Ijtimoiy jarayonlar va boshqaruvning paydo bo’lish asoslari
SHuning uchun ham lotincha “adminis-tratio” atamasi rahbarlik qilishni (kimgadir, nimagadir), boshqaruvni anglatadi. Boshqaruv – tegishli ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan maqsadlarga erishish yo’lida amalga oshiriladigan faoliyatlarni o’zida mujassam etadi.
Hozirgi kunda boshqaruv nafis sanhat, shafqatsiz musobaqa, yuksak ilm-fan bilan barobar bo’lib, soha tadqiqotchilarining fikricha, zamonaviy boshqaruv vazifalari tizimi quyidagicha belgilanishi mumkin:
1. Tashkil etilgan tashkilot (jamoa, birlashma, idora va h.k.) rahbari va yetakchisi sifatidagi faoliyati, ahzolarning birlashuvi.
2. O’zaro hamkorlik – muloqotni yo’lga qo’yish va doimiy muloqot.
3. Axborotni qabul qilish, saralash va tarqatish.
4. Yangi texnologiyalarni muntazam joriy etib borish.
5. Mavjud zahiralarni taqsimlash.
6. Qoida bo’zilishlarining oldini olish va kadrlar qunimsiz-ligini boshqarish.
7. Mo’zokaralar olib borish, shartnomalar tuzish.
8. Innovatsiyalar o’tkazish, raqobatbardosh loyihalar ishlab chiqish.
9. Doimiy reja asosida ish olib borish (rejalashtirish).
10. Xodimlar faoliyatini nazorat qilish va ularni yo’naltirish bo’yicha mutaxassis amalga oshirishi mumkin va lozim bo’lgan vazifalarning barchasi emas. Bulardan tashqari, boshqaruvchi reklama ishlari, qo’shimcha mablag’lar undirish, tashqi aloqalar (turli ko’rinishlarda) ni yo’lga qo’yish kabi faoliyat turlari bilan ham shug’ullanishlari lozim bo’lgan vazifalarnnng barchasi emas. Bulardan tashqari, boshqaruvchi reklama ishlari, qo’shimcha mablag’lar undirish, tashqi aloqalar (turli ko’rinishlarda) ni yo’lga qo’yish kabi faliyat turlari bilan ham shug’ullanishlari lozim bo’ladi.
Tadqiqotchilar insonning hayotning turli jabhalariga tahsir ko’rsatish nuqtai nazaridan quyidagi boshqaruv turlarini ajratib ko’rsatadilar:
1. Hayvonot va o’simlik dunyosiga zarur shaklda tahsir ko’rsatish yo’lini tanlash bilan bog’liq bo’lgan biologik boshqaruv.
2. Texnologik jarayonlar, mexanizmlar va shunga o’xshash holatlarni boshqarish bilan bog’liq texnologik boshqaruv.
3. Insonning insonga tahsir qilish vositalarini shakllan-tiruvchi jamiyat boshqaruvini nazarda tutadigan ijtimoiy boshqaruv. Ijtimoiy boshqaruv o’z xususiyatlari bilan qolgan ikkita boshqaruv turlaridan ajralib turadi.
Hozirgi kunda jahon xalqlari o’rtasida integratsiya jarayon-larining tobora chuqurlashib borishi, iqtisodiy munosabatlar, axborot almashinuvi, yangi texnologiyalarning jadallik bilan kirib kelishi har bir to’zum, jamiyat, tashkilot yoki jamoa oldiga o’z faoliyatlarini ushbu hodisalarning buguni va kelajagini hisobga olgan holda tashkil etish vazifasini yuklamoqda. SHunga qaramasdan, boshqaruv organlarining faoliyat yuritishi hech qachon o’z ahamiyatini yo’qotmaydi. Davlatdagi boshqaruv organlari mavjud yerda esa, tabiiyki rahbar kadrlar ish olib boradi.
Davlatning qonunlar asosida ish yuritishi va mehnatni samarali tashkil etishi mahlum tashkilotlar, jamoalar, idoralarning yashovchan-ligini tahminlovchi omillari sifatida maydonga chiqadi. Ushbu omillarga ajralmas darajada bog’lanib ketgan uchinchi omil – bu davlat boshqaruvida rahbarlik faoliyatidir. Tashkilot taraqqiyoti va uning barcha munosabatlari, shu jumladan, tashkilotning ichki munosabatlari ham uni boshqarayotgan rahbar yoki tashkilot tizimida faoliyat ko’rsatayotgan turli darajadagi rahbarlar – rahbariyatning xatti-harakatlari natijasida amalga oshadi. SHuning uchun ham tashkilot samarali mehnat va uni rag’batlantirishni yo’lga qo’ymasa, rahbar tashkilotga munosib faoliyat yuritmasa, u tanazzulga uchraydi.
Aynan mana shu sabablarga ko’ra hozir biz yashayotgan jamiyatda rahbar kadrlar faoliyatini nazorat qilishda amaliy ish olib boruvchi tizimlar – komissiya, reviziya, attestatsiya kabi tuzilmalar mavjud bo’lib, bu tuzilmalar ham davlat, ham nodavlat tashkilotlarga baravar xizmat ko’rsatadi.
SHunday qilib, O’zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvi – bu davlat va nodavlat idoralarining qonunlarni hamda bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat barpo etish vazifalarini bajarish yo’lida o’z vakolatlari doirasida amalga oshiriladigan kundalik qonuniy ijrochilik va mahmuriy faoliyatidan iborat. Davlat boshqaruvi xo’jalik, ijtimoiy-madaniy va mahmuriy-siyosiy qurilishga rahbarlik qilish jarayonida amalga oshirila borib, quyidagi masalalarni nazarda tutadi:
1. Mahmuriy ijro tizimining yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga qarab harakatlanishi.
2. Davlat boshqaruvi subhektlarining huquqiy-hokimiyat vakolat-larini mahmuriy tartibda amalga oshirish.
3. Boshqaruv subhektlari huquqiy mehyorlarni mustaqil o’rnata oladigan mahmuriy qonun ijodkorligi imkoniyatlarining mavjudligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |