Xix asr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida aqsh


T. Ruzvelt va V. Vilsonlar davrida ichki sivosat



Download 23,62 Kb.
bet2/4
Sana30.03.2022
Hajmi23,62 Kb.
#518858
1   2   3   4
Bog'liq
Hujjat (4)

T. Ruzvelt va V. Vilsonlar davrida ichki sivosat

1900—1914- yillar AQSh tarixiga «taraqqiyparvar davr» nomi bilan kirgan. Bunga AQSh prezidentlarining monopoliyalarga qarshi kurash olib borganliklari sabab bo`lgan.

Monopoliyalarga qarshi kurashdan maqsad — o`rta tabaqalar manfaatini himoya qilish edi. Monopoliyalarga qarshi kurash tarafdorlari taraqqiyparvarlar deb ataldi. Ularning safida 1901- yilda AQSh Prezidenti lavozimini egallagan LRuzvelt ham (1858—1919) bor edi.
Ruzvelt amerika-ispan urushida shaxsan qatnashib shuhrat ham qozongan edi. T.Ruzveltning monopoliyalarga qarshi kurash siyosati «Adolatli yo'l» deb nom oldi. LRuzvelt hukumati ayni paytda ishchilar bilan ish beruvchilar o`rtasidagi mojarolarda hakamlik vazifasini ham bajara boshladi. T. Ruzvelt hukumati trestlarga qarshi 20 dan ortiq sud jarayonini tashkil etdi. Bular ma'lum natijalar ham berdi. Xususan, sud qarori bilan Morgan nazorat qiladigan temiryo'1 kompaniyasi ikkiga bo`lindi. 1906- yilda temiryo`llar faoliyatini tartibga soluvchi qonun qabul qilindi.

1912- yilgi prezident saylovlarida demokrat V.Vilson g`alaba qozondi. U birinchi jahon urushi arafasida bojxona tariflari to`g`risida yangi qonun (Unlervud qonuni) qabul qilinishiga erishdi. Qonunga ko`ra tarif stavkasi 10 foizga kamaytirildi. Daromadning oshib borishiga qarab qo`shimcha soliq solinadigan bo`ldi. Saylov tizimida ham islohot o`tkazildi.

Vaholanki, oldin ayrim shtatlarning qonun chiqaruvchi organlari tomonidan saylanadigan senatorlar endi xalqning ovoz berishi bilan saylanadigan bo`ldi.

1914- yilda AQSh Kongressi trestlarga qarshi qonun qabul qildi. Qonun ish tashlash davrida trestlarga yetkazilgan zararni kasaba uyushmalaridan undirib olish huquqlarini bekor qildi.



3.Tashqi siyosat

Mamlakatning juda katta resurslarini va Rossiyadan sotib olingan Alyaskani (1867- y.) o`zlashtirish bilan band bo`lgan AQSh mustamlakalar va o`z ta'sir doiralarini qo`lga kiritishga Yevropa mamlakatlaridan kechroq kirishdi. Uning e'tibori Karib havzasi va Tinch okeani boyida joylashgan mamlakatlarga qaratildi.

1889- yilda Tinch okeanining eng markazida, Osiyoga olib boradigan strategikjihatdan muhim bo`lgan dengiz yo`llari kesishgan joydagi Gavayi orollari bosib olindi.

AQ5h Lotin Amerikasida hukmron bo`lib olish uchun kurashib, riyokorlik bilan «Hamma Amerika mamlakatlarining manfaatlari bitta», degan g`oyani targ`ib qilib keldi. 1889- yilda AQSh Davlat departamenti tashabbusi bila» Vashingtonda birinchi Panamerika konferensiyasi chaqirildi. Birinchi Panamerika konferensiyasining birdanbir aniq natijasi xalqaro «Amerika respublikalari syezdi» degan assotsiatsiyasi tuzishdan iborat bo`ldi. AQShning g`arbiy yarim shardagi mamlakatlar ustidan toanho hukmronlik qilishga qaratilgan Panamerikanizm siyosati shu tariqa vujudga keldi. 80-yillarda Venesuela bilan Britaniya Gvineyasi o`rtasidagi ziddiyat juda kuchayib ketganda AQSh «Monro doktrinasi»ga tayanib, bu janjalni bartaraf qilishda o`zi vositachilik qilmoqchi bo`lganligini Angliyaga ma'lum qildi. 1899- yil Venesuela masalasi hal etildi. Ko`p o`tmay Samoa orollari ham qo`lga kiritildi.

XIX asrning oxirida AQSh nihoyatda qudratli davlatga aylandi. Ispaniyaga qarashli Kuba oroli Amerika hukmron doiralarining havasini keltirardi. AQSh Ispaniyaga qarshi urushga tayyorlana boshladi. AQSh o`z fuqarolarining manfaatini himoya qilish bahonasi ostida 1898- yil 15- fevralda Kuba sohillariga o`z harbiy kemasini yubordi. Bu harbiy kema Gavana reydida turgan joyda noma'lum sababga ko`ra portlab ketdi. Natijada, 268 kishi halok bo`ldi, 100 ga yaqin kishi esa yarador bo`ldi. AQSh bu qo`pomvchilikda Ispaniyani aybladi va Kongress 1898yil 22- aprelda Ispaniyaga qarshi urush harakatlarini boshlash haqida qaror qabul qildi.

Bu dunyoni qayta bo`lib olish yo`lidagi birinchi urush edi. 3 oy davom etgan urushda Ispaniya yengildi va sulh so`rashga majbur bo`ldi. 1898- yil 10- dekabrda Parij shahrida AQSh — Ispaniya tinchlik shartnomasi imzolandi. Unga ko`ra AQSh Puerto - Riko va Guam orollariga, Ispaniyaga 20 mln. dollar to`lab Filippinga ega bo`lib oldi. Gavayi orollari batamom anneksiya qilib olindi. 1898- yilda Kuba nomiga mustaqillik oldi. Amalda esa AQShga qaram bo`lib qolaverdi.




Download 23,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish