XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA
BOLQON DAVLATLARI
REJA:
Bolqon yarim oroli xaqida qisqacha tavsif.
Bolqon xalqlarining milliy ozodlik xarakati.
Bolgariyaning qayta tiklanishi.
Serbiyaning mustaqillikka erishishi.
Albaninyaning mustaqillikka erishishi.
1.Bolqon yarim oroli Janubiy yevropadagiyarim orol bo’lib, maydoni 505 ming km kv dir.Materikdagi chegarasi Dunay va Sava daryolaridan o’tadi. Kichik Osiyodan Marmar dengizi, Bosfor va Dardanel bo’g’ozlari orqali ajralib turadi.
Qora dengiz,O’rta yer dengizi, Marmar, Egey, Ionika va Adriatika dengizlari o’rab turadi.
Bu yerda Bolgariya, Albaniya, Gretsiya, Bosniya, Gersogovina, Makedoniya, Xorvatiya, Sloveniya, Ruminiya, Serbiya, Turkiyaning bir qismi va Italiyaning shim.sharqidagi kichik bir qismi joylashgan.
2. XIX asrning 70-yillariga kelganda janubiy slavyanlarning ko’pchiligi xamon chet el zulmi ostida qolmoqda edi.Faqat Chernogoriya va Serbiya yerlarining bir qismi mustaqil edi. Bolgarlar, makedoniyaliklar , Bosniya va Gersogovina slavyanlari, serblarning talaygina qismi Usmonli davlati xukmronligi ostida edi.
Xorvatlar,slovenlar,g’arbiy slavyanlar(chex, slovak, polyak) ning bir qismi Gabsburglar xukmi ostida edi.
Polyaklarning ikkinchi qismi Germaniya, uchinchi qismi podsho Rossiyasi zulmi ostida edilar.
Shu davrdan boshlab Bolqon xalqlarining milliy ozodlik xarakatlari boshlandi. Birinchilardan bo’lib Bolgariyada kurash kuchaydi. Bu kurashga dastlab Vasil levskiy boshchilik qildi. Likin u 1872-yilda qatl qilindi.
3. 1876-yil Bolgariyada navbatdagi qo’zg’olon boshlandi,unga Xristo Botev boshchilik qildi, qo’zg’olon yengildi,ishtirokchilar jazolandi.Bu xolat Rossiyaning Usmonliga qarshi 1877-yil 24-aprelda urush boshlashiga baxona bo’ldi.Xarbiy xarakatlar asosan Bolgariya xududida bo’lib o’tdi, Usmonli davlati mag’lubiyatga uchradi.San-Stefano shartnomasiga ko’ra Bolgariya avtonom knyazlik maqomini oldi.Serbiya, Chernogoriya va Ruminiya to’liq mustaqillikka erishdi.
Rossiya imperatori Aleksandr II o’zining qaynisi va pruss zobiti Aleksandr Battenbergni Bolgariya knyazligi boshligi qilib ko’tardi.
Biroq yangi xukmdor Rossiyadan mustaqil siyosat yuritishga urindi va g’arb mamlakatlariga tayandi.
Berlin konfrensiyasi qarorlaridan bolgar xalqi norozi bo’ldi. 1885-yil saroy to’ntarilishi amalga oshirildi. A. Battenbergning o’rniga Avstriya-Vengriya nomzodi Ferdinand Koburg keldi, bu Rossiya va Bolgariya munosabatlarini uzilishiga olib keldi.
1908-yilda Avstriya-Vengriya madadiga tayangan Bolgariya o’zini Usmonli davlatidan to’la mustaqil deb e’lon qildi va podsholikkia aylantirildi.
Ikkinchi Bolqon urishidagi mag’libiyatdan so’ng xokimiyatga germanparast xukumat keldi. Bu xukumat tashqi siyosatda “Uchlar Ittifoqi”ga tayanishini e’lon qildi.
4. Serbalarning XVIII asr boshidan Rossiyaga tayanib boshlangan milliy ozodlik xarakatlari natijasida Turk Sultoning 1829-yil farmoni bilan vassal knyazlik bo’lib kelmoqda edi. 1876-yildagi Serbiya-Turkiya urushi va Rossiyaning aralashuvi natijasida imzolangan San-Stefano shartnomasi va Berlin kongeressiga binoan to’la mustaqillikka erishdi. Serbiyada Rossiya tarfdorlari bo’lgan kuchlar katta ta’sirga ega bo’ldilar. Natijada,bu qaconlardir Avstriya-Vengriya va Rossiya manfaatlarining shu nuqtada to’qnashuvuni keltirib chiqarishi muqarrar qilib qo’ydi. 1914-yil 28-iyunda serb muxolifatchisi tomonidan ersgersog Frans Ferdinandning o’ldirilishi Birinchi jahon urushiga olib keldi.
5. Bolqonning boshqa xalqlari singari Albaniya xam o’z mustaqilligi uchun kurashni kuchaytirdi. Bu yerdagi barcha siyosiy kuchlar Albaniyani taqsimlab olish rejalarini tuzayotgan chet el davlatlari siyosatiga qarshi chiqdilar. Bolgariyada chiqayotgan “Kalendari kombiar”(“Milliy kalendar”) jurnalida “Biz uyquda yotibmiz, bu vaqtda esa bizning ustimizda savdolashmoqdalar”, deb yozgan edilar.
1909-1911-yillarda Albaniyada barcha tabaqa vakillari ishtirok etgan qo’zg’olon bo’lib o’tdi.
Birinchi Bolqon urushida Usmonli davlatining yengilishi natijasida,1912-yil 28-noyabrda Albaniya mustaqillikka erishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |