Xix asirning birinchi yarimida german davlatlarining ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi



Download 83,07 Kb.
bet8/12
Sana30.04.2022
Hajmi83,07 Kb.
#596764
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
XIX ASIRNING BIRINCHI YARIMIDA GERMAN DAVLATLARINING IJTIMOIY IQTISODIY VA SIYOSIY RIVOJLANISHI

FRANSIYA-PRUSSIYA URUSHINING YAKUNLARI. FRANS-PRUSS YARASH

SULHINIIMZOLANISHI.
Armiyaning marshal Bazen rahbarlik qilayotgan so‘l qanoti g‘aflatda qolib, Mets yonida og‘ir janglarga duchor qilib qo‘ydi, natijada mag‘lubiyatga uchradi. Fransuz askarlari bu janglarda zo‘r qahramonlik va matonat ko‘rsatdilar, lekin Bazen Mak-Magon armiyasi bilan qo‘shilish uchun so‘nggi imkoniyatdan foydalana olmay, butun armiyasini Mets qal’asiga qamab qo‘yishlariga imkon berdi, bu yerda Bazen armiyasini nemislarning ustun turgan kuchlari qurshab oldi. Bazenning xatolari va kamchiliklari o‘sha vaqtdayoq xiyonatkorlik deb baholangan edi.
Mak-Magon ixtiyorida 120 mingdan ortiq qurolli kishi bor edi. Lekin Mak -Magon qo‘shinlari olg‘a tomon tez va dalil bormadi. U Parijdagi istehkomlarga tayanib ish ko‘rish uchun Parijga bormoqchi edi, lekin xalqni yolg‘on axborotlar bilan aldab kelgan hukumat: chekinib kelayotgan armiyani va bu armiyadagi imperatorni ko‘rgan xalq inqilob boshlab yuboradi, deb qo‘rqib Mak-Magonga Metsda Bazen bilan borib qo‘shilishni buyurdi. Mak-Magon dushman kuchlariga duch kelib, shimoliy-sharqqa burildi va biron - bir maqsadni ko‘zlamay, soldatlarni holdan toydiradigan yurishlar qilib, oqibatda o‘z armiyasiga fransuz qo‘mondonligining hamma xatolaridan ustalik bilan foydalangan dushman zarbalariga tutib berdi.
“30- avgustda Mak-Magon armiyasi Bomon yonida yana mag‘lubiyatga uchradi va orqaga chekinib borib keyinchalik, Avgust oyidagi urush harakatlarining borishi nemis qo‘shinlari foydasiga o‘zgara bordi. Natijada Mak-
Magonning 90 ming kishilik armiyasi ikki nemis armiyasining qurshoviga tushib Sedan daryosi bo‘yida juda noqulay pozitsiyalarda to‘xtadi. Bu yerda fransuz armiyasini nemislar qurshab oldi. Nemislar tevarak atrofdagi tepaliklarga juda kuchli artileriyani joylashtirib olib, Sedan soyligida qopqonga tushgandek, qamalib qolgan fransuz armiyasini 1-sentabr erta tongdan to‘pga tuta boshladi. O‘sha kuni kuni 140 ming kishilik nemis armiyasi to‘plar yordamida ketma ket uyushtirilgan xujumi natijasida katta qurbonlar berishdi.”I Soldatlar va ofitserlar dushmanning o‘zlaridan ustunlik qiladigan kuchlariga qarshi g‘oyat zo‘r qahramonlik va jasorat bilan jang qildilar, lekin ular ko‘rsatgan jasorat va qurbonliklarning hammasi behuda ketdi.
“Ikkinchi imperiyaning iste’dodsiz lashkarboshilari askarlarni g‘alabaga olib borish u yoqda tursin, hatto milliy bayroq sha’ni uchun jang qilishdan ham ojiz edilar. Mak- Magon jang boshida yengil yarador bo‘lgandan keyin, armiyani o‘zi halokat yoqasiga keltirib qo‘ygan bo‘lsa ham, o‘zini javobgarlikdan olib qochish uchun darrov qo‘mondonlikni zimmasidan soqit qila qoldi. Uning o‘mim egallagan gen. Vimpenning harakatlari ham og‘ir ahvolni o‘zgartirmadi. Qariyib 12 soat davom etgan jang harakatlari oqibatida sharmandali mag‘lubiyat ro‘y berdi. Fransuz soldatlari sharoit juda og‘ir bo‘lishiga qaramay, qat’iy jangga shaylanib turgan edilar. Lekin, kunduzi soat 3:00 da Sedanga etib kelgan imperatorning o‘zi shahar markazidagi minorada oq bayroq o‘rnatishga buyruq berdi, o'zining qilichini esa Prussiya qiroliga jo'natishga majbur bo'ldi. Imperator buyrug‘iga asosan Metsga yordamga borayotgan Mak-Magon armiyasi prussiyaliklar tomonidan Sedanga surub chiqarildi va o‘sha yerda qurshab olindi. Imperator Napoleon III ham Mak-Magon armiyasida edi. qurshovda qolgan Mets qal’asidagi Fransuz qo‘shinlari urush harakatlarida ishtirok eta olmadi, O‘sha og‘ir janglarda Fransuzlardan 3 ming kishi o‘ldi, 14 ming jangchi qattiq jahorat olishdi.
Fransuz armiyasining Sedan bo‘yidagi mag‘lubiyati Parijda norozilik harakatlarining boshlanishiga sabab bo‘ldi. Natijada imperator va xukumatning obro‘i butunlay barbod bo‘ldi. keyinchalik, o‘sha yilning 27- oktabrida dushmanga to‘la taslim bo‘ldi. Avgust oyidagi urush harakatlarining borishi nemis qo‘shinlari foydasiga o‘zgara bordi. Natijada Mak-Magonning 90 ming kishilik armiyasi ikki nemis armiyasining qurshoviga tushib Sedan daryosi bo‘yida g‘oyat noqulay past ham joyiga to‘planib qolishgan.
2-sentabrda fransuz imperatori butun Mak-Magon armiyasi bilan taslim bo‘ldi. Prussiya armiyasi muvafaqqiyati ko‘p jihatdan son bo‘yicha ustunlik evaziga erishildi. Fransiya-Prussiya urushining barcha janglarida (16- avgustdagi Mars-Lya-Turdagi jangdan tashqari) son jihatdan ustunlikda g‘alaba qozonildi. Barcha kuchlarni bir frontda-Fransiyaga qarshi mujassam etish imkoniyatiga ega bo‘lish-bu Prussiya uchun katta siyosiy yutuq edi. Shu tariqa, bu yerdagi 80 ming kishilik armiya Napoleon boshchiligida taslim bo'ldi. Napoleon III Sedanda o'z Vaterloosini topdi. 100 ming kishilik ikkinchi armiya ham Mets qaPasida qurshovga tushib qoldi. Endi, Fransiya Germaniyaga tahdid sola olmas edi. Bu mag'lubiyat, ayni paytda ikkinchi imperiya hokimiyatining ham halokati bo'ldi. 2- sentabrda jami 3 ming kishini talafot bergan fransuz armiyasi imperator Napoleon boshliq 82000 soldat, ofitserlar bilan g‘oliblarga taslim bo‘ldi. Fransiya olib borgan urushlar tarixda misli ko‘rilmagan bu sharmandalik ikkinchi imperiya halokatining qonuniy xotimasi edi.”I

  1. FRANSIYADA DAVLAT TO'NTARISHI VA UNING OQIBATLARI, FRANS- PRUSS YARASH SULHINI IMZOLANISHI.

Sedan halokati to‘g‘risidagi xabar Parijning hukumat va parlament a’zolariga 2-sentabr kechqurun allamahalda yetib bordi. Bonapartchilar ham, oppozitsiya vakillari burjua respublikachilari ham bu xabarni ommadan yashirishga harakat qildilar. Ter sulh tuzish to‘g‘risida Prussiyaliklar bilan darhol muzokara boshlashni taklif qildi. Burjua respublikachilari va orlenchilar bonapartchilar bilan maxfiy siyosiy kombinatsiyalar tuzish to‘g‘risida muzokara olib boradilar: ularning hammasi xalqdan qo‘rqar va ustalik bilan siyosiy manyovr qilib, inqilobning oldini olishga harakat qilardi.
“Lekin yuz bergan mudhish voqeadan xabar topgan Parij mehnatkashlari 3- sentabr kechqurundan boshlaboq qo‘zg‘alon ko‘tardilar. Ko‘chalarda namoyishlar boshlanib ketdi, xalq harakatining tashabbuskorlari blankichilar bo‘ldi. 4-sentabr ertalabdan boshlab poytaxt mehnatkashlari ko‘chalarga chiqdilar.”I Praijda siyosiy beqarorlik kuchaydi. Parijda qonun chiqaruvchi korpus binosida Respublikachilar va monarxiyachilarning siyosiy kurashlari avj oldi. Ularning biri Respublika tuzimi va islohatlarga tarafdor bo‘lsa, ikkinchisi monarxiyani tiklash, taxtga orlean sulolasiga mansub bo‘lgan graf Parijskiyni tiklashni istashdi va xokazo. O‘ziga xos siyosiy kurash maydoniga aylangan qonun chiqaruvchi korpus binosiga poytaxtdagi olomon bostirib kirib, Fransiyada respublika tuzimini e’lon qilishni qat’iy tarzda talab etishdi
Namoyishchilar qonun chiqaruvchi korpusning majlislar zaliga bostirib kirdilar va blankichilar boshchiligidagi ishchilar respublika e’lon qilishni qat’iy talab etdilar. Gambetta va Favr boshliq burjua respublikachilar ishchilarning bu qat’iy qaroridan bosh tortish niyatida, Qonun chiqaruvchi korpus binosi liq to‘lib ketgan Parijliklarni ratusha tomon boshlab ketdilar. Lekin bu ko‘p kishilik marosim ratushaga yetib borganda, Grev maydonida xuddi dengizday to‘lqinlanib turgan boshlarni, korjama kiygan, qo‘lini musht qilib ko‘targan olamonni ko‘rdi, ratusha gumbazi ustida esa qizil bayroq xilpirab turardi. Ratusha binolaridan blankichilar bo‘lajak revolyutsion hukumat ro‘yxatini tuzayotgan edilar. Bu hukumatga Blanki Flurans, Deleklyuz, Rashfor va boshqalar kirishi lozim edi. Burjua respublikachilari tashabbus blankichilar qo‘liga o‘tib ketishdan qo‘rqib, chaqqonlik bilan ish ko‘rishga qaror qildilar. Shu tariqa Parij mehnatkashlari inqilobning dastlabki soatlaridayoq Fransiyani respublika deb e’lon qilishga majbur qildi.
“Ba’zi o‘zgarishlardan keyin hukumat quyidagi sostavda tuzilgan edi: hukumat boshlig‘i va Parij harbiy gubernatori orleanchi general Troshyu bosh ministr o‘rinbosari va tashqi ishlar ministri burjua respublikachisi advokat Jyul Favr, ichki ishlar ministri burjua respublikachisi Lyui Gambetta, xarbiy ministr orleanchi general Morlo va boshqalar edi.”I Fransiyada imperiyani ag‘darib tashlagan va respublika tuzumini o‘rnatgan 1870-yil 4-sentabr inqilobini Parijning barcha mehnatkashlari qo‘llab-quvvatlagan ishchilar sinfi amalga oshirgan edi. Shunga qaramay, hokimiyatni burjuaziya o‘z qo‘liga oldi. Lekin burjuaziya ommaning talablari bilan hisoblashishga va respublika e’lon qilishga majbur bo‘lgan edi. 1870- yil sentabr inqilobi o‘z xarakteri jihatidan burjua-demokratik inqilob edi.
Fransiyaning o‘zida 4-sentabr (1870y.) inqilobi natijasida mamlakatda respublika o‘rnatildi. Hokimiyatni o‘z qo‘liga olgan burjua «Milliy mudofaa hukumati» keng xalq ommasining vatanparvarlik g‘ayrat-shijoati bilan hisoblashishga majbur bo‘lib, shosha-pisha o‘zini «milliy mudofaa hukumati» deb e’lon qildi. Troshyu manifestlar chiqarib, ularda, «Parij gubernatori hech qachon pruslarga taslim bo‘lmaydi» dedi, Jyul Favr esa tashqi ishlar ministri sifatida, «Bir qarich yerimizni ham, qal’alarimizning bironta toshini ham hech qachon birovga bermaymiz» deb qasam ichdi.
Xalq ommasigina emas, balki ularga boshchilik qilgan siyosiy rahbarlar blankichilar, krudonistlar ham boshda burjua hukumati siyosatining bu haqiqiy basharasini ko‘ra bilmadilar va tushunmadilar.
Mana shunday davrda g‘oyat ulkan siyosiy o‘zgarishlarga qaramay, mamlakatdagi vaziyat og‘ir edi. Vatanparvar kuchlarning harakati tufayli mamlakat mudofaasi biroz yaxshilansa-da, Fransiyaning strategik holati yaxshi emas edi. Mamlakatning Shimoliy - Sharqiy qismini nemislar ishg‘ol qilgan edi, Yangi tashkil etilgan Fransuz armiyasi zarur xarbiy tayyorgarlikka ega emas edi. Xarbiy qismlarning harakatlari puxta reja asosida olib borilmas edi.
1870-yilgi burjua «milliy mudofaa hukumati», 1793 yildagi burjua inqilobiy hukumati singari, respublikaning tashqi dushmanlariga qarshi mardonavor kurash olib bordi. 7-sentabrdagi «Vatan xavf ostida»degan gazeta chiqara boshlagan Blanki gazetaning birinchi sonidayoq hukumatga so‘zsiz qattiq yordam ko‘rsatishga va dushman oldida hukumatga qarshi har qanday kurashdan va xatto unga nisbatan oppozitsiya tashkil qilishdan ham voz kechishga da’vat qildi. Bu, albatta soddadillik bilan qilingan, xayollarga asoslangan qo‘pol xato edi, bu yo‘l juda xavfli edi.
Shu damda, Sedan jangidan so‘ng prus armiyasining bir qismi Parijga hujum harakatlarini boshladi. Prus armiyasining boshqa qismi Metsda Bazen armiyasini qamal qilish bilan band edi. 1870 yilning o‘rtalarida Parij har tomondan qurshab olindi.Poytaxt tez - tez to‘pga tutib turildi. O‘sha yilning qishida Parijadgi iqtisodiy ahvol nihoyatda qiyinlashdi. Shahardagi oziq - ovqat zaxiralari kamayib ketdi. Kuniga har bir odamga 300 gramdan non berildi. Mana shunday sharoitda xukumat dushmanga keskin zarba berishni tashkil eta olmadi. 19-chi sentabrda prussiyaliklar Parijni qurshab olishni yakunlashdi. Xarbiy qismlarning harakatlari puxta reja asosida olib borilmas edi.
“Lekin bu yerda ularni ko‘p sonli garnizon va Parij aholisining qarshiligi kutib turardi. 1870-yil 7-oktabrda «milliy mudofaa hukumatining» a’zolaridan biri, Gambetta, Tur shahriga kelib joylashdi va bu yerda yangi armiyalar tuzish bo‘yicha jadal faoliyat olib bordi.”1 Nemislarning ahvoli mukammalasha bordi. Boshqa buyuk davlatlarning urushga aralashish ehtimoli paydo bo‘lishi mumkin edi. Mets va Parij qamali nemislarning ko‘plab kuchini band qilar ekan, Gambettaning yangi armiyalarni shakllantirish rejasi amalda muvaffaqiyatga erishish imkoniyaga ega edi. Lekin, 1870-yil 27-oktabrda marshal Bazen o‘zining armiyasi bilan Metsni nemislarga topshirdi. Bazenning taslim bo‘lishi Fransiya uchun vaziyatni og‘irlashtirdi: Mets qal’asi qamalida band bo‘lgan nemis qo‘shinlari erkin harbiy harakatlar imkonini qo‘lga kiritdi. Va bu vaziyatda «milliy mudofaa hukumati» har qanday qarshilikni to‘xtatdi: hukumat nemislar bilan sulh tuzdi. “Rossiyaning chor hukumati, vujudga kelgan vaziyatdan foydalanib, 1870- yil Parij traktatining o‘zi uchun og‘ir bo‘lgan shartlaridan qutilib oldi. Bunday holat Londondagi 1871-yil yanvar konferensiyasida tasdiqlandi.1871-yil 18- yanvarda Germaniya imperiyasining tashkil etilganligi e’lon qilindi.” 1871- yilning 28 -yanvar kuni Vaqtli xukumatning tashqi ishlar vaziri- Jyul Fabr Verselga borib, Germaniya xukumati bilan qisqa muddatli sulx shartnomasini imzoladi. Mazkur shartnoma nemislar uchun favqulodda muhim moddalarga ega edi. O‘sha shartlardan biri - darxil Milliy majlisni chaqirib, sulx shartnomasini tasdiqlashdan iborat edi. Milliy majlis mamlakatda 8-fevral kuni o‘tkazildi. I II
Saylovlar 22-yanvar qo‘zg‘oloni bostirilganidan keyin boshlangan qattiq reaksiya sharoitida o‘tdi. Demokratik kuchlar ta’qib ostiga olindi. Xatto Gambetta aslida Bismarkning talabiga muvofiq, ichki ishlar ministri vazifasidan ketishi lozim edi.
Yangi parlament tarkibida 200 ligitnmistlar, o‘shancha orleanchilar, 120 ta mo’tadil Respublikachilar bor edi. 12 fevral kuni Bordoda yig‘ilgan Milliy majlis yangi xukumat tuzdi. Uning boshlig‘i Tyer bo‘ldi. Sulx shartnomasi tasdiqlandi Yirtqich burjuaziya yuqori doiralarining eng jirkanch xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirilgan shu kishining o‘taketgan reaksion Millat majlisi tomonidan davlat boshlig‘i qilib saylanganligi bejiz emas edi.
Tyer Parijning itoatsiz proletariatidan o‘ch olish uchun mumkin qadar tezroq qo‘lini bo‘shatib olish uchun sulh shartnomalari to‘g‘risida kelishib olish maqsadida darrov Bismark huzuriga yugurdi. Bismark esa endi Prussiya qirolligining vakili emas, balki 1871-yil 18-yanvarda Versalda e’lon qilingan Germaniya imperiyasining vakili edi.
Parijdagi yigirma okrug delegatlarining 1871-yil yanvarida aholiga qilgan murojaatidan:
4 sentabr hukumati mamlakatni mudofaa qilish vazifasini o‘z zimmasiga olgan edi: xo‘sh, u bu vazifani bajardimi? Yo‘q. Bizlar 500 ming jangchidan iboratmiz, prusslar esa faqat 200 ming kishidan iborat bo‘lgani holda bizlarni bo‘g‘ib tashlamoqda! Bunga bizlarni idora qilayotganlardan bo‘lak kim aybdor? Ular to‘p-zambaraklar quyish va qurollar yasash o‘miga faqat muzokaralar yurgizishni o‘ylab keldilar. Ular yalpi safarbarlik o‘tkazishdan voz kechdilar. Ular bonapartchilarni o‘z o‘rinlarida qoldirib, respublikachilarni turmalarga tashladilar...
Hukumat o‘z basharasini tamomila ochib ko‘rsatdi, u bizlami o‘ldirmoqda. Parijni xalos qilish uchun tezlik bilan qat’iy bir qarorga kelish kerak. Munitsipalitet yoki Kommuna, nima deb atalmasin, xalq uchun birdan-bir najotdir. Xalqning o‘limga qarshi birdan-bir boshpanasidir. Bastiliyani vayron qilib, toj-taxtlarni ag‘darib tashlaydigan 1789-yilgi Ulug‘ Xalq sovuq va ochlik holdan toydirib, tomirlarida qon qotib qolguncha, yuragining urishi to‘xtab qolguncha qo‘l qovushtirib kutib turadimi, axir? Yo‘q! Dushman esa yuragimiz qancha urishini sanab turibdi. Parij aholisi bunday kulfatlarni boshdan kechirishni va bunday sharmanda bo‘lib qolishni sira istamaydi. Parij aqolisi hali fursat borligini, qat’iy choralar ko‘rilganda mehnatkashlar yashab qolishi, butun aqoli esa shaylanib, jangga chiqishi mumkinligini biladi. Yalpisiga musodara qilinsin! Bepul oziq- ovqat berilsin! Ommaviy hujum qilinsin!!!
Qamal holatda turgan Parij aholisining iqtisodiy qiyinchiliklar ta’siri ostida vatanparvarlik tuyg‘ulari kuchaya bordi. Ular Tyerning siyosatidan norozi bo‘lishdi. Jamiyatni o‘zgartirish, qayta qurish haqidagi g‘oyalar omma orasida tarqaldi. Parijda boshqa ilg‘or shaharlardagi siyosiy klublarda inqilobiy Komunna haqidagi fikrlar keng tarqaldi. Zero, 1793-yilda Parijda dastlabki inqilobiy Kommunalar paydo bo‘lgan edi. Xalq ommasi Kommunada og‘ir qiyinchiliklardan xalos bo‘lishni, tashqi dushman ustidan g‘alabaga erishish imkoni bor. Deb o‘ylashdi. Ba’zi odamlar esa, Kommuna erkin mehnatni ta’minlaydi, deb hisoblashdi. Eng muhimi, Kommunalar demokratik shiorlar orqali Respubilka tuzumini orzu qilishdi. Nihoyat “Milliy mudofaa xukumati” milliy gvardiya - ko‘ngilli lashkarlar tuzilmalarini tashkil qilishiga rozilik bildirdi. Mehnatkashlardan iborat 200 dan ortiq milliy gvardiya batalonlari tuzildi. Vaxolanki, ilgari faqat milliy gvardiyaning faqat burjua batalonlari mavjud edi. Milliy gvardiyaning ishchi batalonlariga M.K. boshchilik qildi. O‘sha murakkab davrda Tyer xukumati demokratik kuchlarning talablari bilan hisoblashishni istamagani holda dushman oldida taslimchilik siyosatini ilgari surdi. Parij aholisini qurolsizlashtirishga shoshildi. O‘sha sababli, sotqin xukumat “Tinchlik sulxini” bahona qilib Parij darbozasini 1871-yilning 1-mart kuni dushmanga ochib berdi. Aslida Tyerchilar tish timog‘iga qadar qurollangan nemis qo‘shinlari bilan milliy gvardiyaning ishchi batalonlari, qolaversa qurolsiz xalqni to‘qnashtirishm maqsad qilib qo‘ygan edi. Lekin Ter xukumatining bu yovo‘z rejasi amalga oshmadi. 1871- yilning 18-mart kuni inqilobiy kayfiyatdagi xalq ommasi “Milliy mudofaa xukumati” ga qarshi hal qiluvchi kurshga otlandi. Aslida unga turtki bergan voqea Tyer buyrug‘iga asosan, Monmartr va Belvill tepaliklaridan og‘ir artillariya qismlariga tegishli bo‘lgan qurol aslahalarni tashib ketishga qaratilgan harakat sabab bo‘lgan edi. O‘sha 18-mart kuni boshlangan stixiyali xalq harakatlari keskin inqilobiy kurashga aylandi. Parij egallandi. Milliy gvardiya MK Parijda qonuniy hokimyatga aylandi. Eski rejim tarafdorlari Verselga qochib borib o‘rnashishdi. Yangi xokimyat xarbiy sudlarni bekor qildi, mahbuslarga avf e’lon qilindi. Natijada 11.000 siyosiy ayblar bilan qamalgan maxbuslar ozod etildi. Shaharda kvartira haqini to‘lash va savdo sotiq veksellari bo‘yicha to‘lanadigan qarzlar muddati kechiktirildi. Parij aholisining eng kam ta’inlangan qismiga 1 mln. frank tarqatib berildi. Bunday demokratik tadbirlar Tyerning ag‘darilgan hukumatiga tarafdor bo‘lganlarning tashvishini kuchaytirdi. 18-mart inqilobini qurol yordamida bostirishga qaratilgan tayyorgarlik boshlandi




  1. 1871-yildagi parij kommunasi; va uning tor-mor etilishi,


Download 83,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish