
nisbatan kamroq darajada sezadi.
547
www.ziyouz.com kutubxonasi
Aholi yoki keng iste’molchilar qatlamiga iqtisodiy sikl
turlicha ta ’sir ko‘rsatadi. Tanazzul davri boshlanganda, do-
imiy daromad oluvchi iste’molchilar oila byudjetini qisqar-
tirishga to ‘g'ri keladi, maishiy texnika va avtomashina kabi
uzoq muddat foydalaniladigan tovarlami xarid qilishini
to ‘xtatadi. Har qanday sharoitda ham oila a ’zolari yeb-
ichishi va kiyinishi zarurligi tufayli, oziq-ovqat mahsulotlari
va kiyim-kechaklar, ya’ni qisqa muddatda foydalanadigan
iste’mol tovarlarini xarid qilishni to'xtatish mumkin emas.
Faqat bunday tovarlami xarid qilish miqdori qandaydir d a
rajada kamayishi mumkin.
Investitsion tovarlar va uzoq muddat foydalaniladigan
iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi ko‘pchilik sanoat tarmo-
qlari yuqori darajada monopol mavqega egaligi bilan farqla
nadi va natijada bozorga nisbatan ko'p boMmagan yirik firnia-
lar, m a’lum davr davomida narxning pasayishiga qarshi tur-
ishi, talabning kamayishi sababli, mahsulot chiqarish hajmini
cheklash uchun yetarlicha monopol hukmronlikka ega boMishi
mumkin. Shu sababli, talabning kamayishi, birinchi navbatda,
ishlab chiqarish va bandlilik darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunga
teskari boMgan holatni qisqa muddatli foydalaniladigan
iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlarida ku-
zatish mumkin. Bu tarmoqlarning ko'pchiligi o ‘zlarining
raqobatga layoqatsizligi va ishlab chiqarish markazlashuv da
rajasining pastligi bilan tavsiflanadi. Shu sababli, ular siklning
salbiy oqibatlariga qarshi tura olmasligi mumkin hamda
mahsulotlariga talabning pasayishi ishlab chiqarish darajasiga
qaraganda narxlarda ko'proq aks etadi.
Demak, kapitalning to ‘planishi yuqori darajada boMgan
tarmoqlarda ishlab chiqarish hajmining keskin pasayishi va
narxlarning nisbatan sekin tushishi, to ‘planish darajasi past
boMgan tarmoqlarda narxlarning sezilarli tushishi va mahsu
lot ishlab chiqarish hajmining nisbatan kam qisqarishi ku-
zatiladi.
548
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |