1-Mavzu. Uyg'onish davri arxitekturasi Oʻz taraqqiyotini XV-XVI asrlarda boshidan kechirgan bu yangi madaniyat tarixda «Uyg'onishdeb nom oldi. Bu iborani italiyalik rassom va san'atshunos Djordj Vazari Italiyada san'at uzoq o'rta asrdan so'ng yana qaytadan uyg'onganligi sababli ishlatgan va asosan Jotto ijodiga nisbatan qoʻllanilgan edi. Keyinchalik esa bu keng mazmun nasib etib Italiyada soʻngra Yevropaning boshqa mamlakatlarida vujudga kelgan, oʻrta asrlar davridan farq qiladigan san'atni ta'riflash uchun qo'llanila boshlagan.
Uyg'onish davri arxitekturasi va san'ati oʻz xarakterini Italiyada to'liq nomoyon etib qator taraqqiyot bosqichlarini boshidan kechirdi. Bular asosan quyidagilardan iborat:
1. Uyg'onish arafasi davri - proterenesans (XIII-XIV asrlar).
2. Ilk uyg'onish davri - kvatragento I (XV asr)
Uyg'onish davri haqidagi adabiyotlarda ko'pgina asarlaring italyancha atamasi: XIII asr - duchento, XIV asr - trechento, XV asr - kvatrachento, XVI asr chinkvachento ishlatiladi.
3. Yuqori uyg'onish davri (XV asrning 90 yillari - XVI asrning 2030 yillari).
4. So'nggi uyg'onish davri (XVI asrning ikkinchi yarmi).
Uyg'onish davri taraqqiyoti hamma mamlakatlarda bir xil bo'lmaydi. Masalan, Germaniyada soʻngi uyg'onish Niderlandiyada esa yuqori uygʻonish davri taraqqiyyotini boshidan kechirmagan. Uyg'onish davri insoniyat taraqqiyotidagi muhim bosqich edi. Bu insoniyat shu davrgacha oʻz boshidan kechirgan hamma o'zgarishlar ichida eng buyuk progressiv o'zgarishi edi.
Bu shunday davr ediki, davr ulug siymolarga muhtoj edi va bu davr o'z tafakkur kuchi, ehtiros va xarakter jihatidan mukammallik va olimlik jihatidan juda ulug' siymolarni yetishtirib berdi. Uyg'onish davri san'ati me'morligi antik Dunyo san'ati me'morlgidan ta'sirlandi. Uning yodgorliklarini qund bilan oʻrgandi, lekin bu davr ijodkorlari uning quliga aylanadilar. Real voqelikka goʻzallikka qiziqish davr taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo'ldi.
Me'morlik yangi tendensiyalarining shakllanishiga xizmat qildi. Jumladan me'morlar qadimgi an'analarni oʻzlashtirib uni yangi mazmun bilan boyitdilar. Shu bilan birga me'morlikning yangi konstruksiyalarini vujudga keltirdilar, koʻp qavatli uylar, yangi qiyofadagi ijtimoiy binolar qad ko'tardi. Binoning tashqi va ichki tomonini bezash, kenglikni tashkil etish borasida ham qator yutuqlar qo'lga kiritildiki, ular keyingi Yevropa san'ati taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Italiyaning sharq va gʻarb orasidagi
muhim savdo yoʻlida joylashishi unda kapitalistik munosabatlarning juda erta shakllanishiga olib keldi. Savdo-sotiqning rivojlanishi, oʻzga yurtlar bilan aloqasining intensivligi hunarmandchilikning rivojlanishiga zamin yaratdi. Italiyaning Yevropada birinchi boʻlib kapitalistik mamlakatga aylanishiga imkon berdi. Ijtimoiy hayotda sodir bo'lgan bu xususiyat san'at va madaniyatda oʻz ifodasini topdi. Bu o'zgarish savdo va ishlab chiqarish rivojlangan Oʻrta Italiyada joylashgan Florensiya, Piza, Sienada hamda shimoliy qismidagi Genuya, Milan, ayniqsa savdogar va bankirlar respublikasi boʻlgan Venesiyada juda sezilarli boʻldi.