San-Stefano shartnomasi
1878- yilning 19- fevralida San-Stefanoda RossiyaTurkiya shartnomasi imzolandi. Shartnoma Bolqon yarim orolining siyosiy xaritasini tubdan o`zgartirib yubordi. Chunonchi, Bolgariya Turkiyaga nomigagina qaram, amalda esa mustaqil davlatga aylandi. Chernogoriya, Serbiya va Ruminiya to`la mustaqil davlatlar deb tan olindi. Turkiyaning Rossiyaga 1 mlrd. 410 mln. rubl tovon to`lashi belgilandi.
Biroq San-Stefano shartnomasini «jahon hokimi» — Angliya tan olmadi. U bu shartnomani qayta ko`rib chiqishni talab etdi. Germaniya va Avstriya-Vengriya ham bu talabga qo`shildilar. Yakkalanib qolgan Rossiya yangi xalqaro kongress—Berlin kongressi chaqirilishiga noiloj rozi bo`ldi.
Berlin kongressi
Kongress 1878- yilning 13- iyunida ochildi. Unda Angliya, Fransiya, Germaniya, Rossiya, Avstriya-Vengriya, Italiya va Turkiya delegatsiyalari qatnashdi
(Bolqon davlatlari Berlinga taklif etilgan bo`lsalar-da, ularga kongress qatnashchisi maqomi berilmagan).
13- iyul kuni kongress o`z ishini yakunladi va «Berlin traktati» deb nomlangan hujjat imzolandi. Bu hujjat Rossiyaning San-Stefano shartnomasi natijasida qo`lga kiritgan katta muvaffaqiyatlarining ahamiyatini kamaytirib yubordi. Chunonchi, Angliya harbiy kemalari Qora dengizga kirish huquqiga ega bo`ldi, Kipr oroli Angliyaga, Bosniya va Gersegovina Avstriya-Vengriyaga in'om etildi. Bolgariya ikkiga bo`lib yuborildi. Ayni paytda, Turkiya to`lashi lozim bo`lgan tovonning katta qismi evaziga Rossiyaga Kavkazning Botumi, Kars va Ardagan hududlari berildi. Chernogoriya, Serbiya va Ruminiyaning davlat mustaqilligi tan olindi.
Uzoq Sharq siyosati
Rus savdo-sanoat doiralari Uzoq Sharqning qo`lga I kiritilishidan manfaatdor edilar. Amurbo`yi va Primorye o`lkasi Xitoy hududiga kirar edi. Rossiya bu yerlarni bosib oldi. Rossiya uchun bu o`lkalarni mudofaa qilishda Saxalin g`oyat muhim o`rin kasb etar edi.
Shuning uchun ham Rossiya Yaponiya bilan yaxshi munosabatda bo`lishga intildi. Chunonchi, AQSh, Angliya va Fransiyaning Yaponiyaga qarshi qaratilgan harbiy ekspeditsiyalarida ishtirok etmadi. 1872- yilda Yaponiyaga doimiy vakil tayinlanib, unga Yaponiya bilan bo`ladigan munosabatlarda bu mamlakatning ichki ishlariga mutlaqo aralashmaslik haqida ko`rsatma berildi. Yaponiya hukumati Janubiy Saxalinga bo`lgan daVosidan voz kechish sharti bilan Kuril orollarini Yaponiyaga berish to`g`risida shartnoma (1875- yil 25- aprel Peterburg shartaomasi) tuzishga muvaffaq bo`ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |