Xix asr oxiri XX asr boshlarida bolqon davlatlari


Mavzu: XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Bolqon davlatlari



Download 134,76 Kb.
bet2/2
Sana26.02.2022
Hajmi134,76 Kb.
#469391
1   2
Bog'liq
BOLQON

Mavzu: XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Bolqon davlatlari.
Dars shiori: Tarixga qaytib ish ko‘rmoq xayrlidur.
I.Darsning maqsadi:
a) o’quvchilarga bu davrdagi siyosiy vaziyatlar, mustaqillik uchun kurash, ichki siyosiy ahvol haqida to‘laqonli ma’lumotlarni berib o‘tish;
b) o‘quvchilarning siyosiy, ma’naviy bilimlarini yanada oshirish, rivojlantirish;
c) o‘quvchilarning kelajakda yetuk shaxs, o‘z ishining ustasi bo‘lib yetishishlariga erishish, ularni vatanga muxabbat ruxida tarbiyalab borish.
II. Tashkiliy ishlar ( 3 daqiqa):

  1. Salomlashish, yo‘qlama qilish;

  2. O‘quvchilarni darsga jalb qilish, ishchi muhitni yaratish;

  3. Dunyoda va O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim siyosiy, ijtimoiy‑iqtisodiy yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.

III. O‘tilgan mavzuni takrorlash (12 daqiqa):
O‘quvchilarning o‘tgan mavzu bo‘yicha olgan bilimlarini sinash uchun turli xil o‘yin metodlaridan (charxpalak, zinama‑zina, krossword, SWOT, xotira xaritasi va b. foydalanish mumkin.
Misol uchun:
1) “Sirli quticha” uslibidan foydalanish mumkin, bunda o‘quvchilarga o‘rganilgan mavzuga oid 1 ta savolni qog‘ozchaga yozish kerak, eng yaxshi savol egasi rag‘batlantirilishi eslatiladi, savollar yig‘ib olinib, “Sirli qutichaga” solib aralashtiriladi. So‘ngra birinchi qatordan boshlab bir nafardan o‘quvchilar navbat bilan savollardan tanlab olib 10 soniyada javob berishi kerak. Qutichadan savol tanlab javob bergan o‘quvchining javobiga shu savol egasi izox berib o‘tadi. Shu tariqa barcha o‘quvchilar tezkor savol-javob orqali sinab boriladi.
2) “Tarix charxpalagi”-bunda, avvalo, kompyuter va proyektor yordamida ekranga o‘yin chizmasi chiqariladi (yoki vatman qog‘ozga oldindan chizilgan holda sinf taxtasiga ilib qo‘yiladi). So‘ngra ixtiyoriy ravishda bir nafar o‘quvchi taklif etiladi. Taklif etilgan o‘quvchi o‘yin chizmasida berilgan “Tarix charxpalagi”dagi 1 dan 8 gacha bo‘lgan sirli raqamlardan birini tanlaydi va shu raqam ostida yashirilgan savolga javob beradi, javob uchun 10 soniya vaqt ajratiladi, javobni aytib bo‘lgach, o‘yinni davom ettirish uchun keyingi o‘quvchini taklif etish uchun interfaol usul bo‘yicha sinfda necha nafar o‘quvchi bo‘lsa, sinf taxtasidagi o‘quvchi 1 dan boshlab sinfdagi o‘quvchilarning umumiy sonigacha bo‘lgan raqamlar orasidan birini aytadi va sinf jurnalida shu raqam ostida qayd etilgan o‘quvchi o‘yinni davom ettiradi. Shu taxlit 8 nafar o‘quvchi birin‑ketin 8 ta savolga javob beradilar. O‘quvchilarning javoblari rag‘bat kartochkalari orqali baxolab boriladi.

Savollar: 1) Qachon va kim tomonidan egallangan Rim shahri Italiya qirolligi poytaxtiga aylantirildi?
2) 1871-yilgi qonunga ko’ra Rim papasiga qanday huquqlar berildi?
3) Hukumat Italiyani qaysi davlatlar bilan bog’laydigan 2 ta tunel qurdirganini ayting?
4) “Fiat” aksiyadorlik jamiyati qanday maxsulotlar ishlab chiqargan?
5) Italiyani boshqargan mashxur inson kim va uning mashxur fikri qaysi?
6) J.Jolittining fikricha, davlat nimalar o’rtasida hakam vazifasini bajarishi lozim edi?
7) Italiyada milliy sharmandalik sifatida qabul qilingan kun va voqea qaysi?
8) 1911-yili hujum qilingan va 1912-yili Italiya mustamlakasiga aylangan mamlakatni toping.
IV.Yangi dars mazmunini tushuntirish (13 daqiqa).
O’qituvchi oldindan tayyorlangan taqdimot yordamida tushuntirib beradi: slayd,ko’rgazmali qurollar,darslik va xokozo.
V.O’rganilgan mavzuni mustaxkamlash (10 daqiqa).
Olingan bilimlarni “Zinama-zina” uslubidan foydalangan xolda sinab o’tamiz.Bunda zinama-zina” o’yinining chizmasini proyektor yordamida ekranga yoki vatman qog’ozga chiqaramiz. Ixtiyoriy 5 nafar o’quvchi taklif etiladi, o’yin qoidalari: xar bir o’quvchiga ketma-ketlik asosida bittadan,jami beshta tezkor savollar berib boriladi.O’quvchilarning javob berish muddati 10 soniya.Xar bir to’g’ri javob uchun zinalardan bir qadam oldinga siljish mimkin,noto’g’ri javob uchun joyida qolishi kerak.
Ta’limiy o’yin nixoyasida o’quvchilar natijalariga muvofiq rag’bat kartochkalari orqali baholanadilar.
Savollar: 1) XIX asrning 70-yillarida qaysi hudud Turkiya nazorati ostida bo’lmagan?
2)Qacondan boshlab slavyan xalqlarining milliy-ozodlik kurashi kuchaygan?
3) Inqilobhi Vasil Levskiy qaysi davlat tuzish rejasini ishlab chiqdi?
4) Bolgariya ozodlik kurashchilari o’z bayroqlariga qanday shior yozganlar?
5) Bolgariya ozodlik harakati yo’lboshchisi,publitsit va shoir Xristo Botev qachon qaxramonlarh xalok bo’ldi?
6) Rossiya Turkiyaga qahon urush e’lon qildi?
7) Mustaqil Bolgariya davlati qachon tashkil topdi?
8) San-Stefano shartonamasi qaysi davlatlar o’rtasida imzolangan?
9) Mustaqil Bolgariya konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?
10) Bolgariya davlati boshlig’I deb e’lon qilingan A.Battenberg qaysi davlatning nomzodi edi?
11) A. Battenberg Bolgariya armiyasida xizmat qilayotgan rus zobitlarini qaysi millat zobitlari bilan almashtirgan?
12) Bir gurux oliy zobitlar qachon A.Batenbergni taxtdan voz kechishga majbur etgan, ammo hukumat kuchlari bu zobitlarni qo’lga olgan?
13) Nechanchi yilda Rossiya va Bolgariya o’rtasidagi diplomatik munosabatlar uzilgan?
14) Ferdinand Kaburskiy nechanchi yilda Bolgariya davlati boshlig’I etib tayinlangan?
15) Nehanchi yilda Bolgariya o’zini Turkiyadan to’la mustaqil davlat deb e’lon qildi?
16) Nehanchi yilda Bolgariyada germanparast hukumat keldi va bu hukumat tashqi siyosatda Bolgariyaing milliy manfaatlarini “Uchlar ittifoqi” yordamida himoya qilishini e’lon qildi?
17)Qachon Serbiyaning Turkiyadan mustaqilligi tan olingan?
18) XX asr boshlarida “Kalendari kombiar”(Milliy kalendar) jurnali qayerda nashr qilingan?
19) Albaniya mustaqillikka erishgan sanani aniqlang.
20) Turklarning Albaniyadagi hukmronligi qancha muddatdavometgan?
VI. Dars yakunlarini chiqarish (5 daqiqa).

  1. O’quvchilarni baholash;

  2. O’quvchilar savollariga javob berish.

VII. Uyga vazufa berish (2 daqiqa).

  1. Darslikni o’qib –o’rganish;

  2. 20 ta savol-javob tayyorlash.

Download 134,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish