Ikkinchi bosqichda sizning mahsulotingiz sotiladigan miqdor (mahsulot sotilish salohiyati) aniqlanadi. Misol uchun sizning biznesingiz maqsadli bozori Toshkent shahri bozori bo‘lsin. Unda oyiga 500 tonna makaron mahsuloti sotiladi, deb faraz qilaylik. Shundan siz 50 tonnani sotishga erishsangiz sizning biznesingiz hissasi Toshkent shahri bozorida 10 foizga teng bo‘ladi. Bozor bilan bog‘liq olib borilgan tadqiqotlar marketing tadqiqoti deyiladi va uning natijalaridan foydalanib marketing rejasi tuziladi. Marketing tadqiqotlari natijasida siz xaridorlaringizni, ularning imkoniyatlarini, xar oyda (kunda yoki yilda) sotib oladigan makaron miqdorini bilib olasiz. Bu esa biznes reja uchun juda muhim ma’lumotlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |