Bog'liq XIX ASIRNING BIRINCHI YARIMIDA GERMAN DAVLATLARINING IJTIMOIY IQTISODIY VA SIYOSIY RIVOJLANISHI
FRANKFURT SULX SHARTNOMASI. “1871-yilning 26-mart kuni Parijning munitsipial kengashi (Kommuna) ga saylov o‘tkazildi. Unda xalq ommasining keng qatlamlari ishtirok etishdi. Lekin Kommunaning tarkibida turli siyosiy guruhlarning vakillari bor edi. Ayniqsa, neoyakobinchilar, blankichilar, prudonchilarning ta’siri Kommuna Kengashida katta edi.”1 Ular o‘zlarining asosiy maqsadi sifatida monarxistik aksilinqilobchilar xujumi va tashqi dushmandan Fransiyani himoya qilishdan iborat edi. “86 kishidan iborat Kommuna Kengashi tuzildi. Bu kengash o'z a’zolaridan iborat 10 ta komissiya (vazirlik) tashkil etdi. Vazirlar delegat deb ataldi. Shu tariqa, Parij shahri o'ziga xos kichik bir davlatga aylandi. Bu davlat Parij mehnatkashlarining davlati edi.”1 1871-yilning 28-mart kuni ratusha binosi oldidagi maydonda 200 ming kishilik Parijliklar guvohligida milliy gvardiya MK o‘z vakolatini Parij Kommunasiga topshirdi. Kommuna muntazam armiyani va politsiyani qurollangan xalq vakillari - milliy gvardiya bilan almashtirdi. Eski byuroqratik burjua davlat apparatini yangicha ruhdagi xokimyat bilan almashtirdi. Unda quyidan yuqoriga qadar saylash tamoyiliga amal qilinadigan bo‘ldi. III Eng muhimi, hokimyat boshqaruvining barcha bo‘g‘imlari va sud tizimida almashib turish va xalq oldida hisobot berib turish qoidasiga amal qilindi. Kommuna qonun chiqaruvchi va ijroiya xokimyatni o‘zida mujassam qildi. Uning dekretiga asosan, o‘nta komissiya tuzildi. “Kommuna ijtimoiy - iqtisodiy sohada xalq manfaatlariga mos keladigan bir qator tadbirlarni amalga oshirdi:
Cherkov davlatlan ajratildi ;
Maktablarda dunyoviy bilimlar o‘qitiladigan bo‘ldi;
Egallari tashlab ketgan korxonalarni boshqarish ishchi assosatsiyalari ixtiyoriga berildi;
Egalari bor bo‘lgan korxonalarda ishchi anzorati kuchaytirildi;
Maxsus dekret asosida o‘zboshimcha jarimalar solish bekor qilindi;
Novvoyxonalarda tungi ishlash taqiqlandi;
10 soatli ish kuni joriy etildi;
Ishsizlar uchun ishga joylash masalalari bilan shug‘ulanadigan byurolar tashkil etildi;
San’at muassasalari oddiy xalq uchun ochib qo^yildi;”IIIKommuna o‘z faoliyati davomida ba’zi xatolarga ham yo‘l qo‘yildi:
Birinchidan, Parijdan qochib ketgan Ter hukumatini ta’qib qilmadi. Bu esa Terga Kommunaga qarshi kurash uchun zarur kuch to'plab olishga imkon berdi. Natijada, hukumat armiyasi Parijni qamalga olishga muvaffaq bo'ldi;
Ikkinchidan, mamlakatning qolgan qismi Kommunani qo'llab quvatlamadi. Bu hukumatning kommunachilarni mamlakatni dushman ishg'ol qilib turgan paytda bosh ko'targan isyonchilar deb yuritgan nafratli tashviqotining natijasi edi. Dehqonlarni, Kommuna to'la g'alaba qozonsa, mol-mulkidan ajralib qolishi mumkinligi bilan qo'rqitishga erisha oldi; Uchinchidan, Kommuna davlat xazinasini, banklarni to'la o'z qo'liga olmadi; To'rtinchidan, Kommuna kengashi ichida Kommuna ichki siyosati xususida birlikka erishib bo'lmadi; Beshinchidan, Kommunani tor-mor etishda Germaniya Tyer hukumatiga yordam berdi;
“Chunonchi, Bismark 40 ming fransuz askar va zobitlarni asirlikdan bo'shatib, ularni Tyer hukumati ixtiyoriga yubordi. Tashabbusni o'z qo'liga olgan hamda Germaniyadan katta yordam olishga erishgan Tyer Kommunani tor-mor qilishga qaror qildi. Parij Kommunasining qisqa 72 kunlik faoliyati g‘oyat murakkab sharoitlarda davom etdi. Versal shahri Kommunalarga qarshi kurash markaziga aylandi.”I U erdagi qora kuchlarni Germaniya quvvatlab turdi. Natijada yaxshi qurollangan muntazam armiya tashkil etildi. 2-aprel kuni verselchilar Kommunalarga qarshi xujum boshlaydi. Kommunalar fidoyilik bilan mudofaa janglarini olib borishdi. Lekin xarbiy kuchlar nisbat teng bo‘lgani sababidan kommunalar mag‘lub bo‘lishdi. Ayniqsa 21-maydan e’tiboran shiddatli janglar Parijning har bir metr eri uchun bordi. Hukumat armiyasi 21- may kuni hujumga o'tdi va beparvolik tufayli himoyasiz qoldirilgan Sen Klu darvozasi orqali shu kuni Parijga kirib keldi.
Kommunachilar mardona jang qildilar. Biroq, kuchlar noteng edi. 28 may kuni Kommunaning so‘nggi barrilsadasi taslim bo‘ldi. Verselchilar Kommunalardan shafqatsizlik bilan o‘ch ola boshlaydi. Shiddatli janglar mobaynida 30 ming odam xalok bo‘ldi. 50 ming kishi qamalda va 14 ming odam katorgelarga surgun qilingan. Bular orasida minglab xotin-qizlar va 650 bola bor edi. Shu tariqa, 72 kun yashagan Kommunaga xotima berildi. Parij Kommunasi bilan ayni paytda Fransiyada inqiloblar davri nihoyasiga yetdi. Kommuna halokatining oqibatlari hokimiyat bilan fuqarolarning o'zaro manfaatli kelishuvchilik asosida yashashi zarurligini istbotlab berdi.
Xulosa tarzida aytish mumkinki, Kommunachilarning faoliyati davomida Fransuz xalqga xos bo‘lgan eng ezgu xislatlar yaqqol ko‘rindi. Kommunarlar hayot- mamot jangini olib borayotgan bir sharoitda 10-may kuni (1871) Ter Frankfurut shahrida to‘la ma’nodagi sulx shartnomasini Germaniya bilan imzoladi. Unga asosan, Fransiya 5 millyard frank miqdorida tovon to‘lashi haqidagi majburiyatni o‘z zimmasiga oldi. O‘sha ulkan mablag‘ to‘langunicha, nemis qo‘shinlari Fransiyaning Shimoliy - Sharqiy qismini ishg‘ol qilib turadigan bo‘ldi. Sulh shartnomasi Millat majlisi tomonidan ratifikatsiya qilinguncha nemislar o‘z qo‘shinlarini Parijda saqlab turishga kelishishib oldi.
Uning ustiga Fransiya iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan Elzas va Lotaringiya viloyatlaridan ajraldi. “Ayni paytda, 28 ta qal’a Germaniya tasarrufiga o‘tdi. Bu talonchilik shartnomasining tasdiklanishiga erishish hamda hokimiyat tepasida mustahkamlanib olish uchun hukmron doiralar shosha-pisha Millat majlisiga saylov o‘tkazdilar. Mamlakat aholisining asosiy kismini tashkil etgan dehqonlarning qoloqligi monarxistlarning Millat majlisida ko‘pchilik bo‘lib olishlariga imkon berdi. Bu ko‘pchilik reaksion hukumat tuzdi. Hukumatga revolyutsiyaning ashaddiy dushmani bo‘lgan A. Tyer boshchilik kildi. Tyer hukumati Parijni o‘z rezidensiyasi qilib olib, Germaniyaning hukmron doiralaridan qo‘llab-quvvatlash haqida va’da oldi va revolyutsion harakatni bostirish uchun kuch to‘play boshladi. Mana shu tarzda Fransiya - Prussiya urushi natijasida Germaniya imperiyasi tashkil topdi.”1