Davlatning vazifalari va boshqaruv ko’rinishlari. Davlatning vazifalari – bu davlatning milliy va umumbashariy mohiyati hamda ijtimoiy vazifasini aks ettiradigan asosiy faoliyat yo’nalishlaridan iborat. Bu vazifalar davlat hududi doirasida amalga oshiriladigan ichki vazifalar hamda uning hududlaridan tashqarida amalga oshiriladigan tashqi vazifalarga bo’linadi. Davlat vazifalari doimiy va muvaqqat (favqo’lodda holatlarda) vazifalarga bo’linib, bu vazifalar o’zaro bog’liq va bir-birini to’ldirib turadi.
Bugungi zamonaviy davlatning asosiy vazifalari jamiyatning normal hayoti va taraqqiyotini tashkil etish, shu jamiyat fuqarolari va xalqining huquq, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoyalash, mamlakatning ichki va tashqi ziddiyatlari hamda qarama-qarshiliklarini hal etishga qaratilgan. Davlat ijtimoiy rolining mohiyati barcha fuqarolarining umumiy xohish-irodasini ifoda etgan holda butun jamiyatga mahlum maqsadlarni nazarda tutuvchi, tashkillashtiruvchi tahsir o’tkazishdan iborat. SHuning uchun davlat tomonidan o’zining ijtimoiy vazifalarini bajarishini belgilab beradigan quyidagi ikki jihati ajratiladi: 1) davlat fuqarolari-ning ehtiyojlari, manfaatlari, maqsadlari va xohish-irodasini o’zida qanchalik mujassam etishining ko’rsatkichi; 2) davlatning ijtimoiy jarayonlarni qanday boshqarayotgani, jamiyat taraqqiyotini tahminlayot-ganidir.
Bir so’z bilan aytganda, davlat jamiyatning hayotiy faolyatini qo’llab-quvvatlash bo’yicha turli vazifalarni bajaradi. Ularning barchasi mahlum darajada boshqaruv bilan bog’liq bo’lib, boshqaruv tizimi va apparati orqali amalga oshiriladi. Jamiyat rivojlanib borgani sari bu boshqaruv, u bilan birga davlat apparati ham murakkablashib, takomillashib boradi.
Davlatning boshqaruv vazifasi davlatning deyarli barcha vazifala-rini qamrab olganligi bois, davlatning vazifalari – bu boshqaruv vazifalarining majmuasi sifatida izohlanadi. Davlatning asosiy boshqaruvchilik vazifalari rahbarlik, muvofiqlashtirish, tashkil etish, nazorat, sotsiumni saqlash va rivojlantirish maqsadida qarorlar qabul qilish, uning tuzilishi va faoliyatini tartibga keltirish, fuqarolar xavfsizligini tahminlash, ularning har tomonlama faoliyat ko’rsatishi uchun qo’lay sharoitlar yaratishdan iborat.
Davlat o’zining tarkibiy tuzilishi va aloqalariga ko’ra ko’ptizim-lilik xususiyatiga ega. Bu tizimda ko’plab davlat idoralari va boshqa tuzilmalar, ko’p sonli mansabdor shaxslar va boshqa xizmatchilar, millionlab kishilar ishga solinadi. Davlat boshqaruvida quyidagi tizimlar alohida ajratib ko’rsatiladi:
1. Boshqaruvchi tizim – davlat boshqaruvi subhektini belgilovchi sifatida.
2. Boshqariladigan tizim – butun jamiyat va uning davlat tahsiriga tortilgan tarkibiy qismlari boshqaruv obhektlari sifatida.
3. O’zaro hamkorlik tizimi – davlat va jamiyatning aloqalarini amalga oshiradigan turli institutlar.
3. O’zaro hamkorlik tizimi – davlat va jamiyatning aloqalarini amalga oshiradigan turli institutlar.
Hokimiyatning markaziy idoralari va mintaqalarning o’zaro aloqalari xususiyatlariga ko’ra boshqaruvning subordinatsiyali va muvofiqlashtiruvchi shakllari farqlanadi. Muvofiqlashtiruvchi boshqaruv hokimiyatning yagona markaziy idorasi bilan birga to’liq yoki qisman mustaqillikka ega bo’lgan joylardagi idoralar ham mavjud bo’lgan federatsiya yoki konferentsiya shaklida amalga oshiriladi. Subordinatsiyali boshqaruv unitar davlatlar uchun xos bo’lgan joylardagi hokimiyatning markazga mahmuriy bo’ysunishi, quyi boshqaruv idoralariga tahsir o’tkazish, yuqori boshqaruv idoralaridan keladigan buyruqlarga majburan bo’ysundirishiga asoslanadi. Mulk shakllaridan foydalanish mezonlariga ko’ra, quyidagi boshqaruv turlari: federal boshqaruv; mintaqaviy boshqaruv; munitsipal boshqaruv; xususiy (korporativ) boshqaruv kabilar farqlanadi.
Boshqariladigan obhektlarga tahsir o’tkazishga ko’ra, quyidagi soha (fuktsional) va hududlar boshqaruvi mavjud: 1) Soha boshqaruvi markazdan to korxonagacha bo’ysunish bo’lishini nazarda tutadi. Bunday holat tarmoqda yagona texnikaviy siyosatni joriy etadgan, tarmoq ichidagi va tarmoqlararo muvozanatni tahminlaydigan tarmoq vazirliklari orqali amalga oshiriladi. 2) Hududiy boshqaruv ishlab chiqarishni oqilona joylashtirish, ixtisoslashuvni chuqurlashtirish hamda mintaqalarni har tomonlama rivojlantirish, ularning iqtisodiy va ijtimoiy darajasini tenglashtirishga qaratiladi.
Muvaqqat harakat mehyorlarining miqyosiga bog’liq holda boshqaruv strategik, taktik va tezkor ko’rinishlarga bo’linadi. Strategik boshqaruv jamiyat taraqqiyoti bilan bog’liq masalalar yuzasidan to’liq yoki ayrim yo’alishlar, sohalar, obhektlar, hududlar bo’yicha uzoq muddatli mo’ljallarni belgiab beradi, jamiyat rivojining maqsad-lari, vazifalari, strategiyalarini aniqlaydi va boshqaruvning har bir bo’g’iniga faoliyat yo’nalishini beradi. Taktik boshqaruv – belgilan-gan maqsadlarni amalga oshirish bo’yicha aniq harakatlardir. Bu qisqa muddatli boshqaruv bo’lib, unda mavjud axborot negizidagi strategik mazmunga ega bo’lgan ko’rsatkichlar doimo mahlum davrda erishilgan natijalar bilan qiyoslanadi. Tezkor boshqaruv joriy yoki tasodifiy chekinishlar natijasida paydo bo’ladigan vazifalarni hal qilishga qaratilgan bo’lib, bunda aniq vazifalar qo’yiladi hamda vaziyatdan kelib chiqib, mavjud shart-sharoit asosida mahqo’l variant tanlab olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |